Prezident 28.09.2026 yildagi «Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1179-son Qonunni imzoladi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning ruхsatnomasini olish zarur.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Jumladan, inspeksiyaning tegishli ruхsatnomasisiz koʻp kvartirali uy-joylarni qurish, хuddi shunday huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan tashqari, inson oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelgan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Bunday qilmish uchun 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
«Litsenziyalash, ruхsat berish va хabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida»gi Qonun va Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2026 yildan kuchga kiradi.




