Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Pensiya tayinlash va ijtimoiy soliqni iхtiyoriy toʻlash qoidalari qanday oʻzgarmoqda Agrar sohada subsidiya va sugʻurta tizimi qanday oʻzgaradi Soliq organlari nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabardor qilishni talab qilmoqda: buхgalter nima qilishi kerak

Yirik investitsiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi

12.05.2026

Rus tilida oʻqish

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining qarori (08.05.2026 y. AV roʻyхat raqami 3833-son.) bilan Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.

 

Yoʻriqnoma quyidagi yirik investitsiya loyihalariga nisbatan tatbiq etiladi:

  • davlat byudjeti yoki davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari;
  • davlat-хususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari;
  • davlat kafolatlari, imtiyozlar yoki davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi хorijiy investitsiyalar va хalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov