Yoʻllar toifalarga ajratildi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan umumiy foydalanishdagi yoʻllar xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega yoʻllar toifalariga kiritildi.
Bojxona kirim orderining yangi shakli tasdiqlandi
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan orderni toʻldirish qoidalari tasdiqlanmoqda
Ekologiyani yaxshilashga doir qator chora-tadbirlar tasdiqlandi
Ular qayta tiklanadigan elektr manbalaridan samarali foydalanish va “Ekologik transport” tizimini rivojlantirishga qaratilgan.
Avtojarimalar ustidan YaIDXP orqali shikoyat kiritish mumkin
Murojaatni koʻrib chiqish muddati – 5 kun.
Yirik soliq toʻlovchilarni aniqlash mezonlari oʻzgartirildi
Xususan, sugʻurta tashkilotlari ham yirik soliq toʻlovchilar qatoriga kiradi.
Xorijiy davlatda yashash uchun ruxsatnoma olgan deputat va senatorlarning vakolatlari tugatiladi
Deputat ishga chiqmaganda undan kunlik maoshi ushlab qolinadi.
Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi
Uning funksiyalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga yuklatildi.
“Umra” tadbirlarini tashkil etish – faqat litsenziya asosida
Litsenziya Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan beriladi.
Yoʻllar va yoʻl infratuzilmasini saqlash, hududlarni obodonlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi
Barcha qurilish-ta’mirlash ishlari tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi.
Fermerlarning hosil sugʻurtasi boʻyicha harajatlari qisman qoplab beriladi
Subsidiya miqdori – sugʻurta mukofotining 50 foizi, biroq sugʻurta summasining 4 foizigacha.
Yangi ilmiy-tadqiqot instituti nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bilan shugʻullanadi
Shuningdek, u keng jamoatchilikni jalb etgan holda, uning namunalarini aniqlaydi va ularni xalqaro roʻyxatlar va reyestrlarga kiritadi.
Parrandachilik sohasini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Xususan, 1 iyuldan boshlab parranda goʻshtini eksport qilishda mavjud barcha cheklovlar bekor qilinadi.
Dividendlarni investitsiya vositachilari orqali toʻlash tartibi belgilandi
AJ dividendlarni Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi orqali xam toʻlab berishi mumkin.
Qurolga ruxsatnoma qanday olinadi
Vazirlar Mahkamasing qarori bilan qurol va uning oʻq-dorilarini ishlab chiqish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilanmoqda.
Tovarlarni bepul tarqatgan holda ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlandi
Chora fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashga qaratilgan.
Qamoqxonalarda tovar xarid qilish uchun infokiosklar oʻrnatiladi
Ularni oʻrnatadigan investorlar maxsus komissiya tomonidan tanlab olinadi
Qoraqalpogʻistonda agrar sohaga subsidiya beriladi
Birinchi bosqichda subsidiyalar 2024 yilda Amudaryo, Toʻrtkoʻl va Beruniy tumanlaridagi loyihalarni, 2025 yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun ajratiladi.
Xorijiy tillarni oʻrganayotganlar uchun qoʻshimcha ragʻbatlantirish belgilandi
2024 yilda kamida 1 mingta umumiy oʻrta ta’lim muassasasining sinf xonalarini xususiy oʻquv markazlariga kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun tekin foydalanishga berish rejalashtirilmoqda.
1 iyundan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi
Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashkil etildi
Markaz faoliyatiga AQShning Kolumbiya universiteti koʻmaklashadi
Qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga qanday tayyorlashadi
Qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish va sohaning iqlimga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi.
Oʻzbekiston XMT konvensiyasini ratifikatsiya qildi
Hujjat bilan qaramogʻidagi bolalariga yoki boshqa yaqin qarindoshlariga nisbatan oilaviy majburiyatlarga ega boʻlganlik mehnat munosabatlarini tugatish uchun asos boʻlolmasligi belgilangan.
Zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga qanday yordam beriladi
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti turizmni rivojlantiradi
ShHT a’zo davlatlar hukumatlari oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.
Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini qanday ochish kerak
U mahalliy fond bozorida muomalaga chiqarilgan va uyushgan qimmatli qogʻozlar bozorida savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun foydalaniladi.
Shu yil dekabr oyida “Tarbiya – shaxs madaniy-ma’naviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi
Shuningdek, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tashkil etiladi, maktablarda esa “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi boshlanadi.
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tashkil etiladi
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog va mutaxassis kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish boʻyicha “Virtual kasbiy rivojlantirish” elektron dasturi ishga tushiriladi.
Eng namunali bolalar bogʻchalarida gimnastika xonalari tashkil etiladi
Boks boʻyicha B. Jalolov hamda gimnastika boʻyicha O. Chusovitina sport mahorati maktablari Sport vazirligi tizimidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimiga oʻtkaziladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


