Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
30.07.18

Qishloq xoʻjaligi mahsuloti va urugʻliklar bilan muomala qilishdagi huquqbuzarliklar uchun – 40 EKIHgacha jarima

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi modda bilan toʻldirildi (23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonunga qarang). Qishloq xoʻjaligi mahsulotini va urugʻliklarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish tartibini buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

30.07.18

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq amnistiyasi e’lon qilindi

Prezidentning 27.07.2018 yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

30.07.18

Mahalliy darajadagi deputatlar sudlar raislarining axborotini eshitadilar

«Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida» va «Sudlar toʻgʻrisida»gi qonunlarga ana shunday tuzatishlar kiritildi (23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun)

30.07.18 NHH loyihalari
30.07.18

Buxgalter va auditorlar DSQ huzuridagi Markazda malaka oshira oladilar

QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

27.07.18

Texnik reglamentlarni buzganlik uchun 10 EKIHgacha jarima joriy etildi

20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan texnik reglamentlarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etildi

27.07.18

Fuqarolar tomonidan yuridik shaxsdan avtomobilning 30 kungacha muddatga notarial tasdiqlashsiz ijaraga olinishiga ruxsat berildi

26.07.2018 yildagi OʻRQ-488-son Qonun bilan Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi

27.07.18

YHQni buzganlik uchun jarima toʻlashning qulay usuli

Poytaxtda Yoʻl harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy choralarni qoʻllashning yangi tartibi sinovdan oʻtkazilmoqda, deya xabar beradi Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmati

27.07.18

Bojxona toʻlovlari undirilmaydigan pochta va kuryerlik joʻnatmalarining yangi normalari tasdiqlandi

Prezidentning 19.07.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3873-son qarori e’lon qilindi

27.07.18

«Obod mahalla» jamgʻarmalari mablagʻlari nimalarga sarflanadi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi «Obod mahalla» jamgʻarmalarini tashkil etish, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (25.07.2018 yilda 3043-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi

27.07.18

Servitut toʻgʻrisidagi kelishuvni YaIDXPda davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin

YaIDXPda yangi interaktiv xizmat ishga tushirildi. Uning yordamida yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini roʻyxatdan oʻtkazish mumkin

26.07.18

2019 yilda qanday foyda olasiz?

Yangi soliq solish sharoitida tushum, tannarx va soliq yukini prognozlay olgan har bir tadbirkor bu savolga javob topa oladi. Norma PRMda oʻtkaziladigan maxsus trening bunda yordam beradi. Markaz kompaniyalar rahbarlari, muassislari va mulkdorlarini yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini baholash noyob uslubiyati bilan tanishishga taklif etadi

26.07.18

Oʻzbekistonda loyihalar rahbarlarini tayyorlay boshladilar

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi «Loyiha boshqaruvi» yoʻnalishi boʻyicha magistraturaga qabul haqida e’lon qildi

26.07.18

Kredit tarixini yuritish qanday litsenziyalanadi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 3042, 25.07.2018 y.) bilan Kredit byurolarini roʻyxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

26.07.18 NHH loyihalari
26.07.18

Bojxona qoʻmitasi «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatini joriy etadi

QHTBT portalida «Integratsiyalashgan tarif» interaktiv xizmatidagi tegishli axborotning mas’ul vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz vaqtida yangilab borilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama qilinmoqda

26.07.18

Hujjatlar va order oʻrniga davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma

Yer kodeksi va “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi va 3 oy oʻtgach kuchga kiradi

26.07.18

Toshkentda BKDI filiali ochiladi, kinoindustriya sub’yektlariga – soliq va bojxona imtiyozlari

Bu Prezidentning 24.07.2018 yildagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3880-son qaroridan kelib chiqadi. OʻzAda e’lon qilingan hujjatning asosiy qoidalari sharhini taklif etamiz

26.07.18

Sugʻoriladigan yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun jarimalar joriy qilindi

24.07.2018 yildagi OʻRQ–487-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 65-moddasiga tegishli qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar e’lon qilingan kundan 3 oy oʻtgach kuchga kiradi

26.07.18

Veterinariya dori vositalarini ishlab chiqaruvchilar binolarni nol xarid qiymati boʻyicha oladilar

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2018 yildagi «Veterinariya dori vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 564-son qarori e’lon qilindi

26.07.18

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasidagi ish haqi nimalarni oʻz ichiga oladi

Vazirlar Mahkamasining 23.07.2018 yildagi 566-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

26.07.18

Ikkinchi oliy ma’lumot olish mumkin boʻlgan oliy ta’lim muassasalarining roʻyxati tasdiqlandi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olishni xohlovchilar uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul boshlanganligi haqida e’lon qildi

25.07.18

Davlat xizmatlari agentligi boshqa organlar xodimlariga jarima solish huquqiga ega boʻldi

23.07.2018 yildagi OʻRQ–486-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartishlar kiritildi

25.07.18

Oktyabr oyidan virtual bank kartalari joriy etiladi

Tijorat banklari tomonidan bank kartalarini chiqarish va ularni Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (23.07.2018 yilda 1344-5-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan)

25.07.18

Davlat aktivlarini boshqarish tizimi isloh qilinadi

Davlat aktivlarini boshqarish tizimini tanqidiy oʻrganadigan ishchi guruhi tashkil etildi. Bu Prezidentning 23.06.2018 yildagi F–5343-son farmoyishida nazarda tutilgan

25.07.18 NHH loyihalari
25.07.18

Oliy ta’lim muassasalariga kvotalar bekor qilinishi, oʻrta ma’lumot sifati xalqaro standartlar boʻyicha baholanishi mumkin

2019–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi loyihasida ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish sohasida shu va boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Ushbu sharhda ular haqida batafsil soʻz yuritamiz

25.07.18

Davlat Nazarov: «Direktor.uz da onlayn-kursdan oʻtdi, malaka imtihoniga navbat keldi»

Oʻnlab foydalanuvchilar Direktor.uz saytida onlayn-kursdan oʻtishdi. Ular orasida «Daewoo Textile» XK MChJ (Fargʻona) bosh menejeri Davlat Nazarov ham bor. Shu munosabat bilan u norma.uz portali muxbirining savollariga javob berdi

25.07.18

Korporativ oʻqishni tanlang

«Norma» professional rivojlanish markazi kompaniyangiz oldida turgan strategik maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan korporativ ta’lim dasturlarini taklif etadi

25.07.18

Oʻzbekiston 2018 yilda suveren kredit reytingini olish niyatida

Prezidentning 21.07.2018 yildagi «Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifakatsiyalashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3877-son qarori imzolandi

25.07.18

Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimalar oshirildi

20.07.2018 yildagi OʻRQ–485-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.