Oilaviy bolalar bogʻchalari ishiga IT-texnologiyalar joriy etiladi
Jumladan, xodimlarning ishga kelib-ketishini hisobga olish hamda tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritish mobil ilova yordamida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali amalga oshiriladi.
«Oqila ayollar» harakati tashkil etiladi
Harakatning vazifalari jumlasiga ayollar, ayniqsa, yosh qizlarda oilaga va Vatanga sadoqat, fidoyilik, tashabbuskorlik tuygʻularini singdirish, «odobli qiz» va «ma’rifatli ona» qiyofasini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ham kiritildi.
OTB ichimlik suv ta’minoti uchun $161 mln ajratdi
Ushbu mablagʻlar Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyoʻl shaharlarida hamda Chinoz tumani markazida oʻzlashtiriladi.
Qonun bilan davlat xizmatchilarining maqomi, huquqlari va majburiyatlari belgilandi
Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi davlat organlarining vakolatlarini, korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish mexanizmlarini belgilovchi «Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi.
Tadbirkorlarni tekshirish roʻyxatiga yana bitta qoʻshimcha kiritildi
Tekshiruv koʻp kvartirali uylardagi joylarning oʻzboshimchalik bilan qayta qurilishi va (yoki) qayta rejalashtirilishi holatlarini aniqlashga qaratilgan.
Advokatlik faoliyati uchun litsenziya – YaIDXP orqali
Arizani «Litsenziya» AT orqali ham berish mumkin. Advokatlik faoliyati «Fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish» hamda «Ma’muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish» mutaxassisliklari boʻyicha litsenziyalanadi.
Moliyaviy nazorat inspeksiyasining vazifalari belgilandi
U byudjet normativlariga rioya qilinishini nazorat qiladi, byudjet tashkilotlari bilan birgalikda profilaktika ishlarini olib boradi, tizimda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralarni belgilaydi.
Gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi
Yil yakunida hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan koʻp qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi toʻliq joriy etilishi va billing tizimi ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
«Aliment toʻlovlari» jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
«Aliment toʻlovlari» davlat maqsadli jamgʻarmasi yuridik shaxsni tashkil etmagan holda Majburiy ijro byurosida tashkil etildi.
Boshqaruvchi kompaniyalar elektron reyestrga kiritiladi
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqaruvchi tashkilotlarni moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Senatning yigirma toʻqqizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi
Majlisda senatorlar uchta hujjatni rad etishdi.
Mustaqil OTMlarni mablagʻlar bilan qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash uchun moliyalashtirish tartibi belgilandi.
Oʻrta va oʻrta maxsus professional ta’lim muassasalarida sirtqi va kechki ta’lim olish imkoniyati yaratildi
Biroq, Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida bunday ta’lim shakllari joriy etilmaydi.
Investitsion loyihalarning loyihadan oldingi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Shuningdek, tender boʻyicha xarid hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish va davlat xaridlari boʻyicha texnik topshiriqlar, shartnomalar loyihalari, loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori belgilandi.
Prezident tadbirkorlar bilan muammolarni muhokama qiladi
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlikning borishi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Oʻzbekiston hududida xizmat safariga qanday yuborishadi
Xodimlarni xizmat safariga yuborishning yangi tartibini belgilaydigan Nizom tasdiqlandi.
Oʻzbekiston konsulligi orqali elektron raqamli imzoni olish mumkin
Xorijda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari endi elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini olish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishlari mumkin.
Mustaqillik kunini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi
Bayram doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy oʻzgarishlarni ta’sirchan usullarda ifoda etish amalga oshiriladi.
Yoʻl harakati xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Xususan, hududlarda yoʻl harakatini samarali tashkil etish holatini baholash va mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida respublikaning barcha tuman (shahar)lari boʻyicha “Xavfsiz yoʻl” indeksi joriy etiladi.
Taekvondo seksiyalari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlarini ushbu kurash turiga jalb qilish uchun respublikada "Taekvondo (WT) hamma uchun" dasturi ishlab chiqiladi.
"Tabarruk ziyorat" turizm konsepsiyasi ishlab chiqildi
Uning vazifalari orasida – Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan turizm sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, ziyorat va madaniy meros ob’yektlariga turlarni tashkil qilish va yangi sayohat marshrutlarini ishlab chiqish va boshqalar bor.
Sport kurashlarining olimpiya turlarini rivojlantirish dasturi qabul qilindi
Uning doirasida yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun, oʻsmirlar oʻrtasida «Uzbekistan-Grand Prix», kattalar oʻrtasida «New Uzbekistan» xalqaro sport musobaqalari va boshqalar oʻtkaziladi.
Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda xavfsizlik kuchaytiriladi
Temir yoʻl transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining buzilishi bilan bogʻliq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Mahallalarda yuridik shaxs maqomiga ega sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik mikromarkazlari tashkil etiladi
Mikromarkazlarni tashkil etgan shaxslar uchun yer soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar nazarda tutilgan.
“Tadbirkor virtual ofisi” portali tashkil qilinadi
Uning ishi tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, shuningdek tematik onlayn muhokamalar va soʻrovnomalar oʻtkazish yoʻli bilan ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni shakllantirishga qaratilgan.
Elektron tijorat ma’murchiligi takomillashtiriladi
Boshqalar qatorida xarid qilish tartib-taomillarining tugash vaqti faqat ish kunlari va ish soatlarida belgilanadi.
Har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tashkilotlar ichimlik suvini yetkazib berishi mumkin
Prezident tomonidan 22.07.2022 yildagi «Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-784-son Qonun imzolandi.
1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2022 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


