Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
MHXS: 2026 yil 21 noyabrdan nimalar oʻzgardi Qonun loyihasi: 2027 yildan boshlab tijorat ijarasi qoidalari qanday oʻzgarishi mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.04.24

17 ta turdagi xulosalar davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali beriladi

Ularning orasida - gaz va neft quvurlarini qurishda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi va boshqa xulosalar bor.

09.04.24

Ichki ishlar organlariga olib kelingan shaxslarni alkotesterda tekshirishadi

Tekshiruv natijalaridan norozi boʻlgan shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

09.04.24

Yoshlarga yer maydonlari qanday ajratiladi

Yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

08.04.24

Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻi kengaytirilmoqda

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi.

08.04.24

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha Respublika komissiyasi tuzildi.

Uning vazifasi eksportga moʻljallangan mahsulotlarni yetishtirish va xarid qilishdan tortib, eksport shartnomalarini tuzish va ushbu mahsulotlarni yetkazib berishgacha boʻlgan barcha bosqichlarda yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etishdan iborat.

05.04.24

Ijodkor yoshlar yangi fanlarga oʻqitiladi

Xususan, oʻquvchilarning sun’iy intellekt va robototexnika yoʻnalishiga qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularning yaratuvchanlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida “Texnologiya” fani doirasida robototexnika asoslari oʻrgatiladi.

05.04.24

Kam ta’minlangan fuqarolarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi

«20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis» dasturiga kiritilgan tadbirkorlik sub’yektlari 200 dan ziyod ish oʻrinlarini yaratishsa, mol-mulk va yer soligʻidan ozod qilinadi.

04.04.24

Biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalari kengaytiriladi

Undan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchilari foydalanishlari mumkin.

03.04.24

Davlat ijtimoiy buyurtmalari haqidagi e’lonlar davlat xaridlari portalida joylashtiriladi

Bitta davlat ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun BHMning 6000 baravarigacha boʻlgan miqdorda mablagʻlar ajratilishi mumkin.

03.04.24

“Mening bogʻim” loyihasi qanday moliyalashtiriladi

“Yashil bogʻ” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun 250 mln soʻmgacha miqdorda mablagʻ ajratiladi.

02.04.24

Transportni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov stavkalari yangilanmoqda

Endilikda roʻyxatdan oʻtkazish uchun BHMning deyarli 7 baravari toʻlanadi (ilgari BHMning 10 %).

02.04.24

Qishloq joylari qanday rivojlantiriladi

Loyihaning umumiy qiymati 293,5 mln AQSh dollariga teng, shundan Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 33,5 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

02.04.24

Tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona reyestriga qoʻshimcha ma’lumotlar kiritiladi

Jumladan, reyestr kreditorlar uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha ma’lumotlar bilan toʻldiriladi.

01.04.24

Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tartibi takomillashtirilmoqda

Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida Oʻzbekistonda mavjud ta’lim turlari YuNESKOning “Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi” darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

29.03.24

Oʻrmon landshaftlarini tiklashga 205,45 mln AQSh dollari ajratiladi

Loyiha Progreen trast jamgʻarmasi hamda Koreya Respublikasining KWPF jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi. Oʻzbekistonning ulushi - 52,45 million AQSh dollarini tashkil etadi.

29.03.24

Savdodagi texnik toʻsiqlar boʻyicha axborot markazi tashkil etilmoqda

Markaz JST a’zo davlatlarning tegishli markazlari bilan ma’lumot almashuvini ta’minlaydi.

28.03.24

Jamoat transportini boshqarishning yagona intellektual tizimi joriy etiladi

Shuningdek jamoat transportida yoʻlkira haqini toʻlashda elektron toʻlov tizimidan foydalanishni ragʻbatlantiruvchi tariflar joriy etiladi.

28.03.24

Yoʻl boʻyidagi maktablar oldida fotoradarlar oʻrnatiladi

Maxsus vositalar shuningdek kamida 4 tasmali yoʻllardagi piyodalar oʻtish joylarida hamda YTH oʻchoqlarida oʻrnatiladi.

28.03.24

Davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini qanday sotib olish mumkin

Maydoni 2 000 metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini jismoniy shaxslarning onlayn-buyurtmanomasiga asosan xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

27.03.24

Soliqchilar kameral soliq tekshiruvida kontragentlaringizdan hujjat va ma’lumotlarni soʻrashga haqlimi

Vazirlar Mahkamasining 13.03.2024 yildagi 132-sonli Qarori bilan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi. Oʻzgarishlarni buxgalter.uz oʻquvchilari uchun soliq eksperti Aziz Hoshimov izohlaydi.

27.03.24

"Yangi avlod" maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi

"Yangi avlod" MSZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin.

27.03.24

1 apreldan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2024 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

26.03.24

Mayning-pul faoliyati uchun qoidalar tasdiqlandi

Xususan, mayning-pul faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilanmoqda va taqiqlangan operatsiyalar roʻyxati keltirilmoqda.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.