Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qancha talaba qabul qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 iyundagi 381-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasi boʻyicha 2017/2018 oʻquv yiliga qabul kvotalari, shuningdek «Investitsiyalarni boshqarish (real sektor uchun)» mutaxassisligi boʻyicha qabul kvotalarining iqtisodiyot real sektorining ayrim tarmoqlari va korxonalari boʻyicha taqsimlanishi tasdiqlandi
Eksportyorlarga “yashil chiroq” berildi
Prezident 21.06.2017 yildagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Elektr energiyasi va gaz avtomatik tarzda hisobga olinadi
Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Ayol va tadbirkorlik
Ushbu sharhda - “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi-2017 yil” hamda “Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli” tanlovlari haqida
Haj va Umraga onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 iyundagi 364-son Qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Soya qanday yetishtiriladi?
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2832-son “2017-2021 yillarda respublikada soya ekishni tashkillashtirish va soya dukkaklari yetishtirishni koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi
26 iyun dam olish kuni deb e’lon qilindi
Prezidentning 20.06.2017 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Muqobil energiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilarga qachon imtiyozlar beriladi?
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarish boʻyicha qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni identifikatsiyalash mexanizmi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi
Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari yoʻlovchi transportini litsenziyalashni toʻxtatadi
QHTBT portalida Prezidentning “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transporti sohasida davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari joylashtirildi
Da’vo ishlari qanday yuritiladi. 3-qism
Ushbu sharhda – tashkilot manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarga da’vo taqdim etish boʻyicha mualliflik tavsiyalari berilgan
SSP tizimi tubdan isloh qilinadi
Prezident “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi
Mobil qurilma orqali ichki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish arzonroq boʻladi
Vazirlar Mahkamasining “Internet tarmogʻida milliy kontentni barpo etishni yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida e’lon qilindi
Tekshirib koʻring, sizning korxonangiz tanlanma kuzatuvga kiritilganmi?
Tanlanma asosda statistika kuzatuviga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar tegishli soʻrovnoma blankalarini toʻldirishlari lozim
Yaponiyaga viza olish soddalashtirildi
Yaponiya tomoni Oʻzbekiston TIVni Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan Yaponiyaga qisqa muddatli viza (90 kundan oshmagan muddatga) olish uchun ariza berish tartibining soddalashtirilgani haqida rasman xabardor qildi.
Yagona geologiya xizmati tashkil etildi
Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ-3004-son qarori bilan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida yagona geologiya xizmati, qoʻmita tuzilmasida esa yangi boshqarma tashkil etildi
Da’vo ishlari qanday yuritiladi. 2-qism
Ushbu sharhda – tashkilot manfaatlarini himoya qilish uchun sudlarga da’vo taqdim etish boʻyicha mualliflik tavsiyalari berilgan
Davlat veterinariya qoʻmitasi tuzilmasi tasdiqlandi
Prezidentning 1.06.2017 yildagi PQ–3026-son «Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
TATU qoshidagi jamgʻarma mablagʻlari darsliklar, stipendiyalar va xorijda oʻqish uchun sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2017 yildagi 350-son Qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Huquqni himoya qilish organlari maxsus texnika va uskunalar bilan ta’minlandi
Prezidentning 6.06.2017 yildagi F–4957-son Farmoyishi bilan 2015 — 2019 yillarda Markaziy Osiyo davlatlari 463 uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi Dasturlarini amalga oshirish doirasida taqdim etilayotgan uskunalar, texnika va transport vositalaridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi
Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi 346-son Tashqi savdo vazirligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mehmonxonani sertifikatlash qanchaga tushadi?
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2017 yildagi 355-son Qarori bilan Turoperator va mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Xorijliklar uchun TDYuUga suhbatlar 2-10 avgust kunlari oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 2.06.2017 yildagi 347-son Qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Hisoblagich plombasiga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikka tortishadi
13.06.2017 yildagi OʻRQ-436-son Qonun bilan elektr energiyasi, suv va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo choralari kuchaytirildi hamda kommunal tizimlarga oʻzboshimchalik bilan ulanish uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi. Tuzatishlar 1.07.2017 yildan amaliyotga joriy etiladi
Xususiylashtirish narxi bozor kon’yunkturasini inobatga olgan holda aniqlanadi
13.06.2017 yildagi OʻRQ–436-son Qaror bilan «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi. Oʻzgarishlar 14.06.2017 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi
OBUNA 2018: obuna boʻlishga kim shoshiladi?
Har yili «Soliq va bojxona xabarlari» va «Norma» gazetalariga 7–8 oy oldindan keyingi yil uchun obuna boʻlib, pulini toʻliq oʻtkazib ulguradigan oʻquvchilar topiladi! Nima uchun ular hali joriy yildagi sonlarimizning yarmini olib ulgurmasdan navbatdagi yillik komplektni qoʻlga kiritishga shoshilishadi? Biz 2018 yildagi ilk obunachilarimiz boʻlgan kompaniyalarning bosh buxgalterlari bilan bogʻlanib, ular bilan shu xususda suhbatlashdik
Suv ta’minoti yagona billing tizimiga ulanadi
Oʻzbekistonda suv ta’minoti gaz va energiya ta’minoti singari kommunal xoʻjalikning yagona billing tizimiga ulanadi. Bu haqda Toshkent shahrida oʻtkazilgan matbuot anjumanida e’lon qilindi
Ekologiyaga yetkazilgan zarar uchun jarimalar oshirildi
13.06.2017 yildagi OʻRQ–436-son Qonun bilan ekologiya va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi
Tikuvchilik sanoatini qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?
Bugungi kunda tikuv sanoatidagi tadbirkorlikda muvaffaqiyatga erishishining asosiy sharti ijodiy yondoshuvdir. Dizaynerlik liboslari saloni, yumshoq qoʻgʻirchoqlar ishlab chiqarish, maxsus kiyim tayyorlash sexi – xullas, imkoniyatlarni faqat tasavvur olamigina cheklashi mumkin
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


