Mast holda transport boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Yoʻllardagi bezorilik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanib, jarima ballarini hisoblash tartibi koʻzda tutilmoqda.
Ayrim litsenziyalar uchun davlat boji toʻlash tartibi belgilandi
Jumladan, alkogol mahsulotlarini ulgurji sotish uchun litsenziya uchun navbatdagi yillik toʻlov litsenziyadan foydalanishning navbatdagi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi.
Bolalar huquqlarini himoya qilish kuchaytirilmoqda
Xususan, ota-onalarning bolasini diniy ta’limga jalb qilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi oʻzgartirildi
Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda atamalar 15 tagacha qisqartirildi.
Tomorqa yer egalarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Chora-tadbirlarda grant, subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratish koʻzda tutilgan
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi
Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun 20 nafar tadbirkordan iborat kengash tuzilmoqda.
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi belgilandi
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilinadigan ma’lumotlar jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi shart boʻlgan holda davlat xaridlari sohasidagi axborot portaliga joylashtiriladi.
Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik boshlandi
Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 80 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni "Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yoʻlidagi qahramonlik unutilmaydi" shiori ostida oʻtkaziladi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 ming dollardan beriladi
Bir martalik pul mukofoti Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxslar va 1941-1945 yillardagi urush davrida mehnat fronti qatnashchilariga beriladi.
"Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
Endi kafolatlangan omonat summasi bitta bankdagi bitta omonatchi uchun 200 mln soʻmni tashkil etadi. Omonatchi qolgan summani bankdan sud tartibida undirib olishi mumkin.
"Uzagrostar xolding" tomorqa yer va dehqon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish bilan shugʻullanadi
Ushbu kompaniya ta’sischiligida tumanlarda mahallalarni mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirishni chuqurlashtirish boʻyicha shoʻ’ba kompaniyalar tashkil etiladi.
Aholiga moliyaviy yordam koʻrsatish tizimi soddalashtirildi
Kambagʻal oilalarga tadbirkorlik va dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun grantlar va foizsiz ssudalar ajratiladi.
Yosh tadbirkorlarga – imtiyozli kreditlar
2025-2027 yillarda «Yoshlar biznesi» dasturi amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish markazlari tashkil etilmoqda
Oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagini bildirgan OTM bitiruvchi kurs talabalarining biznes gʻoyasidan tayyor loyihasigacha boʻlgan jarayonni bank tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, qulay shartlarda moliyalashtirishni nazarda tutuvchi "Kelajakka qadam" dasturi ishga tushirilmoqda.
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qoʻshimcha subsidiyalar oladilar
Ularga lazer qurilmasi bilan jihozlangan tekislash agregati yordamida tekislangan har bir gektar ekin maydoni uchun sarflangan yoqilgʻi-moylash materiallari qiymatining 100 foizi qoplab beriladi.
Mehnat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Ular ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta’til muddatini belgilash tartibi, xodimning oʻrtacha ish haqini hisoblash va boshqa jihatlar bilan bogʻliq.
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibi belgilandi
Ariza beruvchi texnik, iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarga, kadrlar salohiyatiga ega boʻlishi va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun zarur choralarni koʻrishi shart.
Qanday ob’yektlar ekspluatatsiyaga qabul qilinmaydi
Shaharsozlik faoliyatini geoaxborot bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish boʻyicha choralar belgilandi.
Tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilmoqda
Uning mablagʻlari tahliliy materiallarni tayyorlash va tadqiqotlar oʻtkazish uchun grantlarga, ekspert, tadqiqot xizmatlarini koʻrsatuvchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarga mukofotlar toʻlash va boshqalarga yoʻnaltiriladi.
Ipoteka munosabatlarida – elektron garov xatlari
Chora aholining keng qatlamlari uchun ipoteka kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining vakolatlari kengaymoqda
Tegishli oʻzgartirishlar Inspeksiya toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilmoqda.
Maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi oshadi
Turmush darajasi va toʻlov qobiliyati yuqori boʻlgan (kam ta’minlangan oilalar soni kam) mahallalarda DXSh asosida nodavlat bolalar bogʻchalari tashkil etiladi.
Xalqaro moliya institutlari bilan ishlash boʻyicha Favqulodda shtab tashkil etilmoqda
2025 yilda 8 mlrd AQSh dollaridan ziyodroq xorijiy mablagʻlarni oʻzlashtirilishi rejalashtirilmoqda.
Qaysi oʻlchash vositalari qiyoslashdan oʻtkaziladi
Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati tasdiqlanmoqda. U 15 ta toifaga turkumlangan 289 ta banddan iborat.
Tadbirkorlar maktab oʻquvchilarining kasbiy ta’limiga jalb etiladi
2025/2026 oʻquv yilida Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida tajriba tariqasida ta’lim joriy etiladi.
Mikromoliya banklari instituti tashkil etiladi
Shunindek «UZ» domenida «bank» terminidan foydalanish cheklanadi
Fuqarolar yigʻini raislarining vakolat muddati besh yilgacha uzaytirildi
"Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida"gi va "Fuqarolar yigʻini raisi saylovi toʻgʻrisida"gi qonunlarga tegishli oʻzgartishlar kiritildi.
Chet el valyutasidagi toʻlovda qaysi kursni hisobga olish kerak
Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi bilan buxgalteriya hisobining uchta milliy standartiga - 4, 5 va 7-sonli standartlarga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


