Paxta poyasi qayta ishlab chiqariladi
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2016 y. 319-son Qaroriga koʻra paxta poyasidan paraxa plitkalar ishlab chiqarishning zamonaviy usuli joriy etiladigan boʻldi
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga 5 yilga qabul qilishadi
Oʻzbekiston Respublikasining 23.09.2016 yildagi 411-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash muddati oʻzgartirildi
Arxiv hujjatlariga mas’uliyatsizlik uchun jarima!
Arxiv hujjatlarini topshirish, saqlash, ulardan foydalanish, arxiv va idora arxivlari xizmatini taqdim etish tartibini buzganlik uchun ilk marotaba mas’uliyat belgilab berildi
Prokuraturaga IT-mutaxassislar kerak
23.09.2016 yildagi OʻRQ–411-son Qonuni bilan "Prokuratura toʻgʻrisida"gi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritildi
Norma.uz Telegramda oʻzining yangiliklar kanalini ochdi
Endi Norma.uz portalidagi yangiliklardan ular e’lon qilingan zahoti xabardor boʻlishingiz mumkin
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning yangi tahriri 23.09.2016 y. sanasida e’lon qilindi va u 3 oydan keyin kuchga kiradi
Saylov kampaniyasi faollashmoqda
2016 yil 20-21 sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalari boʻlib, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlar muhokama qilindi
Meteorologiya sohasi va AKT
"Oʻzgidromet" faoliyatida yangi texnologiyalar joriy etilmoqda
Elektron hukumatning muammolari va istiqbollari
2016 yil 23 sentyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonuni normalarini samarali amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Paralimpiyachilarga davlat mukofotlari topshirildi
"Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan XV yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi
Davlat xaridlari boʻyicha elektron tizim yangilanishi: natija va oʻzgarishlar
2016 yilning 27 iyul kuni Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyatining maxsus axborot portali hamda davlat va korporativ xaridlarni amalga oshirish jarayonlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi. Maqolamizda bu borada qanday ishlar amalga oshirilgani hamda qanday oʻzgarishlar kutilayotgani va natija bizga nima berishi xususida toʻxtalamiz
Savdo-sanoat palatasi ishonch telefonlarini ishga tushirdi
Ishonch telefonlari xizmati tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlarini qabul qilishga moʻljallangan
NHH loyihasi: tibbiy litsenziya kimga beriladi?
Vazirlar Mahkamasining xususiy tibbiy muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirishga qaratilgan qarori loyihasi Qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash portalida e’lon qilindi.
ICTSUMMIT-2016: natija va istiqbollar
Poytaxtimizdagi “Koʻrgazma savdo markazi”da axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida Sammit boʻlib oʻtdi. Unda 300 dan ortiq davlat idoralari rahbarlari, oʻnlab xorijiy davlatlardan ekspert va tadbirkorlar ishtirok etishdi
Poytaxtimizda yangi magistral yoʻl quriladi
Yunusobod tumanini Mirzo Ulugʻbek tumani bilan bogʻlovchi yangi yoʻl hamda Boʻzsuv kanali ustida quriladigan 510 metrlik koʻprik loyihalarining qurilish ishlari boshlanish arafasida
«Norma» seminarga taklif etadi
«Norma» professional rivojlanish markazi navbatdagi bonusli seminarga tinglovchilarni taklif etadi. Bu safar eksport-import operatsiyalari boʻyicha toʻgʻri hisob-kitob va soliq solish masalalari kun tartibiga qoʻyiladi
“Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi
16.09.2016 yil OʻRQ-407-sonli “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi Qonun e’lon qilindi. Hujjat 6 oydan keyin kuchga kiradi
Toshkent viloyatining rivojlanish dasturi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 09.09.2016 yildagi 291-sonli qarori bilan “2016-2018 yillarda Toshkent viloyatining shahar va tumanlarini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangandi
Tijoratni nazorat qilish boʻyicha oʻzgartirishlar
Vazirlar Mahkamasining 15.09.2016 yildagi 299-son qaroriga muvofiq Hukumatning alohida savdo shakllarini nazorat qilish boʻyicha qator qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining tabiiy yoʻqotishlari qanday hisoblanadi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2824, 2016 yil 15 sentyabr) bilan Hoʻl meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yoʻqotish normativlari tasdiqlandi
Surxondaryo viloyatida bir qator ob’yektlar xususiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 sentyabrdagi 300-son “Surxondaryo viloyatida boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlaridan kelgusida yanada samarali foydalanish, ularga salohiyatli investorlarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Ta’lim muassasalari yangi tartibda attestatsiyadan oʻtkaziladi
Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 1836-2, 2016 yil 9 sentyabr) bilan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari va texnologiyalari boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 2016 yil 4 dekabrda boʻlib oʻtadi
2016 yil 9 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi boʻlib oʻtdi
Qurbon hayit 12 sentyabr kuni nishonlanadi
"Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qaror imzolandi
PREZIDENTNING VAZIFALARI BOSh VAZIR Sh.MIRZIYoYeVGA VAQTINChA YuKLANDI
UzAning xabar berishicha, 2016 yil 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, taklif etilgan Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, boshqa tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirokida Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi
Maktabgacha muassasalardagi bolalar ta’minotiga haq toʻlash qoidalari oʻzgartirildi
Xalq ta’limi va moliya vazirliklarining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 23 avgustda 2821-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Eng yaxshi sportchilar uchun mukofotlar
Oʻzbekiston olimpiadachilari Rio-de-Janeyroda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi
Qishloq xoʻjaligi korxonalari xarajatlarini kreditlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qoʻshma qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 avgustda 1675-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Qishloq xoʻjaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va gʻalla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


