Shaxsiy hayot chegaralari qayerda?
23.09.2016 yildagi OʻRQ-411-son Qonun bilan MJtK va JKga shaxsiy hayotga aralashganlik uchun javobgarlik kiritildi. Ushbu sharhda xususiy va ommaviy sohalar chegaralarini belgilash borasidagi masala xususida soʻz yuritamiz.
Ishonch bildirilsin – tekshirilmasin!
5.10.2016 yildagi Prezident Farmoni bilan tadbirkorlik faoliyati tekshiruvlarining ayrim turlari bekor qilinishi koʻzda tutilgan. Aynan qaysi tekshiruvlarning bekor qilinishi, qaysilari esa avvalgidek holatda saqlanib qolishi - bizning sharhimizda
Daraxtlarni kesishga ruxsatnomani onlayn tarzda olish mumkin
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi yangi interaktiv xizmat jismoniy va yuridik shaxslarga oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va buta ekinlarini kesishga ruxsat olish uchun elektron ariza yoʻllash imkonini beradi
Amnistiya toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan Oliy Majlis Senatining 12.10.2016 yildagi amnistiya toʻgʻrisidagi Qarori e’lon qilindi
Yodlangan tuz ishlab chiqaruvchilar mikronutriyentlarga sarf-xarajat qilishmaydi
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank boshqaruvining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2828, 2016 yil 3 oktyabr) bilan Yodlangan tuzni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi «Salomatlik-3» loyihasini amalga oshirish Markaziy byurosining maxsus hisob raqamida jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat axborot resurslarining barini roʻyxatga olish shart emas
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 1558-5, 2016 yil 6 oktyabr) Axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
Amnistiya akti qanday boʻladi?
Prezident vazifasini bajaruvchi Oliy Majlis Senatiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisidagi taqdimnomani kiritdi
Imtiyoz kerakmi — zamonaviy uskuna bilan jihozlang
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2016 yildagi PQ–2624-son Qarori bilan Prezident va Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oʻlchov va sinov vositalari mezonlari aniqlandi
Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2829, 2016 yil 3 oktyabr) Texnika vositalarini oʻlchov vositalari va sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari tasdiqlandi
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish – vaqt talabi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolari Qahramon ERGAShEV va Qutlimurot BABAShEVning yoqilgʻi-energetika va sanoat sohasi tarmoqlarida energiya samaradorligi va tejamkorligi boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga bagʻishlangan seminar yuzasidan mulohazalari
Usta-murabbiylar uchun ish hajmlari belgilandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligining qoʻshma qarori (roʻyxat raqami 2830, 2016 yil 5 oktyabr) bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun namunaviy yillik ish rejasi tasdiqlandi
Tinimsiz ishlash nega unumdorlikni pasaytiradi?
Uzzu-kun tinmay mehnat qilish bir qarashda kasb-korda yangi marralarga erishish, mavqe va lavozim oshishining garovidek tuyuladi. Ammo oʻz vaqtida hordiq chiqarmaslik salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak. Ushbu materialda tinim bilmay mehnat qilish va surunkali charchoq haqida soʻz yuritiladi
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi 2016 yil 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi
2016 yil 10 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yettinchi yalpi majlisini joriy yilning 12-13 oktyabr kunlari chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi
Diqqat! «Kuzgi maxsus narxlar» aksiyasi!
Norma dasturiy mahsulotlariga 20%gacha chegirma!!! Aksiyaning oʻtkazilish vaqti 2016 yilning 10 oktyabridan 31 oktyabriga qadar
Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin?
Hozirgi kunda mualliflik huquqlarining buzilishi mavzusi dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Birinchidan, bu yangi narsa yaratish uchun sarf-xarajat qilmasdan foyda yoki hatto qoʻshimcha foyda olishning oson yoʻlidir. Ikkinchidan, zamonaviy texnologiyalar ma’lumotlarni koʻpaytirish va tarqatish jarayonini oʻta oson va arzon ishga aylantirib qoʻydi
Biznes-ombudsman: Oʻzbekiston va xorijiy davlatlar amaliyoti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OʻzLiDep fraksiyasi a’zosi Polyante Sveshnikov oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi
SSP tadbirkorlarning soliqlar boʻyicha odatiy xatolarini ma’lum qildi
Ushbu sharhda soliq tekshirishlari yakunlariga koʻra Savdo-sanoat palatasi tomonidan tahlil qilingan tadbirkorlarning soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashdagi asosiy xatolari toʻgʻrisida
Tadbirkorlarni rejadan tashqari va muqobil tekshirishlar bekor qilinadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son Farmoni e’lon qilindi
Sergelida 500 ta koʻp qavatli uylar va zamonaviy metro quriladi
Poytaxtimizning Sergeli tumanida amalga oshirilayotgan ishlar haqida jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda tuman hokimi Furqat Maqsudxoʻjayev soʻzlab berdi
Tadbirkorlarning biznes uchrashuvi
Yaponiya delegatsiyasining yurtimizga tashrifi doirasida ikki mamlakatning ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida Toshkent shahar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha kooperatsion birja tashkil etildi
Shifokor qanday dotsent boʻlishi mumkin
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori (roʻyxat raqami 2793-1, 2016 yil 27 sentyabr) bilan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Parlament nazorati davlat byudjetining ijrosi mukammalligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi
2016 yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga bagʻishlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi
Avtobus uchun oylik yoʻl chiptalari narxi oʻzgardi
Vazirlar Mahkamasining 29.09.2016 yildagi 330-son Qaroriga koʻra oylik yoʻl chiptalari bahosini aniqlash qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi hamda chiptalarning yangi turlari muomalaga kirdi
Saylovga bagʻishlangan brifing: tayyorgarlik avjida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug saylov komissiyasi tomonidan mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing oʻtkazildi
Mol-mulk va yer soligʻi toʻlash muddatlari yaqinlashmoqda
15 oktyabrgacha jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soligʻini toʻlashlari lozim. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi eslatib oʻtdi
Oʻqituvchi va murabbiylar uchun mukofotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida ta’lim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhi mukofotlandi
Oʻzbekistonning 11 ta banki MDHning eng yaxshi banklar 200 taligida
«RIA Reyting» agentligi MDH davlatlari bank sektorining tadqiqotini e’lon qildi. Uning natijasiga koʻra, ushbu hududdagi eng yirik banklar 200 taligi roʻyhati – «RIA Reyting. MDH banklari-200» tuzildi. Mamlakatimizning 11 ta banki mazkur roʻyhatdan oʻrin olgan
Metro uchun oylik yoʻl chiptalari qayta joriy etildi
«Toshshahartransxizmat» AJning xabar berishicha, 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab yer osti transportida yurish uchun yoʻl chiptalari joriy etiladi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


