Kollej va litseylar uchun namunaviy shtatlar tasdiqlandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2875, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi
Bank-moliya akademiyasida qancha oʻqishadi?
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 220-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi
Sayohat vaqtida pul ishlash yoʻllari
Sayohat qilishni kim ham istamaydi deysiz? Ammo birgina istashning oʻzi kamlik qiladi. Ma’lumki, har qanday sayohat katta mablagʻni talab etadi. Aslida koʻp sayohat qiluvchilar biryoʻla moʻmaygina pul ham ishlashlari mumkin. Buning yoʻlini bilishsa, albatta. Ushbu sharhda dunyoni koʻrish bilan birga pul ishlab olish usullari bilan tanishtiramiz
Ma’mun akademiyasi uchun yangi tuzilma tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-son «Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini asta-sekin qisqartiradi
Prezident «2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Fuqarolar yigʻinining kengashida – 2 nafar yangi maslahatchi, profilaktika inspektori va ijtimoiy muassasalar rahbarlari
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 219-son Qarori bilan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Parrandachilik uchun kreditlar muddati uzaytirildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2344-2, 2017 yil 21 aprel) bilan Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 221-son Qarori bilan Avtomobil yoʻllari davlat koʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Litseylardagi mashgʻulotlar uchun OTM oʻqituvchilariga oliy ta’lim stavkalari boʻyicha haq toʻlanadi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2834-1, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritildi
Sud ekspertlari qanday malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining 13.04.2017 yildagi 206-son qarori bilan Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartasi universal boʻldi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1850-2, 2017 yil 19 aprel) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya organlarining faoliyati vaqt talabiga binoan oʻzgarmoqda
Bu haqda Hay’at majlisida Adliya vaziri Muzraf Ikromov xalqimiz uchun amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar taqdim etilgan ma’lumotida ta’kidladi
Sud sohasidagi qonunchilik bilan Tadqiqot markazi shugʻullanadi
Prezidentning 19.04.2017 yildagi PQ–2903-son Qarori bilan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kimyo tarmogʻi korxonalariga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish topshirildi
Prezidentning 12.04.2017 yildagi PQ–2884-son Qarori bilan «Oʻzkimyosanoat» AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilandi hamda uning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Debitorlar bilan solishtirma dalolatnomalarning mavjud emasligi uchun jarima solinadi
18.04.2017 yildagi OʻRQ-429-son Qonun bilan soliq toʻlovchilar – yuridik shaxslarda debitorlar bilan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomalari yoxud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi yozma bildirish mavjud emasligi uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi
Hududlar toza ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta’minlanadi
Prezident «2017-2021 yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Harbiy pensionerlar kollej va litseylarga alohida tartib boʻyicha qabul qilinadi
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Ekologlarning asosiy vazifasi – chiqindilarga qarshi kurashish
Prezidentning «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoni va «2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Tovar belgisiga doir guvohnoma qanday uzaytiriladi?
Intellektual mulk agentligi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2873, 2017 yil 10 aprel) bilan Tovar belgisiga va xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnomaning hamda tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish qoidalari tasdiqlandi
Revolver kreditlari tezroq beriladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1704-1, 2017 yil 3 aprel) bilan Tijorat banklari tomonidan toʻqimachilik korxonalariga paxta tolasini sotib olish hamda ulgurji savdo korxonalariga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga revolver kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Namangan viloyatida yodgorlik majmuasi barpo etiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 apreldagi 208-son qarori bilan Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida atoqli ma’rifatparvar Is’hoqxon Ibrat nomidagi bogʻ, uning muzeyi va xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabdan iborat «Is’hoqxon Ibrat majmuasi»ni tashkil etish haqidagi taklif ma’qullandi
Elektron savdo maydonlarini samarali tashkil qilish - elektron tijoratni rivojlantirish garovidir
Ushbu sharhda Oʻzbekistonda elektron savdo maydonlarini tashkil qilish masalalari yoritiladi
Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarida koʻproq xorijiy olimlar ishlaydi
Prezidentning 20.04.2017 yildagi Qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Qanday tovar soxtalashtirilgan boʻladi?
18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan tovar belgilari toʻgʻrisidagi normalarga tuzatishlar kiritildi
Qoʻshib yuborilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga ruxsat berildi
18.04.2017 yildagi OʻRQ–429-son «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi – vaqt talabi!
2017 yil 14 aprel kuni boʻlib oʻtgan Jamoatchilik kengashi tadbirida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining “Ochiqlik indeksi” boʻyicha 2017 yil 1 yanvar holatiga reyting taqdimoti oʻtkazildi
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi
Prezidentning 18.04.2017 yildagi tegishli Farmoni imzolangani haqida OʻzA xabar berdi
XUMShni yangi Vazirlik nazorat qiladi
Prezidentning «Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


