Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengashning faoliyatiga tuzatish kiritildi

27.12.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.12.2021 yildagi “Nogironligi boʻlgan shaхslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 769-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Nogironligi boʻlgan shaхslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qaroriga muvofiq Idoralararo kengash tarkibi va uning faoliyati toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

 

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Idoralararo kengashning maqomi, vazifalari, huquqlari va javobgarligi;
  • Idoralararo kengash tarkibini shakllantirish, uning majlisini chaqirish va oʻtkazish tartibi;
  • Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligini Idoralararo kengashning ishchi organi etib belgilash;
  • Idoralararo kengash faoliyatining natijadorligini baholash tartibi.

 

Quyidagilar Idoralararo kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlarini ta’minlash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va huquqlarini ta’minlashga doir davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarning ta’lim olishiga, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlashga, malakasini oshirish, mehnat qilishi va bandligiga koʻmaklashish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarning jamiyat va davlat hayotida toʻla huquqli tarzda ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.