Oʻqituvchi va murabbiylar uchun mukofotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi
Oʻzbekistonning 11 ta banki MDHning eng yaxshi banklar 200 taligida
«RIA Reyting» agentligi MDH davlatlari bank sektorining tadqiqotini e’lon qildi. Uning natijasiga koʻra, ushbu hududdagi eng yirik banklar 200 taligi roʻyhati – «RIA Reyting. MDH banklari-200» tuzildi. Mamlakatimizning 11 ta banki mazkur roʻyhatdan oʻrin olgan
Metro uchun oylik yoʻl chiptalari qayta joriy etildi
«Toshshahartransxizmat» AJning xabar berishicha, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab yer osti transportida yurish uchun yoʻl chiptalari joriy etiladi
Mehnat huquqi: qoʻllash tajribasi, ish beruvchining odatiy xatolari
Navbatdagi bonusli seminarda Norma kompaniyasining katta eksperti Abdusalom Risqullayev xodimlarni ishga olishni huquqiy jihatdan nazorat qilish, hujjatlashtirish, boshqa vazifaga oʻtkazish, xizmat joyini oʻzgartirish, ishdan boʻshatish masalalarini tahlil qiladi
Sertifikatlanmagan turizm faoliyati noqonuniydir
«Oʻzbekturizm» milliy kompaniyasi soha sub’yektlariga turizm xizmatlarni sertifikatlovchi organ faqat “Oʻzstandart” agentligidan roʻyhatdan oʻtgan “Turistik xizmatlar sertifikatsiya markazi” unitar korxonasi ekanini ta’kidladi
Nafaqalarni qayta hisoblash tartibiga aniqlik kiritildi
Moliya vazirining buyrugʻiga asosan (roʻyxat raqami 2826, 20.09.2016 y.) PF–4822 boʻyicha Pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston fuqaroligini yoʻqotish uchun yangi asos joriy etildi
23.09.2016 y. OʻRQ–411-son Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotish uchun asoslarga tuzatishlar kiritildi
Alkogol sotayotganlar pasport soʻrash kerak
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi PQ–2597-son qarori bilan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari muqaddam qabul qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirildi
3 yoshgacha farzandlilar ahloq tuzatish ishlaridan holi
23.06.2016 y.OʻRQ–411-son Qonun bilan 3 yoshgacha farzandi bor ayollarga nisbatan ahloq tuzatish ishlari jazosini qoʻllash ta’qiqlandi
Tabiat qoʻriqchilari uchun ta’lim markazi ochildi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 22 sentyabrdagi 321-son Qarori bilan Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etildi
Toshkent propiskasi barcha qarindosh-urugʻlar uchun emas
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi
Birinchi navbatda mahalliy dorilarni taklif eting
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2118-2, 2016 yil 23 sentyabr) bilan Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash tartibi, shuningdek dorixona muassasalari tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
AJ uchun yangi soliq imtiyozlari
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan xorijiy investitsiyalarga ega AJlarga qoʻshimcha imtiyozlar berildi
Sayyohlik tashkilotlar va mehmonxonalarda soliq solishning oʻziga xosliklari
«Norma» kompaniyasidagi bonusli seminar shunday nomlangan. Kompaniyaning yetakchi eksperti Zoya Tuchkova tinglovchilarga sayyohlik tashkilotlari va mehmonxonalarning soliq xatarlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha amaliy tavsiyalarini taqdim etadi
2016 yilda soliq solishning oʻziga xosliklari
«NORMA» professional rivojlanish markazining bonusli seminarida kompaniya eksperti Zoya Tuchkova tinglovchilarni 2016 yilda soliqlarni hisoblash va toʻlashning oʻziga xosliklari bilan tanishtiradi, koʻp takrorlanadigan xatoliklarni koʻrib chiqadi
Yengil avtomashinalarga bolgʻacha kerak emas
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-sonli Qonun bilan avtomobilda favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolgʻacha, oʻt oʻchirgich, tibbiyot qutichasi, majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzul mavjud emasligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi
Surishtiruvchilarning vakolatlari cheklandi
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan Jinoyat-protsessual kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi
Piyodalarga telefondan foydalanish ma’n etildi
23.09.2016 y. OʻRQ–411-son Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qator oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritildi
Shaxsiy hayotga aralashuv jazolanadi
Odamning roziligisiz uning shaxsiy yoki oilaviy siri hisoblangan shaxsiy hayoti toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni noqonuniy ravishda yigʻish yoki tarqatish endi ma’muriy va jinoiy tartibda (OʻRQ–411-son, 23.09.2016 y.) javobgarlikka tortishga sabab boʻlishi mumkin
Parlament vakolatlari kengaytirildi
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunda Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining vakolatlari kengaytirildi
Paxta poyasi qayta ishlab chiqariladi
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 y. 319-son Qaroriga koʻra paxta poyasidan paraxa plitkalar ishlab chiqarishning zamonaviy usuli joriy etiladigan boʻldi
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga 5 yilga qabul qilishadi
Oʻzbekiston Respublikasining 23.09.2016 yildagi 411-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash muddati oʻzgartirildi
Arxiv hujjatlariga mas’uliyatsizlik uchun jarima!
Arxiv hujjatlarini topshirish, saqlash, ulardan foydalanish, arxiv va idora arxivlari xizmatini taqdim etish tartibini buzganlik uchun ilk marotaba mas’uliyat belgilab berildi
Prokuraturaga IT-mutaxassislar kerak
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritildi
Norma.uz Telegramda oʻzining yangiliklar kanalini ochdi
Endi Norma.uz portalidagi yangiliklardan ular e’lon qilingan zahoti xabardor boʻlishingiz mumkin
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri 23.09.2016 y. sanasida e’lon qilindi va u 3 oydan keyin kuchga kiradi
Saylov kampaniyasi faollashmoqda
2016 yil 20-21 sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalari boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar muhokama qilindi
Meteorologiya sohasi va AKT
"Oʻzgidromet" faoliyatida yangi texnologiyalar joriy etilmoqda
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


