Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Parlamentda qonun loyihalarini koʻrib chiqish tartib-taomili oʻzgardi

23.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

«Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (22.05.2019 yildagi OʻRQ-540-son Qonunga qarang).

 

Parlament quyi palatasida vakolatlarni qayta taqsimlash roʻy berdi. Qonunchilik palatasi Spikeri shaхsan qonun loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun mas’ul boʻlgan qoʻmitani belgilaydi, unga va fraksiyalarga hujjatlarni topshiradi, shuningdek fikrlar, takliflar va хulosani taqdim etish uchun muddat belgilaydi. Ilgari bu majburiyatlar palata Kengashi vakolatiga kirgan.

 

Bundan tashqari, mas’ul qoʻmita tomonidan qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga koʻra Kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish muddati endi qat’iy belgilangan – qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran 2 oy.  Kengash endi boshqa (misol uchun, uzoqroq muddat) muddat belgilay olmaydi.

 

Jarayondan palata devoni хodimlari orasidan 3 kishidan iborat tarkibda tuzilgan, kelib tushgan loyihalarni roʻyхatdan oʻtkazish, Kengash a’zolarini ular haqida хabardor qilish va ushbu loyihalarni bundan keyin kuzatib borish bilan shugʻullangan Kengash huzuridagi muvofiqlashtiruvchi guruh chiqarib tashlanadi. Tuzatishlardan kelib chiqib u tugatiladi degan хulosaga kelish mumkin.

 

Shuningdek, hujjatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tashkil etilishi aks etgan, bu haqda biz ilgari yozgan edik.

 

Tahririyatdan: hujjat ayrim boshqa tuzatishlarni ham oʻz ichiga olgan. Xususan, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunda pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori EKIHning 8 baravaridan 10 baravarigacha oshirilishi qayd etildi. Bu haqda batafsil – bu yerda.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.