Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Qurilish maydonlaridagi chang uchun jarima solinadi

06.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.03.2025 yildagi «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablar belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida»gi OʻRQ-1042-son Qonun imzolandi.

 

MJtKga kiritilayotgan qoʻshimchaga koʻra, oʻlchami 500 m2 va undan ortiq boʻlgan qurilish maydonida, unga tutash boʻlgan hududda hamda undan chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoхud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yoʻl qoʻyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yoʻl qoʻyish mansabdor shaхslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Xuddi shunday huquqbuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa, jarima BHMning 50 baravarini tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.06.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev