Chet elda ishlaydiganlar uchun pensiya staji va daromadlari qanday hisoblanadi
Qanday hollarda chet elda ishlash pensiyani hisoblashda ish stajiga kiritilishi va bunda daromad qanday hisoblanishini kadrovik.uz iltimosiga koʻra byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro boshqarmasi metodologiya boʻlimi boshligʻi Farrux Pardayev tushuntirdi.
Sud-ekspertiza tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ekspertiza oʻtkazish muddati 30 kundan oshmasligi lozimligi belgilangan.
Kimni va qaysi yoshdan ishga qabul qilish mumkin
Oʻzbekistonda kim ishchilarni yollashga haqli? Ishga necha yoshdan va qanday shartlarda qabul qilish mumkin? Xodimlarning yoshi bilan bogʻliq mehnat shartlarining buzilishi uchun kim va qay darajada javobgar boʻladi?
Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha choralar belgilandi
Harbiy xizmatchilar turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiyani ipoteka krediti asosida olinayotgan qurilayotgan turar joy foydalanishga topshirilgunga qadar olishadi.
Ish beruvchining ichki hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi
Qaysi hujjat turlari ichki hujjatlarga kiritiladi va qanday qilib ularni toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin? Agar tashkilotda ichki hujjat boʻlmasa, ammo u xodimlarning vakillik organi bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, nima qilish lozim? Mikrofirmalarda ichki hujjatlar boʻlishi shartmi?
Yaylovlardan foydalanish tartibi takomillashtirilmoqda
Jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilgan yaylovlar xatlovdan oʻtkaziladi.
Jamoat transporti bosqichma-bosqich brutto-shartnomaga oʻtkaziladi
Prezident tomonidan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Avvalgi ish joyi boʻyicha mehnat shartnomasini bekor qilish YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazilmagan boʻlsa
Yangi xodimni (asosiy ish joyiga) shtatga ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ma’lumot YaMMTga kiritilganda, kadrlar xizmati u eski asosiy ish joyi boʻyicha ishdan boʻshatilmaganligini aniqladi, aniqrogʻi – ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar YaMMTga kiritilmagan.
YaMMT yordamida xodimni ishdan boʻshatish haqida qanday xabardor qilish kerak
my.mehnat.uz saytida ish beruvchining tashabbusiga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimga ogohlantirish xatini yuborish va roʻyxatdan oʻtish imkonini beruvchi funksional paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” tanlovi oʻtkaziladi
Tanlov 2023 yil may oyidan boshlab har yili 6 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi.
Quyosh panellaridan foydalanganda fuqarolar subsidiya olishlari mumkin boʻladi
Subsidiya jismoniy shaxslarga tegishli ob’yektlarda oʻrnatilgan quyosh panellarida ishlab chiqarilgan va oʻz iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiya uchun beriladi.
Mahkumlar tuzalish yoʻliga oʻtganliklarini qanday aniqlashadi
Mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi yoki oʻtmaganligini maxsus komissiya aniqlaydi.
Yoqilgʻi-energiya resurslari ustidan davlat nazorati kuchaytiriladi
Bosh prokurorning yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul boʻlgan oʻrinbosari lavozimi kiritilmoqda.
Ichki audit xizmati xodimlariga sertifikat berish tartibi belgilanmoqda
Xalqaro sertifikatga ega boʻlgan shaxslarga milliy sertifikatlar imtihonsiz beriladi
Mebel eksport qiluvchilarga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ular ish haqining 25 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.
Advokaturani rivojlantirish istiqbollari: Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi
Toshkent shahrida Advokatlar palatasi va Adliya vazirligi tomonidan xorijiy hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan shu nomdagi Xalqaro II konferensiya boʻlib oʻtdi.
Bank hisobraqamlarini ochishda nimalar oʻzgardi
Endilikda barcha jismoniy shaxslar uchun hisobraqamlar yagona identifikator – JShShIR asosida amalga oshiriladi.
Kripto-birja ishtirokchilari xorijdan tushgan mablagʻlarni nimalarga sarflashlari mumkin
Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish Qoidalariga qoʻshimchalar kiritilmoqda
Tadbirkorlarni toifalarga ajratish mezonlari belgilanmoqda
Shuningdek, fuqarolar oʻrtasidagi pul oʻtkazmalari soliq idoralariga taqdim etiladi.
Poytaxt mahallalarini rivojlantirish uchun 584 mlrd soʻm ajratiladi
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari mahallalarning infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya ob’yektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
Davlat mulkini ijaraga berish stavkalari tasdiqlandi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasida 2023 yil uchun 1 kv. metr koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara stavkalarini e’lon qildi.
DipIFRni qanday topshirish mumkin: Irina ZAVALIShINAning tavsiyalari
Koʻp oʻquvchilarimizga DipIFR-Rus imtihoniga tayyorlanish boʻyicha kurs oʻqituvchisi Irina ZAVALIShINAni tanishtirish shart emas. Biz Irina Aleksandrovnadan kurs qanday oʻtkazilayotgani, oʻqish boshlangunga qadar qanday bilimlarga ega boʻlish kerakligi, qaysi oʻquv shakli – onlayn yoki yuzma-yuz shakli yaxshi ekanligi haqida gapirib berishini iltimos qildik.
Bitta buyruq bilan bir necha kishini ishga qabul qilish mumkinmi
20 nafar yangi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni rejalashtiryapmiz. Har biriga alohida buyruq rasmiylashtirish kerakmi yoki 20 ta paragraf bilan bitta buyruq chiqarish mumkinmi?
Shubhali operatsiyalar haqida bildirishnoma shakllari tasdiqlandi
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining buyrugʻi bilan xabarnomaga ilova qiladigan hujjatlar roʻyxati tasdiqlanmoqda.
Patent egalarining ochiq litsenziyaga arizalari onlayn qabul qilinadi
Arizalar davlat tilida Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali” orqali qabul qilinadi.
Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi qabul qilindi
Professional va oliy ta’lim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladi.
2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida nimalar boʻladi
Prezidentning “2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Avtomaktablar uchun litsenziya IIV tomonidan beriladi
Ilgari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ushbu sohada vakolatli hisoblangan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


