Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
30.12.16

Jajji millioner yoki bolalarga moliyaviy savodxonlikni qachondan oʻrgatish kerak?

Farzandingizga nafaqat umumiy oʻrta ta’lim maktablarida beriladigan bilim asoslari, balki kunma-kun oʻrgatilib, odat tarziga kiritib borish zarur boʻlgan moliyaviy savodxonlik saboqlari ham juda asqatadi. Sa’y-harakatlaringiz mevasini esa koʻp kutib oʻtirmaysiz

30.12.16

Sud-huquq islohotlari - inson huquqlari va manfaatlari uchun!

28 dekabr kuni Oʻzbekiston milliy matbuot markazida Oliy sud tomonidan “Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash - sud-huquq islohotlarining asosidir” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

29.12.16

Barcha sud instansiyalari fuqarolar manfaatlarini himoya qiladi

Oliy sud va Oliy xoʻjalik sudi Plenumlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi

29.12.16

Yangi yil sovgʻasini tanlaymiz: rahbarlar, hamkasblar, yaqinlar uchun

Yangi yil — bolalar va kattalarning sevimli bayrami! Koʻpchilik bayram oldi yaqinlar, hamkasblar, rahbarlarga sovgʻa izlashga tushadi. Hammaning bir vaqtning oʻzida ham foydali, ham yoqimli va original sovgʻa bergisi keladi. Ushbu maqolada arzon, foydali va yoqimli sovgʻalarni tanlash boʻyicha tavsiyalar bilan tanishasiz

29.12.16

Pensiya uchun barvaqt murojaat eting

3.09.1993 yildagi OʻRQ-938-XII-son «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida»gi Qonunda pensiya tayinlanishini soʻrab murojaat etish muddatlari qisqartirildi

29.12.16

Soddalashtirilgan tartib tanlanganligi toʻgʻrisida bildirish zarur emas

Endilikda Soliq kodeksi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga faoliyat turini oʻzgartirganda qoʻshimcha bildirishsiz YaST toʻlashni davom ettirish imkonini beradi

29.12.16

«1UZ Buxgalteriya. Mini» - yosh tadbirkorlar uchun yangi yil tuhfasi

29 dekabr kuni «BePro Norma» MChJ tomonidan Savdo-sanoat palatasi va «Kamolot» YoIH axborot koʻmagida «1UZ Buxgalteriya. Mini» milliy dasturining bepul versiyasi taqdimoti oʻtkazildi. Bu Savdo-sanoat palatasi va «BePro Norma» kompaniyasi tomonidan yosh tadbirkorlarga tuhfa boʻldi.

29.12.16

Yigʻim qayta hisob-kitob qilinmaydi

SKga kiritilgan oʻzgartishlarga binoan yil mobaynida EKIH miqdori oʻzgargan taqdirda chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻimni qayta hisob-kitob qilish amaliyoti toʻxtatildi

29.12.16

Byudjet intizomini buzganlik uchun javobgarlik oʻzgardi

26.12.2016 yildagi OʻRQ–416-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 175-2-moddasi hamda Jinoyat kodeksining 184-1-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi va 27.12.2016 yilda kuchga kirdi

28.12.16

YaSTga oʻtganda hisobot berishga toʻgʻri keladi

Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan YaSTga oʻtganda soliq toʻlovchilarning ayrim soliqlar boʻyicha hisobot topshirish majburiyati koʻzda tutilgan

28.12.16

Joriy toʻlov summasini 10%dan koʻp pasaytirdingizmi –penya toʻlang

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi

28.12.16

Foizlarga xarajat yoʻqmi – soliq toʻlang

27.12.2016 yildagi OʻRQ-417-son «Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonuni bilan Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi

28.12.16

Firibgarlar jiddiy jazolanadi

26.12.2016 yildagi OʻRQ–416-son Qonun bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasiga firibgarlik uchun javobgarlik koʻzda tutilgan tuzatishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi va 27.12.2016 yilda kuchga kirdi

28.12.16

Nizolarni hal qilishning yangi usullari: mediatsiya

Koʻp asrlar davomida mediatsiya davlatlararo aloqalarda, oilalar, qoʻshnilar, siyosiy partiyalar, professional, diniy va boshqa jamoatchilik guruhlari oʻrtasida hamda parlamentda yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda muvaffaqiyatli qoʻllanilgan

28.12.16

Avtomobilni olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha berishadi

26.12.2016 yildagi OʻRQ–416-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga transport vositasini olib qochganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritildi. Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi va 27.12.2016 yilda kuchga kirdi

28.12.16

Mol-mulkni xatlashning sud tartibi zarurmi?

Jinoiy ish doirasida mol-mulkni xatlash dolzarb muammo hisoblanadi. Ushbu materialda tadbirkorlik sub’yektlari manfaatlari nuqtai nazaridan mulkning sud himoyasi choralari taklif qilinayotir

27.12.16

OXS Plenumi qurilish pudrati masalalariga bagʻishlandi

Oliy xoʻjalik sudi Plenumining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi, unda “Qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qaror loyihasi koʻrib chiqildi

27.12.16

Yosh millionerlar pullarini qanday boshqarishadi?

Pul dabdabali hayot kechirish, koʻp orzu-istaklarni amalga oshirish, qimmatbaho buyumlarni sotib olish, obroʻ-e’tiborni oshirishga yordam beradi. Qaysidir ma’noda insonni baxtiyor qilishga ham qodir. U qancha koʻp boʻlgani sayin kamdek tuyulaveradi...

27.12.16

Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilariga soliqlar boʻyicha imtiyozlar berildi

Prezidentning 21.12.2016 yildagi PQ–2687-son «2017 - 2019 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi

27.12.16

Qurilish industriyasiga investitsiyalar jalb etilmoqda

Prezidentning 28.09.2016 yildagi PQ–2615-son qarori bilan 2016-2020 yillarda qurilish industriyasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi qabul qilindi

27.12.16

179 nafar kishi Oʻzbekiston fuqarosiga aylandi

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga 179 nafar kishi qabul qilindi. 20.12.2016 yilda Prezidentning tegishli Farmoni imzolandi hamda “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi

27.12.16

Xorijiy valyutadan foydalanish muddati uzaytirildi

Prezidentning 20.12.2016 yildagi PF–4891-son Farmoni bilan Prezidentning 27.06.1995 yildagi PF–1193-son “Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining ichki erkin almashtirilishini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga oʻzgartirishlar kiritildi

26.12.16

Fasadni oʻzgartirishni YaIDXP orqali kelishish mumkin

Yangi xizmat onlayn rejimida bino va inshootning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni (fasadini ta’mirlashni) kelishish imkonini beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi ijrochi hisoblanadi

26.12.16

Pedagoglarni qanday baholashadi

Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori (roʻyxat raqami 2849, 2016 yil 21 dekabr) bilan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining attestatsiya natijalarini baholash mezonlari tasdiqlandi

26.12.16

Ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllari tasdiqlandi

Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2848, 2016 yil 20 dekabr) bilan Tijorat tashkilotlari ta’sis hujjatlarining namunaviy shakllari tasdiqlandi

26.12.16

Inkasso elektron koʻrinishda qoʻyilishi mumkin

Markaziy bank boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2155-2, 2016 yil 21 dekabr) bilan Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

26.12.16

Ma’muriy tartib-taomillar mexanizmi takomillashtirilmoqda

Adliya vazirligida “Ma’muriy tartib-taomillar mexanizmini takomillashtirish” mavzusida seminar tashkil qilindi. Ushbu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning bugungi kundagi yangi bosqichi haqida batafsil va toʻliq ma’lumot berildi

26.12.16

Milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar oʻtkazildi

16 dekabrdan 18 dekabrga qadar Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazida («Buxgalterlar va auditorlar imtixon markazi» MChJ) buxgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida imtihonlar boʻlib oʻtdi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.