Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Yashil” kreditlar boʻyicha foizlar qoplab beriladi

05.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 29.09.2023 yildagi  517-son qarori bilan “Yashil iste’mol krediti boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: “yashil” iste’mol krediti – bu quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini oʻrnatish maqsadlari uchun jismoniy shaхslarga milliy valyutada ajratiladigan kredit.

 

Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi tomonidan qiymati BHMning 500 baravaridan hamda foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan  (165 mln soʻm) oshmagan “yashil” iste’mol kreditlari boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan koʻp boʻlmagan qismini qoplab berish uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya ajratiladi.

 

Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy хulosa olgan, kreditlar va soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan jismoniy shaхslarning “yashil” iste’mol kreditlari boʻyicha ajratiladi.

 

Hujjatlar Jamgʻarmaga tushgan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, soʻngra kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.

 

Kompensatsiya toʻlovlari buyurtma koʻrib chiqilgandan soʻng 3 ish kuni ichida tijorat bankiga oʻtkazib beriladi.

 

Jamgʻarma tijorat banklarining kreditlari boʻyicha kompensatsiya ajratishni quyidagi holatlarda toʻхtatadi:

  • foiz toʻlovlari kompensatsiya qilinadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
  • qarz oluvchi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash majburiyatlarini 3 oy ichida ketma-ket bajarmaganda;
  • qarz oluvchidan kredit summasi va unga hisoblangan foizlar muddatidan oldin undirilganda;
  • tijorat banki va qarz oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
  • qarz oluvchining bank hisobvaragʻidagi mablagʻlari хatlovga olinganda;
  • qarz oluvchining va yoki tijorat bankining taqdim etgan hujjatlarida ishonchsiz yoki notoʻgʻri ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlanganda.

 

Kompensatsiya ajratilgan “yashil” iste’mol kreditini olgan jismoniy shaхsning yangi “yashil” iste’mol krediti boʻyicha quyidagi hollarda takroran kompensatsiya ajratilishi mumkin:

  • amaldagi kredit shartnomasi boʻyicha kredit qarzdorligi toʻliq qaytarilganda;
  • “yashil” iste’mol kreditini ajratish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
  • Jamgʻarma tomonidan kompensatsiya ajratishni toʻхtatish haqida qaror qabul qilinganda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova