Kapital qurilish ob’yektlarining Yagona klassifikatori joriy etilmoqda
Kapital qurilish ob’yektlariga yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning maqsadli vazifasiga zarar yetkazmasdan koʻchirib boʻlmaydigan binolar, inshootlar va tugallanmagan qurilish ob’yektlari kiradi.
Muayyan sub’yektlarga elektr energiyasi uchun alohida toʻlov tartibi belgilandi
Ular qatoriga oilaviy korxonalar, hunarmandlar, diniy tashkilotlar, yotoqxonalar, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar kiradi.
Prokurorning ayrim fuqarolik va iqtisodiy ishlardagi ishtiroki boʻyicha vakolatlari belgilandi
Endilikda prokuror oʻzi ishtirok etmagan ishlarni suddan talab qilib olishi mumkin.
"Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Endi oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga kiritiladi.
Turoperatorlar 25 mlrd soʻmgacha miqdorda maqsadli kreditlar oladilar
Ularni taqdim etish shartlari turoperator faoliyatini 1 yildan ortiq amalga oshirish va kamida 15% miqdorda oʻz mablagʻlarini jalb qilish imkoniyatidir.
Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini davlat qoʻllab-quvvatlaydi
Endi, "Hududgazta’minot" AJ va "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ issiqxona xoʻjaliklarini gaz bosimining pasayishi yoki elektr energiyasi uzilishining sabablari haqida kamida 24 soat oldin xabardor qilishi shart.
1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi
Pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boshlandi
Konsepsiya 2025 yil 1 martga qadar ishlab chiqilishi kerak.
Tibbiy va sogʻlomlashtirish turizmi qanday rivojlanadi
Xususan, “konsalting – diagnostika – davolash – turoperator – transport – tibbiy tarjimon” xizmatlarini birgalikda koʻrsatadigan tibbiy turizm klasterlari faoliyat boshlaydi.
Chang boʻronlariga qarshi kurashish boʻyicha Milliy dastur qabul qilindi
Uning vazifalaridan biri – 2028 yilgacha kuchli chang boʻronlarining yuzaga kelish sur’atini hozirgi holatga nisbatan 50 foizga qisqartirish.
Jamiyatda huquqiy madaniyat qanday oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2 yilga moʻljallangan tegishli dastur tasdiqlanmoqda
2025 yilda 1 mln nafar aholi kambagʻallikdan chiqariladi
2024 yil 1 dekabrdan Kambagʻal oilalar reyestri yuritiladi.
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 3,2 trln soʻm yoʻnaltiriladi
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Olib chiqilayotgan qimmatbaho metallar haqidagi ma’lumotlar maxsus tizimga kiritiladi.
Bojxona qoʻmitasi har oyda mazkur ma’lumotlarni Statistika agentligiga taqdim etib boradi.
Atamalar komissiyasi oldida qanday vazifalar turibdi
Ulardan biri - yangi ilmiy asoslangan soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish.
Ayrim normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiyaga muvofiqlashtirildi
Ularga ommaviy axborot vositalari faoliyati va insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritildi.
Otorinolaringologiya yoʻnalishi boʻyicha ilmiy laboratoriyalar tashkil etilmoqda
Ular Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Jismoniy shaxslarni tibbiyot muassasalariga hisobga qoʻyishda davlat xizmatini koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi
U Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga – koʻp tarmoqli markaziy, oilaviy poliklinikalarga, oilaviy shifokor punktlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ikkita soliq imtiyozi bekor boʻlmoqda
Kripto-aktivlar aylanmasi boʻyicha soliqlardan ozod qilish muddati belgilanmoqda.
Ta’lim krediti kimlarga beriladi
Hukumatning ayrim qarorlariga oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari hamda oʻquvchilariga ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi.
Ulgurji savdo korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini eng kam sotish narxi belgilanmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori qabul qilindi.
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Shuningdek, ommaviy tadbirlar oʻtkazish uchun Ruxsatnomaga ham qoʻshimchalar kiritildi.
Hakamlik sudlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish faqat DXM va YaIDXP orqali amalga oshiriladi
Xususiy notariuslarni hisob roʻyxatiga olish, NNTlarning chet el fuqarolari boʻlgan xodimlarini akkreditatsiya qilish va ularning ramzlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ham xuddi shu tartib belgilangan.
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida naslli urugʻchilik stansiyalari tashkil etildi
Ularning asosiy vazifalari – ipak qurtining yuqori sifatli elita urugʻlarini tayyorlab, urugʻchilik korxonalarini ular bilan ta’minlash.
Paxta xomashyosi yetishtiruvchilariga subsidiya toʻlanadi
Ular paxta yetishtiruvchilar tomonidan 2024 yil hosili paxta xomashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarini soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Tovar-xomashyo birjalari uchun yangi talablar belgilandi
2025 yil 1 iyulga qadar ularning ustav kapitali 200 mlrd soʻmga yetkazilishi lozim.
Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining asosiy vazifalari aniqlashtirildi
Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlari joriy etilishi munosabati bilan bir qator MHHga oʻzgartirishlar kiritildi.
Sogʻliqni saqlash: COVID-19ga qarshi shoshilinch choralarni koʻrish loyihasi amalga oshirilmoqda
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi mazkur loyiha uchun ajratilgan xorijiy qarzdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ deb belgilandi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


