Toʻxtash chizigʻi uchun jarima kamroq boʻlishi kerak
Toshkent chorrahalarida kameralar ishga tushirilganidan keyin YHQlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi ta’minlandi. Bu vazifa bajarilgan ekan, jarimalarni tushirish vaqt kelmadimikan, degan savol tugʻiladi?
Dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi Qishloq xoʻjaligi xodimlari va ishchi-xizmatchilari kuni boʻlishi mumkin
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Qishloq xoʻjaligi xodimlari va ishchi-xizmatchilari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqdi. Uni qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida muhokama qilish mumkin
Pensiyani pochtachilar tarqatmaydi
Prezidentning 13.03.2017 yildagi PQ–2826-son «Pensiya va nafaqalarni toʻlash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar beradi
Tez tibbiy yordamni moliyalashtirish ikki baravar koʻpaytiriladi
Prezident 16.03.2017 yilda “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi, deb xabar beradi OʻzA
Terminallar uchun ijara haqi 50 foizga qisqartiriladi
Markaziy bank Oʻzbekiston Banklar uyushmasi bilan hamkorlikda banklararo chakana toʻlov tizimida mijozlarga “soʻm” plastik kartochkalari orqali xizmat koʻrsatish boʻyicha tariflar rejasiga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi
Mijozlar uchun chegirmalar yaratish – bu loyallikning NORMAl koʻrinishi
«Gorod skidok»ning NORMAl kartasi poytaxtimizdagi 500 ga yaqin muassasalarda chegirmalarga ega boʻlish imkoniyatini beradi. Bu «Norma» davriy nashrlari obunachilari va dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilariga taqdim etiladigan loyallik dasturi koʻrinishlaridan biridir. Karta sohibi nimalarga ega boʻladi?
TATUning ilmiy-axborot rivojlanishini moliyalashtirish oshirildi
Prezidentning 15.03.2017 yildagi «Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi
Tekshirishlarga moratoriyning amal qilishi tugadi
2017 yilning 1 yanvaridan oʻzining soliq majburiyatlarini vijdonan bajargan tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishdan oʻtkazishga moratoriyning amal qilishi tugadi
Shanba ish kuni, dushanba dam olish kuni deb e’lon qilindi
Prezidentning 16.03.2017 yildagi qarori matni OʻzAda keltiriladi
54 ta litsey kollejga aylantiriladi
Prezidentning 14.03.2017 yildagi Qarori bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Hujjat bugun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi
Terminal boʻyicha narx oshirilganda – sud orqali moliyaviy sanksiya
Davlat soliq qoʻmitasi Prezidentning 15.02.2017 yildagi PQ–2777-son «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorini amalga oshirish maqsadida qonunchilikka tuzatishlar loyihalarini tayyorladi. Hozirgi vaqtda ular qonun hujjatlari ta’sirini baholash portalida muhokama uchun ochiq
Oʻzbekistonda 28-tijorat banki ochilmoqda
Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 13 martdagi PQ–2824-son «2017-2021 yillarda Toshkent shahrida arzon koʻp kvartirali uylarni qurish koʻlamini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qaroriga asosan Oʻzbekistonda «Poytaxt bank» aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamgʻarma banki tashkil etilmoqda
Issiq suvni rejali oʻchirish 3 apreldan boshlanadi
«Toshissiqquvvati» Toshkent shahri issiqlik markazlarida bahorgi issiq suv oʻchirilishi sanalarini e’lon qildi
AJ boshqaruvi tuzilmasida qoʻmitalar paydo boʻladi
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi. Hujjat ishlab chiquvchisi – Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi
Biznesni majburiy tugatish tezroq amalga oshiriladi
Adliya vazirligi Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi
Qanday tekshiruvlarga duchor boʻlmaslik mumkin?
Qonunchilikka tashkilotlar muntazam ravishda soliq yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamagan taqdirda rejali tekshiruvlarni oʻtkazish imkonini beruvchi norma kiritildi. Shu bois qator savollar kelib chiqadiki, ularning ba’zilariga mazkur sharhda javob berishga harakat qilib koʻramiz, shuningdek, ifodalangan xulosalardan kelib chiqqan holda tadbirkorlarga tavsiyalar beramiz
Poytaxt elektron xaritasining bahorgi yangilanishi
10 mart kuni “Mening shahrim” Toshkent elektron xaritasining navbatdagi yangilanishi chiqdi. Yangi kompaniyalar, shu jumladan “Gorod skidok” diskont tizimi hamkorlari bilan bir qatorda ilova qator oʻzgartirishlarni saqlaydi
Telekommunikatsiya xizmatlariga narxlar qanday shakllantiriladi?
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 959-1, 2017 yil 9 mart) bilan Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Jiddiy nazorat samarali amaliyotning garovi
Poytaxtimizda Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va Savdo-sanoat palatasi oʻrtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Bosh kelishuv bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uch tomonlama komissiya majlisi boʻlib oʻtdi
Korxona pasporti 1 aprelgacha taqdim etilishi kerak
Bu haqda poytaxtimizning sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlariga Toshkent shahar statistika boshqarmasi eslatadi
Hokimliklar xodimlari uzoq muddat ishlaganligi uchun ustama haq oladi
Vazirlar Mahkamasining 7.03.2017 yildagi 123-son Qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Pensionerlarning metroda bepul yurishi hisobga olinadi
Vazirlar Mahkamasining 9.03.2017 yildagi 128-son Qarori bilan Kunduzi Toshkent metropolitenidan bepul foydalanadigan pensionerlar sonini hisobga olish va «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ «Toshkent metropoliteni» UKning olinmay qoladigan daromadlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Prezident Devoni tuzilmasi yangilandi
Prezidentning 1.03.2017 yildagi PF–4974-son Farmoni bilan Prezident devoni toʻgʻrisidagi nizom va uning yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi
Nima uchun soliq toʻlovchi haqligi prezumpsiyasi kam hollarda qoʻllaniladi
Soliq kodeksining (SK) 11-moddasida soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin qilinishi (uning haqligi prezumpsiyasi) mustahkamlangan. Biroq amaliyotda mazkur qoidadan foydalanishning har doim ham imkoni boʻlavermaydi. Ekspertlarimiz ushbu qoidadan ancha faol foydalanish yoʻllarini taklif qiladilar.
Milliy sertifikatlash doirasida mavsumiy sessiyalar sanalari e’lon qilindi
Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi («Buxgalterlar va auditorlar imtixon markazi» MChJ) 2017 yilda imtihonlar uchun roʻyxatga olish boshlanganini e’lon qildi. Testlash toʻrtta sessiya doirasida oʻtkaziladi
Pensionerlar metroda bepul yurish huquqiga ega boʻlishdi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 9 mart kuni qabul qilindi. Poytaxtimiz aholisi va mehmonlari 15 martdan pensiya guvohnomasini koʻrsatgan holda soat 10.00 dan 16.00 gacha metroda bepul yurish huquqiga ega boʻladilar
BHMSni birgalikda takomillashtiramiz
Oʻzbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (OʻzBAMA) Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ning yangi tahriri loyihasini ishlab chiqdi. Bizning saytimizda uni muhokama qilish mumkin
Daromadlarni deklaratsiyalaymiz
1 aprel jismoniy shaxslar yil yakunlariga koʻra olgan daromadlari toʻgʻrisida hisobot berishlari kerak boʻlgan soʻnggi kun. Koʻpchilik masalani yechishda murakkabliklarga toʻqnash keladi. Shu sababli deklaratsiyaning oʻzi nimaligini, ushbu taomil kimlar uchun majburiyligini, u qanday va qaysi muddatlarda topshirilishini, unda qanday ma’lumotlarni aks ettirish kerakligini aniqlashga urinib koʻramiz
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


