Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.12.15

Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish vaqt talabidir

«Soliq va byudjet siyosatining 2016 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokamasi yuzasidan Shuhrat ShARAFUTDINOV va Polyante SVEShNIKOV, Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolarining izohlari

04.12.15

Telekommunikatsiya operatorlari XUMSh bilan qanday oʻzaro hamkorlik qiladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi bilan Telekommunikatsiya operatorlari (provayderlari)ning xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

04.12.15

Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qilish kuchaytiriladi

Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan Yuk koʻtarish mashinalarini xavfsiz ishlatishni nazorat qiluvchi muhandis-texnik xodimlar uchun namunaviy yoʻriqnoma tasdiqlandi

04.12.15

Boysun tumanidagi sport maktabiga kurashchilarni qabul qilish qoidalari belgilandi

Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Sportning milliy kurash turiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga oʻquvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

03.12.15

Hindistonning Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish palatasi koʻmaklashishga tayyor

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hindistonlik hamkasblari tomonidan amaliy hamkorlikni rivojlantirish bobida qiziqish bildirilayotganligi haqida xabar berdi

03.12.15

Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi 2015 yil 3-4 dekabr kunlari davom etadi

Bugun soat 10.00 da majlislar zalida senatorlar elektron shaklda roʻyxatga olingandan keyin Parlamentning yuqori palatasi raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev toʻrtinchi yalpi majlisni ochiq deb e’lon qildi

03.12.15

Cargo yuk joʻnatmalarini internet orqali kuzatib borish mumkin

Bu haqda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi xabar berdi. Aviatashuvchining rasmiy saytida yangi interaktiv xizmatdan foydalanish mumkin

03.12.15

Startap nima degani va u nima uchun kerak?

Startapni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning boshlanishi”ni bildiradi

03.12.15

OʻzRTXB reklama chegirmalari uchun aksiya e’lon qiladi

Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi (OʻzRTXB) koʻrgazma-yarmarka savdolari ishtirokchilari uchun aksiya boshlanganligi haqida e’lon qildi

02.12.15

Bojxona bojlari va QQSdan ozod qilinadigan tovarlar roʻyxati kengaytirildi

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi.

02.12.15

Biogaz qurilmalarini quruvchilar uchun imtiyozlar belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 25.11.2015 yildagi 343-son Qarori bilan Respublikaning chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida biogaz qurilmalari qurishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi

02.12.15

Qurilayotgan ishlab chiqarishlarning texnik-iqtisodiy asoslanishini baholash agentligi tashkil qilindi

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2015 yildagi 332-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ishlab chiqarish quvvatlari loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini, texnika va texnologiyalarni ekspertizadan oʻtkazib baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

02.12.15

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi arafasida Shuhrat ShARAFUTDINOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zosining mulohazalari

02.12.15

Doʻkon ochamiz: oddiy narsalarda qanday qilib pand yemaslik haqida

“Manfaatlar manbaini” izlaganda doʻkon ochish tadbirkor nazarida foyda olishning eng maqbul usuli boʻlib koʻrinadi. Gʻoyaning bor jozibasiga qaramay, har qaysi doʻkon ham egasiga daromad keltiravermaydi

01.12.15

Vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni bartaraf etish boʻyicha 7 gʻoya

Uni nafaqat oddiy fuqarolar, balki yakka tartibdagi tadbirkorlar, uncha katta boʻlmagan ishlab chiqarish kompaniyalari, hatto yirik korporatsiyalar ham boshdan kechirishi mumkin. Achinarli haqiqat shuki, bundan hech kim kafolatlanmagan, dalda beradigani esa – ularni bartaraf etish mumkin

30.11.15

Parlamentning asosiy vazifalaridan biri – davlat byudjeti ijrosini nazorat qilish

Hukumatning Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining joriy yil 9 oyidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini Aliya Yunusova, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi a’zosi sharhlaydi

30.11.15

Oliy xoʻjalik sudi lizing va korporativ boshqaruvga doir qarorlar qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining 27 noyabr kuni oʻtkazilgan navbatdagi majlisida lizing va korporativ boshqaruv masalalari hamda shu sohalardagi xoʻjalik sudlarining vazifalari koʻrib chiqildi

27.11.15

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida abituriyentlar uchun elektron testlarga seriya raqamlari skretch-kartalarda ham tarqatila boshlandi

26.11.15

Xizmat safari xarajatlari uchun qancha mablagʻ beriladi?

Moliya vazirining buyrugʻi bilan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

26.11.15

Qonunlarimiz yuqori samara va unumdorlik bilan ishlashi kerak!

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi a’zosi Shuhrat ShARAFUTDINOVning Parlamentda oʻtkazilgan axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarining inventarizatsiyasi yuzasidan mulohazalari

25.11.15

Standartlashtirish sohasidagi bir qator hujjatlarning amal qilishi toʻxtaydi

Bu haqda “Oʻzstandart” agentligi vazirliklarga, idoralarga, xoʻjalik birlashmalari hamda tadbirkorlik sub’yektlariga eslatib oʻtadi

23.11.15

Oliy sudning yangi kitobi va veb-sayti

Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining «Jinoyat ishlari boʻyicha sud hujjatlari» kitobi hamda rasmiy veb-sayti taqdimoti boʻlib oʻtdi

23.11.15

Avtotransport vositalariga gaz ballonli uskunani oʻrnatish va undan foydalanish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasining 11.11.2015 yildagi 326-son Qarori bilan Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlari yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi

23.11.15

7 dekabr dushanba dam olish kuni boʻladi

Oʻzbekiston Prezidenti 2015 yil 20 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini (8 dekabr) nishonlash munosabati bilan dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisidagi Qarorni imzoladi

20.11.15

Parlament yuqori palatasining yalpi majlisi 2015 yil 3 dekabrda boʻlib oʻtadi

Poytaxtda 2015 yil 19 noyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining toʻrtinchi yalpi majlisini 2015 yilning 3 dekabr kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi

20.11.15

«Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusida ijodiy tanlov e’lon qilindi

Oʻzbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzusidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi

20.11.15

Kompaniyangiz kutubxonasi uchun yangi elektron kitoblar

«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyoti uchta elektron toʻplam – kerakli hujjatni oson topish imkonini beradigan qulay avtomatlashtirilgan qidiruv tizimiga ega axborot ma’lumot tizimlarini nashr qildi

20.11.15

Uyali aloqa operatori va mintaqa kodini aniqlash osonlashdi

Biz koʻpincha oʻz uyali aloqa, ish va uy telefonlarimiz raqamlari bilan oʻzaro almashamiz, biroq hammamiz ham uyali aloqa operatori hamda mintaqa prefiksi (kodi)ni aniqlash uchun oʻzimizni urintirmaymiz

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.