Xususiy klinika kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni rad etganligi uchun uning rahbari jazolanadi
Prezident 25.01.2018 yildagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Advokatlik tuzilmalari uchun YaIT kamaytiriladi
Advokatura tuzilmalari faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning mustaqilligini ta’minlash va soliq imtiyozlarini taqdim etish 2018 yil uchun Davlat dasturida oʻz aksini topgan
Xorijga chiqadiganlar xavfsizligi nazoratga olindi
Vazirlar Mahkamasining 23.01.2018 yildagi 42-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yoʻlovchi tashuvchi avtomobil transportida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etildi
Qanday soliq toʻlovchilar yirik soliq toʻlovchilar deb topiladi
QHTBT portalida Davlat soliq qoʻmitasining "Yuridik shaxslarni “yirik soliq toʻlovchilar" toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash hamda ular boʻyicha soliq ma’muriyatchiligi funksiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori loyihasi joylashtirilgan
YPX va PPX xodimlari videokameralar bilan ta’minlanadi
IIO xodimlari tomonidan sodir etiladigan poraxoʻrlik va boshqa suiiste’molliklarni oldini olish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar 2018 yil uchun Davlat dasturidan oʻrin olgan
Strategik xarid qiluvchilarga tender oʻtkazmaslikka ruxsat berildi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi PQ-3487-son «Xoʻjalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Yangi FPK 2018 yil 1 apreldan kuchga kiradi
Fuqarolik protsessual kodeksining yangi tahriri e’lon qilindi. U 22.01.2018 yildagi OʻRQ–460-son Qonun bilan tasdiqlangan
Foizlar boʻyicha kompensatsiya va kafillikni rasmiylashtirish mexanizmlari jadallashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 15.01.2018 yildagi 26-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Bankni roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji – 100 mln soʻm
Vazirlar Mahkamasining 17.01.2018 yildagi 31-son qarori bilan bankni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim hamda bank roʻyxatdan oʻtkazilganligi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori tasdiqlandi
Qachon «in bulk» farmmahsulotga QQS boʻyicha imtiyozlar va davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanadi
Prezidentning 23.01.2018 yildagi «Dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish hamda olib kirishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Yuqori texnologiyali loyihalar 5 yilga soliqlardan ozod etildi
Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi «2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi shakliga oʻzgartirishlar kiritildi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 2018 yil 17 yanvar) bilan Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Biznesda huquqbuzarliklar uchun jinoyat ishlarini qoʻzgʻatish - faqat prokurorning roziligi bilan
Bunday yangilik Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlangan Prezidentning 22.01.2018 yildagi Farmonida saqlanadi
Ish beruvchilarga propiskasiz shaxslarni ishga qabul qilganlik uchun jarima solish toʻxtatiladi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi Farmoni bilan vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi boʻyicha hisobda turmagan fuqarolarni ishga qabul qilishga boʻlgan taqiqni, shuningdek, ish beruvchining mazkur taqiqni buzganligi uchun javobgarligini bekor qilish nazarda tutilmoqda
Oʻzbekistonda uzunlik, massa, vaqt va boshqa oʻlchamlar qanday belgilanadi
Vazirlar Mahkamasining 10.01.2018 yildagi 21-son “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
EIZga investitsiya loyihasini qanday joylashtirish mumkin
Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan Erkin iqtisodiy zonalar hududida joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish va erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Shaxsiy ma’lumotlar qonun bilan himoya qilinadi
Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilingan loyihasida shaxsiy ma’lumotlarning huquqiy maqomini oʻrnatish va ularni himoyalash mexanizmini takomillashtirish koʻzda tutilgan edi
Monopolistlar mahsulotining birja savdosi: alohida xaridor va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻlganda
Prezidentning 17.01.2018 yildagi «Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori boʻlgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori bilan monopolist korxonalarning ayrim turdagi mahsulotlarini realizatsiya qilish tartibi aniqlashtirildi
Barcha YaTTlar savdosida hisobga olishning yangi tartibi
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (29.12.2017 yilda 2958-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
2018 yil uchun Davlat dasturi tasdiqlandi
Prezidentning 22.01.2018 yildagi “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” Farmoni qabul qilindi
Moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish 2 yilga kechiktirildi
Bu Prezidentning 22.01.2018 yildagi Farmonida nazarda tutilgan, unda 2018 yil uchun Davlat dasturi ham tasdiqlandi
Yirik davlat korxonalari rahbarlarining ilm-fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari paydo boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 24-son «Ilmiy-innovatsion ishlanma va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari uchun paxta yogʻiga qat’iy belgilangan narxlar joriy etiladi
Bu yogʻ-moy tarmogʻini jadal rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»da nazarda tutilgan (19.01.2018 yildagi PQ–3484-son qarorga ilova)
Ta’lim sohasida soatbay haq toʻlash oʻrtacha 15%ga oshirildi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2965, 2018 yil 18 yanvar) bilan yangi Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlashning miqdorlari tasdiqlandi
EIZda yer olish tartibi qanday oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 16.01.2018 yildagi 29-son qarori bilan Erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbekiston madaniy merosi ob’yektlari yagona elektron bazaga kiritiladi
Prezidentning 16.01.2018 yildagi F-5181-son «Moddiy madaniy va arxeologiya merosi ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish toʻgʻrisida»gi farmoyishi e’lon qilindi
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlish uchun – EKIHning 5%i
Vazirlar Mahkamasining 8.01.2018 yildagi 13-son qarori bilan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning Namunaviy qoidalari va Ayrim muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlish uchun haq undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Viktor Semeryuk: «bir.uz ni oʻyinchoq oʻrnida ishlatdim»
Bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimi yordamida testlash va sertifikatlashdan oʻtayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Biz tizimdan foydalanib ulgurganlardan oʻz tajribasi va taassurotlari bilan oʻrtoqlashishni soʻradik. Bizning suhbatdoshimiz – Viktor Vladimirovich Semeryuk
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


