Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
18.03.16

Noshirni qoʻllab-quvvatlab, toʻsqinliklarni bartaraf etish kerak

2016 yil 11 mart kuni Parlament quyi palatasida oʻtkazilgan Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasining kengaytirilgan majlisi shu masalaga bagʻishlandi

18.03.16

Buxgalteriya hisobining milliy standartlari elektron kitob shaklida nashr qilindi

«Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari toʻplami» zarur xujjatni osongina topishga imkon beruvchi qulay va tezkor avtomatlashtirilgan qidiruvli axborot ma’lumotnoma tizimdir

18.03.16

Naqd valyuta ustidan nazorat qilish soliqchilarga ishonib topshiriladi

Davlat portalida “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonun va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihalari muhokama qilinmoqda

17.03.16

Davlat dasturiga huquqiy-me’yoriy koʻmak

Shu hafta boshida Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Tohir Saidboboyev boshchiligida “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining qonunchilik asoslari” mavzusida brifing oʻtkazildi

17.03.16

Tabiiy gaz uchun narxlar oʻzgardi

“Oʻztransgaz” AK Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun tariflarni e’lon qildi

17.03.16

Elektr energiyasi uchun yangi tariflar joriy qilindi

Yoqilgʻi energetika resurslari narxlarining oshishi munosabati bilan «Oʻzbekenergo» AJ 2016 yil 1 apreldan e’tiboran 1 kVt•s elektr energiyasi uchun narxlarning oshishi haqida ma’lum qiladi

17.03.16

Mehnat vazirligi boshqa joylardan kelganlarning ishga joylashish qoidalari yuzasidan tushuntirish berdi

Avval xabar berilganidek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga ishga joylashish maqsadida kelayotgan fuqarolarga vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi

16.03.16

Deklaratsiyalar qabul qilish uchun soliqchilar ish vaqtlarini uzaytirishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi fuqarolarga ma’lum qiladiki, 2016 yil 1 aprelgacha Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalari dam olish kunlarisiz ishlaydi

16.03.16

Parlament nazoratining samaradorligi oshiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni koʻrib chiqiladi

16.03.16

Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari yoqilgʻi ishlatganlik uchun soliqni qanday toʻlaydi

Vositachilik shartnomalari boʻyicha import qilinadigan xom ashyoni qayta ishlash asosida ishlab chiqarilgan benzin va dizel yoqilgʻisi hajmi boʻyicha transport vositalariga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom qabul qilindi

16.03.16

“Suvsoz” DUK sovuq suv uchun yangi tariflarni ma’lum qildi

2016 yil birinchi apreldan boshlab sovuq suv uchun Toshkent shahri boʻyicha yangi tariflar joriy qilinadi

16.03.16

“Toshissiqquvvati” narxlar oshirilishi toʻgʻrisida e’lon qildi

Poytaxt kommunal xizmatlari ichida birinchi boʻlib “Toshissiqquvvati” Ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi xizmatlar uchun narxlarning oshirilishi toʻgʻrisida e’lon qildi. Yangi tariflar 1 apreldan boshlab kuchga kiradi

15.03.16

Sertifikatga ega auditorlar roʻyxati yangilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega auditorlarning yangilangan roʻyxatini e’lon qildi

15.03.16

Pensiyadan chegirma qilinishi ustidan shikoyat berish mumkin

Amaliyotda xato natijasida pensiyadan ortiqcha chegirma qilish hollari uchrab turadi. Bizning materialimiz pensionerlar huquqlarini himoya qilish usullariga bagʻishlangan

15.03.16

Xalq bankida chaqiriluvchilar uchun omonat hisobvaraqlari ochiladi

Mudofaa vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining qoʻshma qarori bilan Mudofaa vazirligi muddatli harbiy xizmatchilari pul ta’minotining bir qismini aksiyadorlik tijorat Xalq bankida ochilgan omonat hisobvaraqlariga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

14.03.16

Avtomobil yoʻllarini qurish va ta’mirlash tashkilotlari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2016 yildagi 52-son Qarori bilan umumiy foydalaniladigan avtomobil yoʻllarini va sun’iy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash boʻyicha pudrat faoliyatini yuritish uchun MChJ shaklida pudrat qurilish tashkilotlari tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi

14.03.16

Pensionerlar oʻz hisoblanmalari toʻgʻrisida SMS vositasida bilib oladilar

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi taklifiga koʻra pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oluvchi fuqarolar uchun ularni SMS-xabarlar vositasida hisoblanmalar toʻgʻrisida xabardor qilish xizmati joriy qilinmoqda

11.03.16

Mamlakatimiz parlamenti yuqori palatasining beshinchi yalpi majlisi shu yil 31 martda boʻlib oʻtadi

Toshkent shahrida 2016 yil 9 mart kuni Senat Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligida oʻtkazilgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisini joriy yilning 31 mart kuni chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul qilindi

11.03.16

Davlat statistika qoʻmitasi korrupsiyaga qarshi soʻrov oʻtkazadi

Davlat statistika qoʻmitasi oʻz organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish uchun soʻrov oʻtkazadi

11.03.16

Xavfli yuk qanday tashiladi

Vazirlar Mahkamasining 27.02.2016 yildagi 56-son qarori bilan Oʻzbekistonda avtomobil transportida xavfli yuklarni tashish qoidalari takomillashtirilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

11.03.16

Noqonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish oʻzingiz uchun qimmatga tushadi

20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini tugallaymiz

10.03.16

Undiruv qaratilmaydigan hisobvaraqlar roʻyxati kengaytirildi

Markaziy bank Boshqaruvi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qoʻshma qarori bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha kiritildi

10.03.16

Endi PAYNET orqali blokli testlar toʻplamini xarid qilish imkoniyati

2016 yil mart oyidan boshlab PAYNET toʻlov tizimi orqali tarkibida abituriyentlar uchun elektron testlar mavjud koʻproq dasturlarni xarid qilish mumkin. Endilikda bu yerda nafaqat toʻliq versiyalar uchun, balki blokli toʻplamlar uchun ham seriya raqamlarini sotib olish mumkin

10.03.16

Poytaxtda hisobda turish uchun ijara shartnomasi zarur

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

09.03.16

Oʻzbekiston fuqaroligini yoʻqotish uchun asoslarga tuzatishlar kiritildi

Prezidentning 17.02.2016 yildagi PF-4779-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Prezidentning 20.11.1992 yildagi PF-500-son Farmoni bilan tasdiqlangan) oʻzgartish kiritildi

09.03.16

NHHlar loyihalarini tayyorlash tartibi oʻzgartirildi

Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 22.02.2016 yilda 2352-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan «Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida uslubiy koʻrsatmalar»ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

09.03.16

Kichik biznes XSYaKBDda shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim toʻlashdan ozod qilindi

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2016 yildagi 47-son Qarori bilan "Oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni yetkazib berishga shartnomalarni Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Direksiyasida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi

09.03.16

Boshqa joylardan kelganlarga vaqtinchalik bir martalik ish uchun guvohnoma beriladi

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2016 yildagi 54-son qarori bilan pasport-viza rejimiga rioya qilish tartibi mustahkamlanganligi va uy-joy fondidan foydalanish tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.