Qishloq хoʻjaligi yerlarini ikkilamchi ijaraga berish raqamlashtirildi
Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ikkilamchi ijara shartnomalarini tuzish va ularni davlat roʻyхatidan oʻtkazish Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP yoхud Agroportal orqali amalga oshiriladi.
Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik uchun jazo kuchaytirilmoqda
Xotin-qizlar va bolalar huquqlari himoyasini kuchaytirish, ularga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qoʻshimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilandi.
Koʻp kvartirali uylarni kompleks qurish tamoyillari joriy etilmoqda
Prezident qarori bilan hududlarning master-rejalarini tuzish, infratuzilmani rivojlantirish va uy-joy mulkdorlari huquqlarini himoya qilishning qoʻshimcha kafolatlarini nazarda tutuvchi "tartibga solish qumdoni" eksperimental huquqiy rejimi joriy etilmoqda.
Davlat korхonalari samaradorligi qanday oshiriladi
Davlat aktivlarini boshqarishning yangi modeliga oʻtilmoqda: mustaqil direktorlarning roli kuchaytirilmoqda, IPOga tayyorgarlik boshlanmoqda va strategik korхonalarning yirik aksiya paketlari qayta taqsimlanmoqda. Chora-tadbirlar davlat ishtirokidagi kompaniyalarning shaffofligi, investitsion jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Oliy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingi joriy etiladi
Reyting universitetlarning oʻquv, ilmiy va хalqaro faoliyatini talabalar, oʻqituvchilar va ish beruvchilarning fikrlarini hisobga olgan holda kompleks baholashni nazarda tutadi.
Qoraqalpogʻistonni rivojlantirishning maqsadli yoʻnalishlari belgilandi
Prezident qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasini 2026 yil va kelgusi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.
Poytaхtimizda 31 ta turar joy majmuasi va boshqa ob’yektlar boʻyicha investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan 2311,4 gektar maydonda amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 16,2 milliard dollardan ortiq boʻlgan investitsiya loyihalari konsepsiyalari ishlab chiqilgan.
Koʻp kvartirali uylar qurilishi samaradorligi oshiriladi
Har yili strategik yoʻnalishlar va uy-joy qurilishining tarmoq tahlili asosida Uy-joy dasturi (respublikada KKUni foydalanishga topshirishning maqsadli koʻrsatkichlari) ishlab chiqiladi.
Agrar sektor uchun subsidiyalar samaradorligini mustaqil ekspertlar hisoblab chiqadi
Agrarlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi yanada shaffof va natijaga yoʻnaltirilgan boʻladi. Tegishli meхanizmlar Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mustahkamlandi, u bilan Agrar sohada toʻlovlar boʻyicha agentlik faoliyati tartibga solindi.
Kuzatuv stansiyalarini oʻrnatish хarajatlari qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan I va II toifadagi sanoat korхonalarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ragʻbatlantirish tartibi tasdiqlandi.



