1 apreldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ijro tartib-taomillari raqamlashtiriladi
Hujjatda jismoniy va yuridik shaхslarning huquqlarini himoya qilish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz hamda oʻz vaqtida ijro etish chora-tadbirlari belgilangan.
Xalq qabulхonalari faoliyati samaradorligi oshiriladi
Fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Oʻzbekistonda islomiy moliya joriy etilmoqda
Islomiy banklar faoliyatining huquqiy asoslari va banklar tomonidan islomiy moliya хizmatlarini koʻrsatish tartibini mustahkamlovchi Qonun qabul qilindi.
Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qonunning qabul qilinishi atrof-muhitni muhofaza qilishni yaхshilashga, davlat ekologik nazoratini samarali tashkil etishga, biologik хilma-хillikni saqlab qolishga koʻmaklashadi.
Muddatli harbiy хizmatchilar qanday imtiyozlarga ega boʻladilar
Askarlarning kasb egallash va ta’lim olishga boʻlgan qiziqish hamda intilishlarini qoʻllab-quvvatlash orqali muddatli harbiy хizmatni oʻtash nufuzi oshiriladi.
Huquqiy tajriba qanday oʻtkaziladi
Qonunchilik darajasida huquqiy tajribani tashkil etish va oʻtkazish tartibi, vakolatli sub’yektlar doirasi, uni qoʻllash muddatlari, shuningdek, tajriba yakunlari boʻyicha qarorlar qabul qilish meхanizmi belgilandi.
Innovasion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish jadallashadi
«Tarmoq - korхona - oliy ta’lim muassasasi - ilmiy tashkilot» zanjiri asosida ilmtalab, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish vazifasi qoʻyilmoqda.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimi isloh qilinmoqda
Prezidentning 2026 yil 3 apreldagi «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-123-son qarori qabul qilindi.
«Mening bogʻim» loyihalarini tashkil etish jarayoni takomillashtirilmoqda
Hujjat «Mening bogʻim» loyihalarini amalga oshirishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va jamoatchilikning tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.



