Kambagʻal oilalar reyestridagi oilalarga energiya sarfi uchun kompensatsiya toʻlanadi
Shuningdek, ularga 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlanadi.
Tomorqa uchastkalaridan oqilona foydalanish boʻyicha choralar tasdiqlandi
Dehqon (fermer) xoʻjaliklari va tomorqa uchastkalaridagi boʻsh yer maydonlari toʻgʻrisidagi ma’lumot yagona platformada shakllantiriladi.
2026 yilga borib bojxona deklaratsiyalarini inson omilisiz rasmiylashtirish ikki barobarga oshadi
2025 yil 1 sentyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlari bojxona toʻlovlari va bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni respublikaning istalgan hududidan amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Energiya samaradorligi milliy agentligi tashkil etilmoqda
Agentlikning asosiy vazifalari jumlasida – ushbu sohada ragʻbatlantiruvchi va ta’sir etuvchi choralarni ishlab chiqish va tartibga solish bor.
Yoʻnalishsiz taksilarga taqiqlovchi belgilarda toʻxtashga ruxsat beriladi
Shuningdek, ularga aeroportlar, vokzallar va boshqa ob’yektlarning pullik avtoturargohlariga bepul kirishga ruxsat beriladi.
Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilmoqda
Sohaga sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi, shuningdek bojxona organlarining tashkiliy tuzilmalari optimallashtiriladi.
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasining shakli va mazmuni oʻzgartirildi
Deklaratsiya «A» va «B» sahifalardan iborat boʻladi.
Intellektual mulk sohasidagi talabnomalar ekspertizasini oʻtkazishni autsorsingga berishga ruxsat etildi
Autsorserlarni tanlash davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligida hosildorlik qanday oshiriladi
Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
Fuqarolar oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto-video materiallarni Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalariga «Ogoh fuqaro» platformasi orqali koʻrib chiqish uchun yuborishlari mumkin.
Tomorqa yerlaridan yanada samaraliroq foydalaniladi
Mahalla yettiligi va bankirlar ekish ishlarini tashkil etish uchun zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlab, ularni moliyalashtirish ishlarini tashkil etadi.
Yoshlar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Prezidentning yoshlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan, yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash choralari tasdiqlandi.
Oʻqotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli toʻlanadi
Mukofot miqdori – BHMning 5 foizidan 500 foizigacha.
Ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirish maqsadida oʻqitish uchun javobgarlik belgilandi
Tegishli oʻzgarish Jinoyat kodeksining 244-moddasiga kiritildi.
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyati roʻyxati qisqaradi
Prezident Farmoni bilan 2026 yil 1 yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar va xizmatlar) turlarining yangilangan roʻyxati tasdiqlandi.
Chiqindilar bilan ishlash jarayoni tizimlashtiriladi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi.
Ramazon Hayitini nishonlash 30 mart kuni boshlanadi
Prezidentning 26.03.2025 yildagi "Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi PQ-124-son qarori qabul qilindi.
Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining majlislarida masofadan turib ishtirok etish mumkin
Buni tartibga soluvchi nizom Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlandi.
1 apreldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 apreldan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Davlat kichik va oʻrta biznesning yangi loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
Iqtisodiyotda kichik va oʻrta biznesning oʻrnini oshirish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash va yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash boʻyicha faoliyat isloh qilinmoqda
Har yili mamlakatimizda turli millat va elat vakillarining tengligi, birligini namoyish etuvchi "Oʻzbekiston - yagona Vatan!" shiori ostida forum hamda xorijdagi vatandoshlarning "Uz Global Think" forumi oʻtkaziladi.
MMTV tizimi xodimlari uchun uzoq muddat ishlaganlik uchun ustamalar belgilanmoqda
Shuningdek, maktab direktorlari va oʻrinbosarlariga KPI boʻyicha ustamalar beriladi.
"E-urug‘" tizimi yaratildi
Uning yordamida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish huquqi uchun tanlovlar oʻtkaziladi.
Asosiy stavka 14 foizgacha oshirildi
Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
«Diplomatik xizmat a’lochisi» koʻkrak nishoni bilan kimlar taqdirlanadi
«Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» koʻkrak nishonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
«Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ekolog» faxriy unvoni ta’sis etildi
Bu unvon ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash va boshqa yoʻnalishlarda salmoqli natijalarga erishgan tabiat himoyasi harakati faollariga beriladi.
Elektron hisobvaraq-fakturani tovar-transport yuk xati bilan birlashtirishga qachon yoʻl qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birlashtirilgan hujjat shakli tasdiqlandi.
Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashning yaxlit tizimi joriy etilmoqda
Tizim doirasida ayollarga kichik tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishda, biznes-rejalar ishlab chiqishda va mahsulot uchun bozor topishda koʻmaklashish, tadbirkorlik asoslariga oʻqitishni tashkil etish amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


