Yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni bekor qilish asoslari kengaytirilmoqda
Yer osti suvlaridan-suv oʻlchash qurilmasiz foydalanganlik uchun oshirilgan soliq stavkalari belgilanmoqda.
Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanmoqda
Davlat kadastrlarini yuritish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish vazifalari belgilandi
"Yoʻl xaritasi"da fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Ayrim davlat korxonalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilinmoqda
Hujjatda koʻzda tutilgan choralar mamlakatni JSTga kirishini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan.
Banklar tomonidan yuridik shaxslarning ustav fondidagi ulushlarni olishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Xususan, bank tomonidan yuridik shaxsning ustav fondidagi ulushlarni sotib olish boʻyicha cheklovlarga aniqlik kiritildi.
Yuristlar malakasini oshirish uchun kredit-modul tizimi joriy etilmoqda
Malaka oshirish kurslari oʻquvchilarning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat ta’lim talablari va malaka talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan oʻquv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Al-Xorazmiy universiteti tashkil etildi
U yerda oʻquv jarayoni BAA, Xitoy va Buyuk Britaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Sport maktablari direktorining futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga qoʻyiladigan talablar belgilandi
Oʻzbekiston «Yoshlik» jismoniy tarbiya va sport jamiyati boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlanmoqda.
Ijroiya organlarida moliyaviy xavflarni boshqarish qoʻmitalari tashkil etiladi
Xavflarni boshqarish qoʻmitasi – respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari boshchiligida kollegial asosda tuziladigan organ.
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi «Yangi texnologiyalar» ilmiy-axborot markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan yaratiladi va yuritiladi.
Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’limdan voz kechiladi
Boʻlajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida oʻqitiladi.
«Yil oʻqituvchisi» va «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari qanday oʻtkaziladi
Tanlov gʻoliblariga katta miqdordagi pul mukofoti beriladi.
«Yangi Oʻzbekiston» universitetining ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishning yangi tartibi belgilandi
Universitetga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish huquqi beriladi.
Davlat madaniyat muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari qayta koʻrib chiqildi
Oshirilgan koeffitsiyentlar 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Mahalliy korxonalar mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirish xarajatlarini qoplash tartibi belgilandi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish bilan bogʻliq davlat xizmati qanday koʻrsatiladi
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Milliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi Ilmiy-metodik kengash tomonidan hal etiladi.
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
Ilmiy ekspertiza vazifalariga nimalar kiradi va uni kim va qanday usullar bilan oʻtkazadi.
1 maydan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
2025 yil 24 aprelda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Agrosanoat sohasida qator hujjatlar toʻplami tasdiqlandi
Xususan, respublikada yangi bogʻlarni tijorat banklari orqali kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish tartibi belgilandi.
Bir qator tibbiyot oliy ta’lim muassasalari qayta tashkil etiladi
Xususan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.
Ta’minlangan kreditlar boʻyicha talablarni qondirish tizimi takomillashtirilmoqda
Takroriy savdolar oʻtmagan deb e’lon qilinganda garov narsasini oʻzida qoldirish tartibi oʻzgartirildi.
Fuqarolarni xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
U 2030 yilgacha joriy qilinadi.
Davlat ulushiga ega bir qator yirik korxonalar xalqaro bozorlarda realizatsiya qilinadi
Ayrim korxonalarning aksiyalari xalqaro va mahalliy fond bozorlarida joylashtiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli oshirilmoqda
Boshqalar qatori Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oluvchi uchta vazirlik va idoradagi korrupsiya omillarini aniqlaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari orasidan bir qator vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat rahbarlari tayinlanadi
Huquqiy eksperiment 2027 yil 1 yanvarga qadar davom etadi.
Savdo-sanoat siyosatida yangi chora-tadbirlar qabul qilindi
Xususan, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaga olib kiriladigan oq shakarga aksiz soligʻi bekor qilinadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


