2018 yil oxirigacha 40 ta bolalar bogʻchasi quriladi
Prezidentning 02.07.2018 yildagi “2018 yilda maktabgacha ta’lim muassasalarinn qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mnrlash manzilli dasturi toʻgʻrnsida”gi PQ-3822-son qarori e’lon qilindi. Uni amalga oshirish uchun 1,25 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltiriladi
Namangan viloyatida 6 ta kichik sanoat zonasi tashkil etildi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi «Namangan viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3826-son qarori e’lon qilindi
Markaziy bank jismoniy shaxslar valyutani qanday ayirboshlashini belgiladi
Markaziy bank Boshqaruvi qarori (roʻyxat raqami 3029, 29.06.2018 yil) bilan tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishning yangi tartibi tasdiqlandi
1.10.2018 yildan sanoat va avtoyuvish korxonalari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq oshiriladi
Prezidentning 2.07.2018 yildagi «Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3823-son qarori e’lon qilindi
«Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturi ishga tushirildi
Markaziy bank, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi «Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturini amalga oshira boshladi
Oʻzbekiston soliq tizimida qanday oʻzgarishlar roʻy beradi: qiyosiy jadval
Ish yuritishda va 2019 yildagi biznesni prognozlashda qulaylik yaratishni koʻzlab, 2018 yilda amal qilayotgan soliq solish shartlari va 2019 yilda taklif etilayotgan shartlarning qiyosiy jadvalini e’tiboringizga havola etamiz
2018 yil 1 iyuldan amal qila boshlagan asosiy yangiliklar
Navbatdagi toʻplamda 1 iyuldan kuchga kirgan qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgartirishlarni e’tiboringizga havola etamiz. Bu gal ular talaygina, mavzusi ham xilma-xil: notariat, advokatura va FHDYo organlaridagi islohotlardan tortib elektron tijoratdagi yangi qoidalar va tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibigacha. Siz uchun eng muhimlarini saralab oldik
Toshkent shahrida Puchon universiteti ochiladi
Poytaxtimizda maktabgacha ta’lim, koreys tili, shuningdek arxitektura va dizayn sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan yangi oliy oʻquv yurti ochiladi
Chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash 3 oy oʻtgach kuchga kiradi
2.07.2018 yildagi “Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida” OʻRQ-478-son Qonun imzolandi
Shaharliklar uchun «Obod mahalla» dasturi amalga oshiriladi
Uning asosiy yoʻnalishlari, parametrlari va tadbirlari Prezidentning 27.06.2018 yildagi hujjatlari (PQ-3812-son, PF-5467-son) bilan tasdiqlangan
Qishloq xoʻjaligi vazirligi xodimlari ragʻbatlantiriladi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarining maoshiga ustamalar, mukofotlar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish toʻlovlari belgilandi. Namuna koʻrsatganlar «Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi» koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadilar
Bojxona yuk deklaratsiyasini YaIDXP orqali topshirish mumkin
«Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyasini topshirish» xizmati YaIDXP orqali Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda taqdim etiladi
Respublikamizda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi qabul qilindi
Prezidentning 27.06.2018 yildagi PQ–3808-son qarori bilan uning ustuvor vazifalari va amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi nimani moliyalashtiradi
Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyati, shuningdek Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi reglamentga solindi
Bojxona toʻlovlari kamayadi: 2-bosqichda ishlar qanday tus oladi
Respublika hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga import bojxona bojlari stavkalari e’lon qilindi, stavkalar 1.01.2019 yildan amalga kiritiladi
«Norma» nashriyoti bestsellerni qayta nashr qilmoqda
«Norma» iyul oyida Abdusalom Risqullayevning muallifligi ostida «Xodimlar boʻyicha menejerning stol kitobchasi» uchinchi nashrini chiqaradi. knigi.uz kitob internet-doʻkoni yangiliklarini kuzatib boring
San’at asarlarini baholash bilan Badiiy ekspertlar kengashi shugʻullanadi
U Madaniyat vazirligi huzurida tashkil etilmoqda, uning faoliyat koʻrsatish tartibi Vazirlar Mahkamasining 25.06.2018 yildagi 474-son qarori bilan tasdiqlandi
Ma’muriy qamoq: maxsus qabulxonadan qachon vaqtincha chiqarishlari mumkin
Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (26.06.2018 yilda 3026-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalar hududidan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning chetga chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
15 iyuldan boshlab eng kam ish haqi miqdori – 184 300 soʻm
Prezidentning 2.07.2018 yildagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi
Yuqori darajadagi sportchilar maxsus bazalarda tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.06.2018 yildagi “Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi sportchilarning olimpiya tayyorgarligi markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 485-son qarori qabul qilindi
Turizm xalqaro universiteti 125 kishini qabul qiladi
Prezident 28.06.2018 yilda «Ipak yoʻli» turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
NNTning adliya organlariga hisoboti – yangi yagona shaklda
Adliya vazirining buyrugʻi (27.06.2018 yilda 3027-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi, u bilan nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan adliya organiga taqdim etiladigan hisobot shakli tasdiqlandi
Oborot 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlganda umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazadilar
Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tashkil etildi
Filarmoniyaga mamlakatimizda musiqa va raqs san’atini rivojlantirish vazifasi yuklatildi. Madaniyat vazirligi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritildi
1.01.2019 yildan JShDSning 12%lik yagona stavkasi, 12%lik YaIT stavkasi joriy etiladi, PJga sugʻurta badallari bekor qilinadi
Prezidentning 29.06.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
3 yillik davrga moʻljallangan makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi ishlab chiqiladi
Moliyaviy-iqtisodiy blokdagi idoralarga Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2019-2021 yillarga moʻljallangan asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek Hukumatga Davlat byudjeti parametrlarining 2020-2021 yillarga moʻljallangan oʻrta muddatli byudjet yoʻnalishlari kiritiladi
2019 yildan bojxona tariflari oʻzgaradi
Prezidentning 29.06.2018 yildagi qarori bilan import bojxona bojlari stavkalari va mamlakatimiz hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari tasdiqlandi. Ular 2019 yil 1 yanvardan amalga kiritiladi
1 sentyabrdan bojxona rasmiylashtiruvi soddalashadi
Prezidentning 29.06.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroridan shunday xulosa kelib chiqadi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


