Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
12.09.17

Qanday jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergov majburiy hisoblanadi?

6.09.2017 yildagi OʻRQ–442-son «Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi

12.09.17

Axborot yosh toifalari boʻyicha tasniflanadi

8.09.2017 yildagi OʻRQ-444-son «Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi

12.09.17

Bankda chet el valyutasini qanday sotib olish mumkin

Markaziy bank jismoniy shaxslar tomonidan xorijiy valyutani sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi soʻrovga tushuntirish berdi

12.09.17

Byudjet mablagʻlarini hisobga olish va qaytarish mexanizmiga tuzatish kiritildi

Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyxat raqami 2771-1, 2017 yil 29 avgust)

12.09.17

Martaba darajasi boʻyicha yuriskonsultlar attestatsiyasi suhbatsiz oʻtkaziladi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2919, 2017 yil 28 avgust) bilan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.09.17

Konsert-tomosha faoliyati uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish zarur emas

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 678-son qarori bilan “Oʻzbekkonsert” DM markaziy apparatining tuzilmasi, uning mintaqaviy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi hamda davlat muassasasining ustavi tasdiqlandi

11.09.17

Soliqchilar uchun 195 ta xizmat uy-joylari quriladi

Vazirlar Mahkamasining 28.08.2017 yildagi 677-son qarori bilan 2017-2021 yillarda davlat soliq xizmati organlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

11.09.17

Investorlarga bolalar bogʻchalari uchun yer va binolar bepul beriladi

Prezidentning 9.09.2017 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

11.09.17

Toshkent kichik sanoat zonalari ishtirokchilari qachon imtiyozdan foydalanadi?

Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalarida ishtirok etuvchi tashkilotlar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

11.09.17

Jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlari tashkil etiladi

Prezidentning 8.09.2017 yildagi PF-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi

11.09.17

Biznesni sugʻurtalash standartlarida nima oʻzgardi

Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1891-1, 2017 yil 29 avgust) bilan Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

11.09.17

Kasanachi qanday zayom oladi?

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2017 yildagi 681-son qarori bilan “Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Konsorsium” MChJ (Konsorsium) tomonidan zayom berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

11.09.17

Fargʻona viloyatida foydalanilmayotgan davlat ob’yektlari biznes uchun taklif etiladi

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2017 yildagi 672-son qarori bilan Fargʻona viloyatida ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar, boʻsh turgan va foydalanilmayotgan davlat mulki boʻlgan ob’yektlardan hamda yer uchastkalaridan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

11.09.17

«Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» AJ 157 ming tonna metallurgiya xom ashyosini import qiladi

Vazirlar Mahkamasining 25.08.2017 yildagi 671-son “Respublikaning qora metallar prokatiga boʻlgan qoʻshimcha ehtiyojini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

08.09.17

NHHning qoʻllanilish tartibi soʻrovga koʻra tushuntiriladi

7.09.2017 yildagi OʻRQ-443-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash toʻgʻrisida”gi Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi

08.09.17

Tovarlarning 42 ta guruhi bojxona bojlaridan, 8 ta guruhi aksizdan ozod etildi

Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ-3254-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

08.09.17

Investitsiyaga sarf-xarajat qilganda imtiyozlar qanday qoʻllanadi?

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2918, 2017 yil 25 avgust) bilan Mablagʻlarni investitsiyaga yoʻnaltiruvchi yuridik shaxslar tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

08.09.17

Sud qaroriga koʻra ishga tiklamaganlik uchun – 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi

6.09.2017 yildagi OʻRQ-442-son "Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonun bilan JKning 148-moddasiga tuzatishlar kiritildi

08.09.17

Diptransport haydovchilariga kameralar boʻyicha jarima solish boshlanadi

TIV, IIV va Oliy sud Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlariga nisbatan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini qoʻllash haqida yoʻriqnomaga tuzatishlar ustida ishlamoqda

07.09.17

Buxgalteriyada elektron hujjat aylanishi: yutuq va muammolar

Oʻzbekiston tadbirkorlari hanuz birlamchi hujjatlarni qogʻoz koʻrinishida almashadi. Hisobvaraq-fakturaga muhr va imzo qoʻyish uchun kontragentlar kuryerlardan foydalanadi. Ish yuritishda bunday amaliyotdan qanday xalos boʻlish mumkin?

07.09.17

Korporativ transport haydovchilari har 2 yilda malaka oshirishadi

Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 693-son «Oʻqitishning innovatsion usullarini joriy etish yoʻli bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

07.09.17

8 sentyabr kuni Toshkent shahri markazida koʻchalar toʻsiladi

Oʻzbegim milliy qadriyatlari festivali oʻtkazilishida yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi

07.09.17

9 qavatli turar joy binolarida gaz qozonlari, yotoqxonalarda esa gaz plitalari oʻrnatishga ruxsat berildi

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga oʻzgartirishlar kiritdi

07.09.17 NHH loyihalari
07.09.17

Qanday soliq toʻlovchilar halol soliq toʻlovchilar deb topiladi?

QHTBT portalida Soliq kodeksining 22, 54 va 354-moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi e’lon qilindi

07.09.17

Buzilayotgan uy mulkdorlari qanday huquqlarga ega

Ushbu sharhda davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyishda buzilayotgan uylar mulkdorlari tomonidan eng koʻp beriladigan savollarga javoblar aks etgan

06.09.17

Kimyo sanoatining asosiy korxonalari mahsulotlari «Oʻzkimyoimpeks» MChJ orqali eksport qilinadi

Prezidentning 29.08.2017 yildagi PQ-3246-son “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

06.09.17

Loyiha boshqaruvining yagona tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash ishini kotibiyat ta’minlaydi

Prezidentning 22.08.2017 yildagi F–5030-son farmoyishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimini joriy etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning Kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

05.09.17

1 yanvargacha bepul foydalaning, marhamat!

3 oy muqaddam test rejimida Buxgalterlar malakasini baholash tizimi bir.uz ishga tushirilgan edi. Testdan joriy yilning 1 sentyabrigacha bepul foydalanish mumkin edi. Foydalanuvchilarning koʻplab iltimoslariga binoan Tizimdan bepul foydalanish imkoniyati 2018 yilning 1 yanvariga qadar uzaytirildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.