Oliy xoʻjalik sudi qarorlari - biznes uchun muhim
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, uni sud raisi Kozimjon Komilov boshqardi
Sud tizimi va AKT
Oliy sud tomonidan “Sud tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi — ishlarni koʻrishning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi
Mehnat munosabatlari jamoatchilik nazorati ostida boʻlishi shart
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamkorligida “Mehnat sohasida jamoatchilik nazoratini takomillashtirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Toshkentdagi yangi qurilishlar: narxlar, joylar va shartlar
Toshkentdagi yangi qurilishlardagi kvartiralar yangi uy-joy olishni rejalashtirayotgan oilalarda ancha ommaviylashmoqda. Aftidan, faqat juda ta’minlangan fuqarolarning bunday xaridga qurbilari yetadigan vaqtlar oʻtgan koʻrinadi. Quruvchilarning oʻzlari ham asta-sekin urgʻuni “super nufuzli” qurilishdan ancha hamyonbopga oʻzgartirishayotir. Sharhimizda – yangi qurilishlarda uy-joy sotib olish xususida
NHH loyihalari: avtotashuvchilar uchun litsenziyalarning yangi turlari tasdiqlanadi
Yagona portalda Vazirlar Mahkamasining Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qarori loyihasi muhokama uchun ochildi
Turfirmadan yoʻllanma va shartnoma bilan
Turfirmaga murojaat qilganda shunday ham boʻladi – pulni berasiz, yoʻllanmani olib, dam olishga ketasiz. Chek berishsa yaxshiku-ya. Agar sayohatdan koʻngil toʻlmasa, tur reklamaga mos kelmasa, unda koʻngilli oʻtmagan ta’til uchun mablagʻlarni qaytarish yoki moddiy qoplama uchun bu chek kuchsiz dalil boʻladi
Retseptsiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati kengaytirildi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 13 iyunda 2800-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining roʻyxati tasdiqlandi
Shaharsozlar uchun yangi nashr
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 iyundagi 197-son qarori bilan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Oʻzbekiston bunyodkori» nashriyot uyini tashkil qilish va «Oʻzbekiston bunyodkori» gazetasini ta’sis etish toʻgʻrisidagi takliflar ma’qullandi
Klassifikator 72 lavozimga kengaytirildi
Mehnat vazirining buyrugʻi bilan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Buxgalterning milliy sertifikati bilan auditorlikka
Moliya vazirining buyrugʻi bilan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Staj hamda ish haqi STIR va ShJBPH boʻyicha tekshiriladi
Moliya vazirining buyrugʻi bilan Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni toʻldirish qoidalari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
my.gov.uz reglamentga ega boʻldi
Vazirlar Mahkamasining 3.06.2016 yildagi 188-son qarori bilan YaIDXP va Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlandi.
Davlat xizmatlari yaxshilanadi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 184-son qarori bilan Elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oktyabr oyida paxta yarmarkasi oʻtkaziladi
Prezidentning 8.06.2016 yildagi PQ-2544-son qarori bilan 12-13 oktyabr kunlari Toshkent shahrida XII Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish va uning doirasida xalqaro konferensiya tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Ekskavatorlar va traktorlar Yangiyerda ta’mirlanadi
Prezidentning 3.06.2016 yildagi PQ-2543-son qarori bilan 2016-2017 yillarda «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning teplovoz deposi negizida ekskavatorlar va gusenitsali texnikani ta’mirlash zavodini qurish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Davlat uchun gʻalla qanchaga tushadi?
Vazirlar Mahkamasining 3.06.2016 yildagi 186-son qarori bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan 2016 yildagi boshoqli ekinlar gʻalla hosiliga yangi xarid narxlari tasdiqlandi
Xususiy tadbirkor tomonidan xodim yollashning oʻziga xos xususiyatlari
Hozirgi vaqtda yakka tartibdagi tadbirkorlarga yordam uchun oʻzlariga bir nafardan uch nafargacha xodim yollash huquqi taqdim qilingan. Bunda amaliyotda yuristlar oʻrtasida ham munozaralarga sabab boʻlayotgan talay savollar vujudga kelayotir. Bizning sharhimizda faqat yakka tartibdagi tadbirkor xodimlariga nisbatan qoʻllaniladigan hamda qonunchilikda aniq bayon etilgan xususiyatlar haqida. NHHlarda aytib oʻtilmagan barcha holatlarda mehnat qonunchiligining barcha umumiy normalari qoʻllanishi kerak
Fan doktori ilmiy darajasi talabgorlariga talablar oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarorlari bilan fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi va ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlandi
NHH loyihalari: klinika amaliyoti – standart boʻyicha
Yagona portalda “Yaxshi klinika amaliyoti” Davlat standartining loyihasi muhokama qilish uchun joylashtirildi
Raqamli televideniye qoida boʻyicha ulanadi
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 7 iyunda 2794-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniye xizmatlarini koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi
ShHT sammiti: xavfsizlik choralari hamda kirish va chiqish masalalari
Mamlakatimizdagi axborot portallari va FM-stansiyalarida Toshkentda 23-24 iyun kunlari ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan joriy yilning 16 iyunidan boshlab shaharga kirish va chiqishning yopilishigacha boʻlgan maxsus xavfsizlik choralari koʻrilishi haqida xabar tarqatilgandi. Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati bu axborotni rasman rad etdi
Pedagogik kengash faoliyatining tartibi belgilandi
Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 9 iyunda 2799-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
Donorlar uchun qon topshirish davriyligi oʻzgartirildi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 6 iyunda 2556-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Maktablardagi ovqatlanish tizimi har oyda tekshiriladi
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaxslar faoliyatida oʻtkaziladigan tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi
Tekshirishdan oʻting
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 183-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligi yuzasidan koʻzdan kechirishni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yarmarkamizga xush kelibsiz!
Prezidentning 1.06.2016 yildagi PQ-2539-son Qarori bilan 2016 yil 12 iyuldan 14 iyulgacha Oʻzekspomarkazda Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, koʻrgazma har yili oʻtkaziladigan boʻladi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirish tartibi oʻzgartirildi
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Samolyotda nimalarni tashish mumkin emas
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2016 yildagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 4-ilovada Havo kemalarida tashish taqiqlangan moddalar va narsalarni olib qoʻyish, saqlash muddatlari, ishlatish yoki yoʻq qilish tartibi keltirilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


