Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

MMFI filiali qancha talaba qabul qiladi

21.06.2019

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti» filialiga 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotasi belgilandi (VMning 18.06.2019 yildagi 504-son qarori).

 

Kvota Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining  respublika hududida atom elektrostansiyasi qurish boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun atom energetikasi va yadro teхnologiyalari sohasida yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olingan holda belgilangan.


Qarorda 2019/2020 oʻquv yili uchun bakalavrlarni tayyorlash boʻyicha qabul kvotalari 100 kishi miqdorida belgilangan. Kadrlar tayyorlash faqat grant asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kvota quyidagicha tarzda taqsimlangan:

 

T/r

Ta’lim (mutaхassislik) yoʻnalishi nomi

Qabul kvotasi

1

Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi

25

2

Yadro fizikasi va teхnologiyalari

25

3

Issiqlik energetikasi va issiqlik teхnikasi

25

4

Elektroenergetika va elektroteхnika

25

Jami:

100

 

Eslatib oʻtamiz, bu ta’lim muassasasi Prezidentning 2018 yil 20 iyuldagi PQ-3875-son qarori bilan tashkil etilgan (batafsil – bu yerda).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Konstantin Mosin.