Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.03.16

Yer osti boyliklaridan oqilona va samarali foydalanish - vaqt talabi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zolari Sohibjon ISMOILOV va Polyante SVEShNIKOVning muhokama etilayotgan ““Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi boʻyicha izohlari

09.03.16

Musodara qilish faqat sud orqali amalga oshiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari Qahramon ERGAShEV va Polyante SVEShNIKOVning muhokama qilinayotgan “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan izohlari

05.03.16

Doʻkon qanday ochiladi. Yuridik jihatlari

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (keyingi oʻrinlarda – YaTT) doʻkon ochishlari mumkin. Bunda YaTTlar Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga amal qilishlari kerak

05.03.16

Imtiyozlar va preferensiyalar daxlsizdir

20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini davom ettiramiz

04.03.16

Zararning oʻrni qoplansa, jazo yumshatiladi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar sikli davomida jinoyat bilan yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashda jazoni yumshatuvchi normalar haqida soʻz yuritamiz

03.03.16

Koʻchmas mulkni ustav fondiga kiritaman. Kim mumkin emas deb aytdi?

Konstitutsiyamizga asosan xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor oʻziga tegishli mol-mulkka oʻz ixtiyoriga koʻra egalik qiladi, foydalanadi va tasarruf etadi. Davlat ... iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

02.03.16

“Mening shahrim. Ta’lim” loyihasi bejiz brend nomini almashtirmadi

Endilikda barcha abituriyentlar uchun elektron testlarning chiqarishlarida nafaqat Toshkentda joylashgan, balki Oʻzbekistonning barcha oliy oʻquv yurtlari boʻyicha axborotni topish mumkin

02.03.16

Norma.uz portali. 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar

Oʻtgan yili tahririyat qonunchilikdagi oʻzgarishlar sharhi bilan bir qatorda katta miqdordagi sharhlar va ekspert materiallarini tayyorladi

02.03.16

Bank xabarlari: pulni kartadan kartaga oʻtkazish va yuridik shaxs kartasi uchun tariflar

1 martdan boshlab jismoniy shaxslar pullarni oʻz bank kartalaridan har qanday boshqa bankdagi jismoniy shaxslar kartalariga bepul oʻtkazishlari mumkin boʻladi

01.03.16

«Javob beramiz!» Ma’lumot xizmati: behisob savollarga son-sanoqsiz javoblar

Bir yarim yillik faoliyati mobaynida «Javob beramiz!» Ma’lumot xizmati oʻzini nafaqat kompaniya mijozlari va obunachilari, balki Norma.uz portaliga doimiy tashrif buyuruvchilar oʻrtasida ham ijobiy tomondan koʻrsatdi

01.03.16

«Sogʻlom ona va bola yili» Davlat dasturiga qanday tadbirlar kiritildi

Prezidentning 9.02.2016 yildagi PQ-2487-son Qarori bilan “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi tasdiqlandi

01.03.16

AJlardagi davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari va xoʻjalik jamiyatlarining aktivlarini sotish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi

Prezidentning 10.02.2016 yildagi F-4613-son Farmoyishi bilan Toshkent shahrida oʻtkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi

01.03.16

Toshkentda yashovchi fuqarolargina auksionda koʻchmas mulkni sotib olishlari mumkin

Prezidentning 10.02.2016 yildagi PQ-2488-son Qarori bilan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va koʻchmas mulkni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi

29.02.16

Sertifikat boʻyicha omonat olish tartibi oʻzgartirildi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 25 fevralda 1859-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada boʻlish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

29.02.16

Ekspert kengashlarida oʻzgarishlar boʻladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 25 fevralda 2443-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

29.02.16

Firmaning yuridik manzili – muassisning propiska joyi boʻyicha

Yuridik shaxsni muassisning uy manzili boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish mumkinmi? Bu oʻz biznesini barpo etishga qaror qilganlarda tez-tez yuzaga keladigan savoldir

29.02.16

Endi xalqaro talablar va standartlar mahalliy iste’molchilar va mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi a’zosi Qutlimurat BABAShEVning «Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida»Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasiga izohlari

26.02.16

“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmati: korxona foydasini taqsimlash

Navbatdagi mavzuga doir toʻplam korxonaning taqsimlanmagan foydasi, uni taqsimlash, dividendlar toʻlash masalalariga bagʻishlanadi

26.02.16

Ilmiy daraja izlanuvchilari uchun imtihonlar tartibi oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 17 fevralda 2764-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Malakaviy imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

25.02.16

Ish haqi uchun pul mablagʻlari berishni kechiktirish uchun banklar jiddiy javobgar boʻladi

20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini davom ettiramiz

25.02.16

Diqqat: Norma.uz portalida ekspert vakansiyasi

Norma.uz portalining hamjihat jamoasiga qonunchilikdagi oʻzgarishlar sharhini tayyorlay oladigan, yuridik mavzuda maqola yoza biladigan va ma’lum yuridik masalalarni hal qila oladigan ekspert-yurist kerak

25.02.16

Mikrokredit tashkilotlari moliyaviy hisobotlariga yangi talablar belgilandi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Mikrokredit tashkilotlarida audit tekshiruvlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi

24.02.16

Ommaviy axborot vositalari katta kuch va salohiyatga ega

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda ommaviy axborot vositalarining roli” mavzusida amaliy seminar boʻlib oʻtdi

24.02.16

Toʻlov tizimi ishdan chiqdi. Nima qilish kerak va kim aybdor?

Turli toʻlov internet-servislarining paydo boʻlishi bilan koʻp sonli iste’molchilar ularning xizmatlariga murojaat qilishmoqda. Bu dastaklar, shubhasiz, vaqt va kuchni tejaydi, biroq ularning ishida ham texnik jihatdan ishdan chiqishlar sodir boʻlishi mumkin. Pullar mijozning hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilgan, xizmatlar ta’minotchilariga esa ular yetib bormagan hollarda nima qilish kerak?

24.02.16

“Yagona darcha” markazlari xizmatlari uchun blankalarni IDXYaP orqali yuklab olish mumkin

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali yuklab olish uchun hujjatlar bilan ma’lumotlar bazasi ochilganligini e’lon qildi. Bu yerda “yagona darcha” markazlari xizmatlarining pasportlari, namunaviy shakllari va blankalari joylashtiriladi

23.02.16

Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 5-qism

Mamlakatimiz fuqarolariga tovarlar sotib olishni va hisobvaraqlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni yengillashtiruvchi elektron toʻlov tizimlari sohasiga ekskursimizni tugallaymiz. Bugun «Hamkor Mobile» mobil ilova haqida soʻz yuritiladi

23.02.16

Fermer xoʻjaliklariga yer uchastkalari berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 10.02.2016 yildagi 34-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

23.02.16

Stomatologiya uchun rentgen apparatlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 8.02.2016 yildagi 32-son Qarori bilan Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.