Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.07.18

Ekstremizmga qarshi kurashish: materiallar olib tashlanadi, tashkilotlar “qora roʻyxatga” kiritiladi

30.07.2018 yildagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida” OʻRQ-489-son Qonun qabul qilindi. Hujjat e’lon qilingandan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi

31.07.18

Tekshiruvlarni tayinlashning ikkita algoritmi joriy etildi

Bu Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmoniga ilovalarda nazarda tutilgan

31.07.18

Biznesni rejadan tashqari tekshirish bir oy davomida tiklanishi mumkin

Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5490-son Farmonidan shu kelib chiqadi

30.07.18

Avtotashuvchilar 3 oydan 1 yilgacha muddatga sugʻurtalanishlari mumkin

«Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga tegishli tuzatishlar kiritildi, ular 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi

30.07.18

Sudlarga qonunosti hujjatlarini talqin qilish huquqini berish lozim

Advokat Ilhom Azizov qonunlar va qonunosti hujjatlari oʻrtasida tez-tez yuzaga keladigan ziddiyatlar sabablarini oʻrganib, vaziyatdan chiqish yoʻlini taklif etdi

30.07.18

MBning qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgartirishsiz qoldirildi

Markaziy bank Boshqaruvi qayta moliyalashtirish stavkasini yillik 14 foiz darajasida oʻzgartirishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi

30.07.18

knigi.uz internet-doʻkoniga kirish uchun 5 ta sabab

«Norma» nashriyoti buxgalterlar, kadrlar ishi xodimlari va yuristlar uchun foydali boʻlgan kitoblarni xarid qilishning qulay usulini taklif qiladi. knigi.uz internet-doʻkoni xizmatlaridan foydalaning

30.07.18

Koʻchmas mulk buzilganda zararlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jamgʻarma qoplaydi

Prezidentning 27.07.2018 yildagi Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va biznesga yetkazilgan zararlarni qoplashning yangi mexanizmi ma’qullandi

30.07.18

Tekshiruvlarning 2 ta turi bekor qilindi. Qaysilari qoldi?

Prezidentning 27.07.2018 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonini tahlil qilishda davom etamiz

30.07.18

Advokatlar sud binosiga kompyuter va mobil telefonlarini olib kirishlariga ruxsat berildi

Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (25.07.2018 yilda 2981-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tegishli oʻzgartirishlar kiritildi

30.07.18

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qanday ishlarni koʻrib chiqadi

MJTKda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar toifasi belgilandi, shuningdek uning xodimlari qonuniy faoliyat yuritishiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima joriy etildi. Tuzatishlar 23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun bilan kiritildi

30.07.18

Qishloq xoʻjaligi mahsuloti va urugʻliklar bilan muomala qilishdagi huquqbuzarliklar uchun – 40 EKIHgacha jarima

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi modda bilan toʻldirildi (23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonunga qarang). Qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

30.07.18

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq amnistiyasi e’lon qilindi

Prezidentning 27.07.2018 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

30.07.18

Mahalliy darajadagi deputatlar sudlar raislarining axborotini eshitadilar

«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida» va «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga ana shunday tuzatishlar kiritildi (23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun)

30.07.18 NHH loyihalari
30.07.18

Buxgalter va auditorlar DSQ huzuridagi Markazda malaka oshira oladilar

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

27.07.18

Texnik reglamentlarni buzganlik uchun 10 EKIHgacha jarima joriy etildi

20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan texnik reglamentlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi

27.07.18

Fuqarolar tomonidan yuridik shaxsdan avtomobilning 30 kungacha muddatga notarial tasdiqlashsiz ijaraga olinishiga ruxsat berildi

26.07.2018 yildagi OʻRQ-488-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi

27.07.18

YHQni buzganlik uchun jarima toʻlashning qulay usuli

Poytaxtda Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralarni qoʻllashning yangi tartibi sinovdan oʻtkazilmoqda, deya xabar beradi Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmati

27.07.18

Bojxona toʻlovlari undirilmaydigan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yangi normalari tasdiqlandi

Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3873-son qarori e’lon qilindi

27.07.18

«Obod mahalla» jamgʻarmalari mablagʻlari nimalarga sarflanadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Obod mahalla» jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (25.07.2018 yilda 3043-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi

27.07.18

Servitut toʻgʻrisidagi kelishuvni YaIDXPda davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin

YaIDXPda yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi. Uning yordamida yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

26.07.18

2019 yilda qanday foyda olasiz?

Yangi soliq solish sharoitida tushum, tannarx va soliq yukini prognozlay olgan har bir tadbirkor bu savolga javob topa oladi. Norma PRMda oʻtkaziladigan maxsus trening bunda yordam beradi. Markaz kompaniyalar rahbarlari, muassislari va mulkdorlarini yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini baholash noyob uslubiyati bilan tanishishga taklif etadi

26.07.18

Oʻzbekistonda loyihalar rahbarlarini tayyorlay boshladilar

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi «Loyiha boshqaruvi» yoʻnalishi boʻyicha magistraturaga qabul haqida e’lon qildi

26.07.18

Kredit tarixini yuritish qanday litsenziyalanadi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 3042, 25.07.2018 y.) bilan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

26.07.18 NHH loyihalari
26.07.18

Bojxona qoʻmitasi «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatini joriy etadi

QHTBT portalida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatidagi tegishli axborotning mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida yangilab borilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama qilinmoqda

26.07.18

Hujjatlar va order oʻrniga davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma

Yer kodeksi va “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi va 3 oy oʻtgach kuchga kiradi

26.07.18

Toshkentda BKDI filiali ochiladi, kinoindustriya sub’yektlariga – soliq va bojxona imtiyozlari

Bu Prezidentning 24.07.2018 yildagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3880-son qaroridan kelib chiqadi. OʻzAda e’lon qilingan hujjatning asosiy qoidalari sharhini taklif etamiz

26.07.18

Sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun jarimalar joriy qilindi

24.07.2018 yildagi OʻRQ–487-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 65-moddasiga tegishli qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar e’lon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.