Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Germaniya tajribasi asosida dual ta’lim turi ishlab chiqiladi

13.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi 647-son qarori bilan professional ta’lim muassasalariga yil davomida  oʻquvchilarni  dual  ta’lim  shaklida oʻqishga  qabul  qilish  tizimi  joriy  etilishi munosabati bilan bir qator NHHlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.


Mehnat bozori uchun raqobatbardosh OTM kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oʻquvchilarni dual ta’lim shaklida qabul qilishning yangi meхanizmlarini joriy etish maqsadida ayrim NHHlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • professional ta’lim muassasalarida oʻquvchilarni yil davomida tashkilotlarning buyurtmalari asosida dual ta’lim shaklida oʻqitish;
  • ish beruvchilarning mavjud ehtiyoji asosida dual ta’lim shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilishni soddalashtirish;
  • oʻquvchilarni dual ta’lim shakli boʻyicha oʻqishga qabul qilish tizimini raqamlashtirish.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashkilotlardan biriktirilgan ustozlarning pedagogik mahoratini iхtiyoriy ravishda oshirish uchun har yili dual ta’lim shakli boʻyicha bepul qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etadi.

 

Dual ta’lim shakli joriy etilgan kasb va mutaхassisliklar boʻyicha tegishli ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda Germaniya tajribasi asosida metodik materiallarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

2024/2025 oʻquv yiliga qadar mehnat bozorining malakali kadrlarga boʻlgan joriy va istiqbolli ehtiyojni aniqlashga moʻljallangan elektron platforma ishga tushiriladi. 

 

Professional ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (11.11.2020 y. 715-son VMQ bilan tasdiqlangan) va Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (29.03.2021 y. 163-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.