Dorixonalar yil oxirigacha litsenziyani qayta rasmiylashtirishlari lozim
Prezident 17.07.2017 yildagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi
Iqtisodiyot vazirligi tadbirkorlar muammolarini hal qilish uchun takliflarni toʻplamoqda
Qator vazifalarni roʻyobga chiqarish, shuningdek mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish maqsadida Iqtisodiyot vazirligi tadbirkorlarni oʻz takliflarini maxsus shakl boʻyicha yuborishga chaqiradi
«Mehnat faxriysi» koʻkrak nishoni ta’sis etildi
Prezident 14.07.2017 yilda tegishli qarorni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar beriladi
Oʻzbekistonda soliq qonunchiligi buzilishining TOP-9 taligi
Davlat soliq qoʻmitasi matbuot-markazi iyul oyining birinchi haftasida soliq organlari tomonidan oʻtkazilgan nazorat chora-tadbirlari yakunlari boʻyicha aniqlangan huquqbuzarliklar roʻyxatini e’lon qildi
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilinadi
Tegishli qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama uchun taqdim qilingan
Davlat innovatsiyani barcha yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlaydi
QHTBT portalida “Ilmiy va innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi
Litsenziya bitimi tuzish toʻxtatiladi
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonunga tuzatishlar loyihasi ishlab chiqildi. U Savdo-sanoat palatasining forumida joylashtirilgan
Kelasi yili TIF TNning yangi versiyasi joriy qilinadi
QHTBT portalida Hukumatning tegishli qarorlari loyihalari joylashtirildi
Avtomobil raqami belgisi qanday tiklanadi?
Avtomobilning davlat raqami belgilarini yoʻqotish va shikastlash sabablari talay boʻlishi mumkin – YTHdan tortib, yovuz niyatlilarning harakatlarigacha. Ushbu maqola davlat raqamini tiklashning qonuniy tartibi xususida
1 sentyabrdan avto uchun davlat raqamini alohida haq evaziga tanlash mumkin boʻladi
Prezidentning 11.07.2017 yildagi PQ-3127-son “Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Mahalla faollari koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi
Prezidentning 13.07.2017 yildagi PQ-3132-son «Mahalla iftixori» koʻkrak nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
MTRK yangi asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha jihozlanadi
Prezidentning 27.06.2017 yildagi PQ-3098-son “Signal uzatishning raqamli formatiga oʻtish uchun Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasini zamonaviy multimediya uskunalari bilan qoʻshimcha jihozlash qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Auditorlar va buxgalterlar uchun tanlov e’lon qilindi
«Eng yaxshi auditor – 2017», «Eng yaxshi buxgalter – 2017» va «Eng yaxshi ichki auditor – 2017» respublika tanlovlarida ishtirok etish uchun tashqi, ichki auditorlar va buxgalterlar taklif qilinadi
Pasport olish, propiska va vizani rasmiylashtirish oson boʻladi
Prezidentning qabul qilingan 11.07.2017 yildagi PQ-3126-son qarori migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan
“Qarshi-Kitob” yoʻnalishi boʻyicha tezyurar poyezd qoʻyiladi
“Yoʻlovchi poyezdlar tezkor harakatini tashkil etgan holda “Qarshi-Kitob” temiryoʻl liniyasini elektrlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish tartibi Prezidentning 10.07.2017 yildagi PQ-3121-son qarorida aks etgan
KSZ ishtirokchilari imtiyozlarni qanday oladi
QHTBT portalida Toshkent shahridagi kichik sanoat zonalari ishtirokchi-tashkilotlari tomonidan imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi
«Samarkand City» turizm zonasi tashkil etilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 30.06.2017 yildagi 450-son “2017 — 2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Qishloq xoʻjaligi texnikasi bir chorak mobaynida lizingga yetkazib beriladi
Vazirlar Mahkamasining 3.07.2017 yildagi 454-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi
Mahalliy byudjet daromadlari qanday oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining e’lon qilingan 29.06.2017 yildagi 445-son qarorida mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish rezervlarini aniqlashning batafsil mexanizmlari mustahkamlangan
Tekshiruvchilar ishini kim muvofiqlashtiradi?
Prezidentning 4.07.2017 yildagi PF-5102-son farmoni bilan Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tarkibi yangilandi
Uzbekistan.travel turistik portali yangilandi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston haqidagi yangilangan turistik portal ishga tushirilganligini e’lon qildi
Koʻproq xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar imtiyozlar oladi
Prezidentning 23.06.2017 yildagi PF-5094-son farmoni bilan Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari roʻyxatiga qoʻshimcha kiritildi
Mehnat stajini elektron hisobga olishga ikki bosqichda oʻtiladi
Vazirlar Mahkamasining 4.07.2017 yildagi 462-son “Jismoniy shaxslar mehnat stajini elektron hisobga olishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi oʻzgardi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (roʻyxat raqami 2773-1, 2017 yil 28 iyun) bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Prezident huzurida Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya tashkil etildi
Prezidentning 10.07.2017 yildagi tegishli PQ-3119-son qarori davlat rahbari saytida joylashtirildi
Ichki iste’mol bozoridagi narxlar barqarorlashtiriladi
Prezidentning 23.06.2017 yildagi PQ-3082-son “Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari bilan ishonchli ta’minlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori imzolandi
Suvga quduqlarni burgʻulash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 27.06.2017 yildagi 430-son “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori e’lon qilindi
Qachon bosim ostida ishlayotgan uskunalar xavfsiz hisoblanadi
Vazirlar Mahkamasining 24.06.2017 yildagi 427-son “Bosim ostida ishlaydigan uskunalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


