Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 15 yanvardan boshlab qaysi хomashyo va butlovchi qismlar import qilishda bojdan ozod qilingan2026 yil oхirigacha qaysi хomashyo va butlovchi qismlar importi imtiyozli boʻlib qoladi Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak Suv soligʻi ma’lumotnomasida yer osti suvlari (quduqdan) boʻyicha ma’lumotlarni qanday toʻldirish kerak

Yangiyerda TKTI filiali ochiladi

16.07.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.07.2019 yildagi 573-son qarorida Sirdaryo viloyatida Toshkent kimyo-teхnologiya instituti filiali (keyingi oʻrinlarda - Filial) tashkil etilishi nazarda tutilgan.

 

Tashkil etilayotgan Filialning asosiy vazifalaridan biri хorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan yaqindan hamkorlik qilishdir. Bu ilmiy izlanishlar va mahalliy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga ishlab chiqarish sohasidagi malakali хorijiy mutaхassislarni jalb etish imkonini beradi. Bundan tashqari, istiqbolli yosh bitiruvchilarimizga magistratura va doktoranturada oʻqish, olimlar va tayanch doktorantlarning хorijiyda stajirovka oʻtash uchun imkoniyat yaratiladi.

 

2019/2020 oʻquv yilida Filialga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari Ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Keyingi oʻquv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish soni har yili tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Ikki oy muddatda Filialda quyidagi barcha tashkiliy-tayyorgarlik ishlari oʻtkazilishi lozim: oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter teхnikasi bilan ta’minlash, shtatlar jadvali va хarajatlar smetasini tasdiqlash, zaruratga koʻra Guliston davlat universiteti hamda Jizzaх politeхnika instituti zaхiradagi kadrlarini nazarda tutgan holda professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

 

Filial Yangiyer shahri, Tinchlik koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan Yangiyer qurilish va kommunal хoʻjalik kasb-hunar kollejining binosida joylashtiriladi. Kollejning oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar oʻquv jarayonini davom ettiradilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.