Elektrotexnika sanoatining investitsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar taqdim qilinadi
Prezident yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va ushbu sohada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlarini tasdiqladi.
«Yashil energiya» sohasi qanday tartibga solinadi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xom ashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona toʻlovlarini 120 kun muddatga toʻlashni foizlar undirilmagan holda kechiktirib toʻlashga yoʻl qoʻyiladi.
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasining vazifalari belgilandi
Ular orasida – yuqori qoʻshilgan qiymatli va yangi yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan va eksportbop investitsiya loyihalarini sanoat ipotekasi tizimi orqali moliyalashtirish vazifalari bor.
Farmatsevtika korxonalariga 100 mln AQSh dollari ajratiladi
«Tashkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida «Biotexnologiya klasteri» tashkil etilmoqda.
Norma tizimlaridan foydalanuvchilar uchun 2024 yilda bonus dasturi
Koʻp yillik an’anaga koʻra Norma kompaniyasi onlayn va oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar foydalanuvchilariga (bundan buyon – tizimlar) turli xil bonuslarni taqdim etadi.
Begona shaxslarni uydan roʻyxatdan chiqarish uchun ularning roziligi talab etilmaydi
Mazkur chora mulk huquqining daxlsizligini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan
Talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti qanday tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.
Aholi alohida chiqindi yigʻish uchun maxsus paketlar bilan ta’minlanadi
Shuningdek, chiqindini olib chiqishda qarzi boʻlgan abonent elektr energiyasi uchun haq toʻlay olmaydi.
Bojxona xodimlariga qanday ijtimoiy himoya choralari beriladi
Ular orasida – bir martalik nafaqalar, farzandlarga OTMlarga kirish uchun tavsiyalar berish va boshqalar bor.
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish davlat tomonidan ragʻbatlantirilmoqda
Prezidentning 05.01.2024 yilda 5-sonli «Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ijro hujjatlari onlayn tarzda beriladi
Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilandi.
Baholash hisobotlarini tekshirish: yangi qoidalar
Bunday ekspertiza natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar endilikda «Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri»ga kiritiladi.
NHH ekspertizasi: ularning raqobatga ta’siri qanday tekshiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan NHH yoki uning loyihasi raqobat uchun salbiy deb hisoblanadigan holatlar belgilanadi.
2024 yilda soliqlar, yigʻimlar va aksizlarda nimalar oʻzgardi
Norma mutaxassislari ijtimoiy va yer soligʻi, suv va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va boshqalarning oʻzgarishi boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.
Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlari qanday shakllantiriladi
Dasturni ishlab chiqishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri – byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning jamoatchilik oldida hisobdorligi.
Keksalar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimi takomillashtirilmoqda
Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam shartnoma asosida koʻrsatiladi.
Ijtimoiy xodimlar nogironlar va qariyalarga gʻamxoʻrlik qilish sharoitlarini tekshirishga haqli
Aholining ijtimoiy himoya sohasidagi huquqlarini ta’minlashga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
2024 yilda soliq va byudjet siyosatidagi asosiy oʻzgarishlar
Vuxgalter.uz mutaxassislari 28.12.2023 yildagi OʻRQ-891-son «Soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun boʻyicha tushuntirishlarni tayyorlashdi.
2024 yilgi Davlat byudjetining qabul qilinishi munosabati bilan nimalar oʻzgardi
Prezidentning alohida farmonlariga kiritilgan qoʻshimcha va tuzatishlar oila va xotin-qizlarni, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlarini qoʻllab-quvvatlashga, daraxtlarni himoya qilishga qaratilgan.
Soliq va Bojxona qoʻmitalari har chorakda Qonunchilik palatasida hisobot berishadi
Hisobotlar Davlat byudjeti daromadlari prognozi bajarilishiga oid boʻladi.
Ijtimoiy himoya jamgʻarmasi mablagʻlari qayerga yoʻnaltiriladi
Jamgʻarmaning asosiy vazifalaridan biri – «Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylari, keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishdan iborat.
Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish jadallashtiriladi
«IT-Med» davlat muassasasi tugatilmoqda va uning vazifalari «Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator – «UZINFOSOM» MChJ zimmasiga yuklanmoqda.
Minimal ijara stavkalari: 2024 yilda qoʻllash tartibi
«2024 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi Qonuni (25.12.2023 y. OʻRQ-886-son) bilan koʻchmas mulk va avtotrasport vositalarini ijaraga beradigan jismoniy va yuridik shaxslar uchun minimal ijara stavkalari tasdiqlandi.
Yangi Yagona milliy baholash standarti tasdiqlandi
Uni qoʻllash aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishda majburiy hisoblanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik boʻyicha qabul qilingan qarorga shikoyat berish muddati qisqarmoqda
Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ustidan taftish instansiyasi sudiga shikoyat berish mumkin.
140 ta korxonaga imtiyozli kreditlar beriladi
Shuningdek “sanoat ipotekasi” tizimi joriy etilmoqda.
Ayrim tovarlar boʻyicha bojxona bojining nol stavkasi muddati uzaytirildi
Chora iste’mol bozorlarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Oilaviy korxonalar 5 nafargacha xodimni ishga olishlari mumkin
Shuningdek, sport tashkilotlariga bojxona imtiyozlari taqdim etilmoqda.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Suv omborlarida turizmni rivojlantirishga qaratilgan biznes uchun imtiyozlar joriy etilmoqda
Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm va servis infratuzilmasini rivojlantirish choralari belgilandi. Turistik xizmatlarni tashkil etuvchi tadbirkorlar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizlik stavkalaridan foydalanishi mumkin boʻladi.
Qoraqalpogʻistonda 5 mlrd dollar investisiya jalb etish va 513 mingta ish oʻrnini yaratish rejalashtirilmoqda
Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi. 2027 yilda investitsiyalar hajmini ikki baravarga oshirib, 5 mlrd dollarga yetkazish, eksportni 550 mln dollarga oshirish, 513 ming kishini ish bilan ta’minlash hamda yangi sanoat, qishloq xoʻjaligi va IT-loyihalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Volontyorlik kadrlar zaxirasiga va ishga kirishga yordam beradi
Faol volontyorlar davlat organlarining kadrlar zaxirasiga kiritiladi, volontyorlik faoliyati uchun esa ehtiyojlarga sarflash mumkin boʻlgan «ijtimoiy tokenlar» hisoblanadi. «Fidoyi volontyor» koʻkrak nishoni ta’sis etilmoqda.
Ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirildi
Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


