Oʻzbekiston Xalqaro uzumchilik va vinochilik tashkilotiga a’zo boʻldi
Davlatimiz 2001 yil 3 aprelda Parijda tuzilgan xalqaro Bitimni ratifikatsiya qildi.
Hayvonlarni veterinariya boʻlimida hisobga olish qancha turadi
Hayvonlarning egalaridan identifikatsiya qilish xizmatlari va veterinariya pasportini rasmiylashtirish uchun undiriladigan toʻlovlar miqdori tasdiqlandi. U 2019 yil 27 noyabrdan joriy etiladi.
2020 yildan boshlab Davlat oʻrmon qoʻmitasida – yangi huquqlar va vakolatlar
Prezidentning 23.08.2019 yildagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4424-son qarori imzolandi.
Tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtganlar – ozodlikka
Prezident “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmonni imzoladi.
Tibbiy xizmat va tez tibbiy yordam haydovchilariga ish haqi oshirildi
Tashkilotlar haydovchilarining (yuk avtomobillari haydovchilaridan tashqari) mehnatga haq toʻlash boʻyicha Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarga tuzatishlar kiritildi.
Fargʻonada Koreya xalqaro universiteti ochiladi
Yangi nodavlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari, oʻqitish tillari Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019 yildagi 714-son qarorida nazarda tutilgan.
Mahalliylashtirish va kooperatsiya qanday rivojlantiriladi
Bu savolga javob Prezidentning 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-son qarorida beriladi.
Moliya vazirligi sport ob’yektlari bilan shugʻullanadi
Idoraga jismoniy tarbiya va sport ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash boʻyicha moliyalashtirish funksiyasi berildi
Bojxona huquqbuzarliklari uchun moliyaviy sanksiyalar Kodeksda belgilanadi
QHTBT portalida Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi e’lon qilindi. Muhokama 1 sentyabrga qadar davom etadi.
Fuqarolar – huquq-tartibot himoyasida
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.
Yaylovlardan qanday va qaysi maqsadlar uchun foydalaniladi
Yaylovlarda chorva mollarini oʻtlatishda eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini ta’minlash va yuritish tartibi tasdiqlandi.
Muddatli harbiy xizmatni oʻtaganlarda OTMga kirishda qanday imtiyozlar boʻladi
Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi tasdiqlandi.
Bojxona kodeksining yangi tahriri: barcha normalar bitta hujjatda
Yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasiga bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirishga, investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan NHH qoidalari kiritilgan.
Soliq kodeksida yangi imtiyozlar belgilanadi
Prezidentning 23.08.2019 yildagi «Nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi.
Samarqand davlat universiteti huzurida ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi
U aniq va tabiiy fanlar boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beradi. Hukumat 17 avgust kuni tegishli qarorni qabul qildi.
Yalpi majlis yakunlari: 26 ta masala, ulardan 16 tasi qonunlar
2019 yil 24 avgust kuni Toshkent shahrida Senatning yigirma birinchi yalpi majlisi oʻz ishini yakunladi.
Bojxona kodeksining yangi tahriri: tadbirkorlar uchun afzalliklar
Loyihani ishlab chiquvchilarning fikricha, Bojxona kodeksining yangi tahriri bojxona tizimining barqarorligini ta’minlaydi, tadbirkorlarga biznesni oʻrta muddatga rivojlantirishni puxta prognozlashtirishga imkon beradi.
Biznesni yopish qanchalik osonlashadi
1.01.2020 yildan tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini toʻxtatish, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotganlarni davlat reyestridan chiqarishning yangi tartibi kuchga kiradi
«Raqamli xoʻjalik» hosildorlikni 15-20%ga oshirishga yordam beradi
Bu fermerlarga ekinlar parvarishi va yerning holatini yaxshilash boʻyicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan mobil ilovadir.
Senatorlar 3 ta qonunni ma’qullab, 1 tasini rad etdilar
2019 yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni boʻlib oʻtdi.
Mehnat migrantlariga – kvartiralar, mikroqarzlar, kreditlarni toʻlashning soddalashtirilgan tartibi
Prezidentning 20.08.2019 yildagi PF-5785-son Farmoni bilan xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan.
Yangi Kodeksda nimalar bayon etilgan?
Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan, muhokama joriy yilning 1 sentyabriga qadar davom etadi.
Poytaxt maktablari modernizatsiya qilinadi
Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Energetika vazirligi – qoʻshimcha vazifalar va yangi departament
Prezidentning 22 avgustdagi qarori bilan Energetika vazirligining energiya samaradorligi va energiya tejovchi texnologiyalar sohasidagi maqomi belgilandi.
Davlat byudjeti energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtiradi
Tegishli qaror davlatimiz rahbari tomonidan 22 avgust kuni imzolandi
Hisoblagichlarning qiyoslashlararo intervali ikki baravar oshirildi
1 noyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatishning yangi tartibi kuchga kiradi.
Kitob sovgʻa qilamiz
knigi.uz internet-doʻkoni navbatdagi bayram aksiyasini e’lon qildi. Ikkita va undan ortiq kitobni yagona toʻlov kiritib olgan har bir xaridorga uchinchi kitob sovgʻa qilinadi.
Startap-kompaniya asoschisiga qanday koʻnikmalar zarur
ERGO Research & Advisory konsalting va tadqiqot kompaniyasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning startap kompaniyalari soʻrovnomasi oʻtkazildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


