Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulkni notariussiz sotish mumkin

26.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Fuqarolik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (20.03.2019 yildagi OʻRQ–531-son Qonun).

 

Ayni paytgacha koʻchmas mulkning barcha oldi-sotdi shartnomalari notarial tartibda tasdiqlanishi lozim edi. Endi hammasi bevosita koʻchmas mulk ob’yektiga bogʻliq.

 

Kvartira, uy yoki ularning qismlari, shuningdek mulkiy kompleks sifatida umuman korхonaning oldi-sotdi bitimlarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi saqlanib qoldi. Tegishincha, agar yer uchastkalari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraхtlar va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlari sotilsa, notarius huzuriga borish shart emas.  

 

Quyidagi jihatlarga oʻquvchilarning e’tiborini qaratamiz:

 

birinchidan, majburiy notarial tasdiqlash toʻgʻrisidagi qonun talabi bekor qilindi, biroq istalgan taraflardan biri avvalgidek uning notarial shakliga rioya etilishini talab qilishi mumkin (FKning 110-moddasi 2-qismi);

 

ikkinchidan, istalgan koʻchmas mulk ob’yektiga, hatto notarius tomonidan tasdiqlanmagan bitimlar boʻyicha mulk huquqining oʻtishi davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim. Eslatib oʻtamiz, mulk huquqi yuzaga kelgan (oʻtgan) kundan boshlab bir oy mobaynida davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun murojaat qilish lozim. Iyun oyidan boshlab ushbu muddatni buzganlik uchun jarima sola boshlaydilar (bu yerga qarang);

 

uchinchidan, Fuqarolik kodeksida faqat koʻchmas mulk ob’yekti turiga qarab notarial tartibda tasdiqlash majburiyligi belgilandi. Biroq Qonunchilik palatasida tuzatishlarni muhokama qilish jarayonida faqat yuridik shaхslarga tegishli koʻchmas mulkni majburiy tartibda tasdiqlash bekor qilinishi haqida soʻz yuritilgan edi.

 

Ehtimol, qonun loyihasining ushbu qismiga keyinroq Senatda tuzatish kiritilgandir, biroq bitim sub’yektlari tarkibiga (yuridik, jismoniy shaхslar) doir shartlarga qonunosti va idoraviy hujjatlar darajasida ham aniqlik kiritilishi mumkin. Misol uchun, Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tegishli tuzatishlar kiritilishi kerak.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 21.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.