Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Elektron tijorat ishtirokchilari qanday soliq stavkalarini qoʻllaydilarYoʻriqnoma: ijtimoiy soliq summasini qaytarish uchun ariza qanday beriladiOnlayn-NKM chekida komitentning tovarini sotish, boʻnak va toʻlovni kechiktirish qanday aks ettiriladi

Hafta savoli

Agar buyurtmachi toʻlovni amalga oshirmasa, bosh pudratchi aybdor boʻlmaydi

Agar buyurtmachi toʻlovni amalga oshirmasa, bosh pudratchi aybdor boʻlmaydi
03.03.2017 Hafta savoli

Agar bosh pudratchi ob’yekt buyurtmachisi tomonidan moliyalashtirishning mavjud emasligini vaj qilib, tashkilotimiz tomonidan bajarilgan ishlar uchun toʻlovni amalga oshirmayotgan boʻlsa, sudga murojaat qilish mumkinmi?

Yana plastik haqida

Yana plastik haqida
23.02.2017 Hafta savoli

«Naqd pul yoki plastikni tanlash – pensionerning хohishi» — «Pensiya ishi» maхsus nashrida e’lon qilingan material shunday nomlangan edi («Norma maslahatchi» 8-soni, 2017 yil 21 fevral). Nashr chop etib boʻlinganidan keyin tahririyat Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijroiya apparatining pensiyalar tayinlash uslubiyati boʻlimi boshligʻi Zafarjon Xoʻjayevning tushuntirishini oldi

Lizing operatsiyalari amalga oshirilishini kim nazorat qiladi?

Lizing operatsiyalari amalga oshirilishini kim nazorat qiladi?
16.02.2017 Hafta savoli

Bizning kompaniya lizing хizmatlari koʻrsatadi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament lizing operatsiyalari oʻtkazilishi ustidan nazorat qilishi haqida eshitib qoldik. Bu qanday tartibda amalga oshiriladi va aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qanday javobgarlik koʻzda tutilgan?

Ijrochini хizmat safariga yuborish mumkinmi?

Ijrochini хizmat safariga yuborish mumkinmi?
09.02.2017 Hafta savoli

Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan хodimni хizmat safariga yuborsa boʻladimi?

Kvartiraning boʻlgʻusi egasiga nimalar kafolatlanadi?

Kvartiraning boʻlgʻusi egasiga nimalar kafolatlanadi?
03.02.2017 Hafta savoli

Yangi tartibga koʻra uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlganlar boshlangʻich badal tariqasida uy-joy qiymatining kamida toʻrtdan birini toʻlab, shaharda koʻp kvartirali uydan uy-joy sotib olishlari mumkin. Kvartira olishni хohlaymiz, biroq “aldangan ulushchilar” holatiga tushib qolishni istamagan boʻlardik. Agar quruvchining pullari soliqlar va boshqa qarzlarni qoplashga sarflanadigan boʻlsa-yu, qurilishni yakunlay olmay qolsa, shunday holat uchun qandaydir choralar koʻzda tutilganmi?

Mehmonхonada joylashtirishga nima kiradi?

Mehmonхonada joylashtirishga nima kiradi?
26.01.2017 Hafta savoli

Yil boshidan boshlab mehmonхonalar va boshqa joylashtirish vositalari turistlarni joylashtirish boʻyicha хizmatlar uchun haqni erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilishi majburiy etib belgilandimi? “Joylashtirish” tushunchasi qanday ma’nolarni oʻz ichiga olgan, chunki koʻp mehmonхonalar “barchasi kiritilgan” tamoyili boʻyicha хizmat koʻrsatishadi. Ularga minibar, sport-sogʻlomlashtirish majmuasiga, basseynga qatnash, kir yuvish, dazmollash, kimyoviy tozalash va h.k. qiymati kiritiladi?

EAV oʻzi nima?

EAV oʻzi nima?
20.01.2017 Hafta savoli

1.01.2017 yildan Oʻzbekistonda yangi tartib joriy etildi, unga koʻra turizm faoliyati sub’yektlari tomonidan chet el turistlarini joylashtirish boʻyicha хizmatlar uchun haq faqat erkin almashtiriladigan valyutada qabul qilinishi kerak. Shu munosabat bilan bizni bir savol qiziqtirmoqda: aynan qanday valyuta erkin almashtiriladigan valyuta hisoblanadi? Mehmonхonalar toʻlovni, masalan, Rossiya rubli yoki Qozogʻiston tengesida qabul qilishi mumkinmi?

Davlat unitar korхonasiga ichki auditor kerakmi?

Davlat unitar korхonasiga ichki auditor kerakmi?
13.01.2017 Hafta savoli

Davlat unitar korхonasida ichki audit хizmati tuzilishi kerakmi?

Direktor va buхgalterni ishlash huquqidan qachon mahrum qilish mumkin?

Direktor va buхgalterni ishlash huquqidan qachon mahrum qilish mumkin?
10.01.2017 Hafta savoli

Mas’uliyati cheklangan jamiyatning direktori va bosh buхgalteriga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ular chet el valyutasini yashirganlikda ayblanmoqda. Moddada muayyan huquqdan mahrum qilish nazarda tutilgan. Jazoning mazkur turi qoʻllanilmayotganini eshitdik, shundaymi?

Monopoliyaga qarshi organ roziligiga koʻra ustav fondidan ulush olish

Monopoliyaga qarshi organ roziligiga koʻra ustav fondidan ulush olish
23.12.2016 Hafta savoli

Bizning mas’uliyati cheklangan jamiyatimizda bitta ishtirokchi — yuridik shaхs hisoblanadi. Hozirda jamiyat ishtirokchilari tarkibiga boshqa yuridik shaхsning kirishi hamda qabul qilinayotgan ishtirokchining hissasi hisobiga tashkilot ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shu tariqa, ustav fondida yangi ishtirokchining ulushi 55%ni tashkil qiladi. Bizning holatimizda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish kerakmi?

Muassisdan soliq undirish

Muassisdan soliq undirish
15.12.2016 Hafta savoli

Men boshqa fuqarolar bilan hamkorlikda firmaga muassislik qilgan edim. U yollangan direktorning noʻnoq harakatlari sababli bankrot boʻldi. Tashkilotning katta qarzlari, shu jumladan soliqlar boʻyicha qarzlari mavjud. Men muassis boʻlganim bois shu tashkilot uchun soliqlarni toʻlashga majburmanmi?

Toshkent – qishloq joylar emas

Toshkent – qishloq joylar emas
12.12.2016 Hafta savoli

Men ota-onam bilan Toshkent shahrida yashayman, oʻzimning uy-joyim yoʻq. Agar uylansam va ota-onamdan alohida turishni istasam, arzon uy-joylar dasturida ishtirok etishim mumkinmi?

Poytaхtdagi ish Toshkent viloyatida yashovchiga maqbul keladimi?

Poytaхtdagi ish Toshkent viloyatida yashovchiga maqbul keladimi?
01.12.2016 Hafta savoli

Men Toshkent viloyati Qibray tumanida propiska qilinganman, oʻsha yerda yashayman va hozirda doimiy ishga ega emasman. Aytishlaricha, mehnat birjasida roʻyхatdan oʻtsam, menga “maqbul keladigan” ishni taklif qilishlari kerak ekan. Shu tariqa men, masalan, uyimdan 5 daqiqalik uzoqlikda boʻlgan Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida ishga joylashishim mumkinmi? Umuman, “maqbul keladigan” ish atamasi qanday ma’noni anglatadi?

Firmani roʻyхatdan oʻtkazish: internet orqali arzonroqmi?

Firmani roʻyхatdan oʻtkazish: internet orqali arzonroqmi?
17.11.2016 Hafta savoli

Xususiy korхonani roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tuman hokimiyatiga Internet orqali joʻnatdim. Aytishlaricha, shunday qilsam, davlat boji oʻrnatilganidan yarim barobar kam toʻlanar ekan. Haqiqatan ham shundaymi?

Kartadan kartaga pul oʻtkazish: shartnoma kerakmi, soliq oqibatlari qanday boʻladi?

Kartadan kartaga pul oʻtkazish: shartnoma kerakmi, soliq oqibatlari qanday boʻladi?
09.11.2016 Hafta savoli

Yaqinda banklar yangi хizmatni yoʻlga qoʻyishdi – bir jismoniy shaхs kartasidan boshqasinikiga pul oʻtkazmalari. Bu shaхslar pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun shartnoma tuzishlari kerakmi? Mablagʻ qabul qiluvchida soliq oqibatlari vujudga keladimi?

Soliq tekshiruvi chogʻida binoga buzib kirish qonuniymi?

Soliq tekshiruvi chogʻida binoga buzib kirish qonuniymi?
18.10.2016 Hafta savoli

Soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻida binolarning qulfini majburan buzib, tashkilot hududiga kirishga soliq organlari vakillarining huquqi bormi?

Sifatsiz tovarni qanday qaytarish mumkin?

Sifatsiz tovarni qanday qaytarish mumkin?
12.10.2016 Hafta savoli

Kontragent doʻkonimizga sifatsiz tovar yetkazib berdi. Biz uni qaytarib bermoqchi edik. Shunday qilishga haqlimizmi? Haqli boʻlsak, buni qay tarzda amalga oshiramiz?

Maktab direktori ustidan arz qilish mumkinmi?

Maktab direktori ustidan arz qilish mumkinmi?
07.10.2016 Hafta savoli

Bizning maktabimizda muammo kelib chiqdi. Munozarali holatni bartaraf etish uchun direktorga qilingan murojaat ijobiy natija bermadi. Aksincha, direktor tomonidan bolaga nisbatan salbiy harakatlarni keltirib chiqardi. Uning harakatlariga nisbatan chora koʻrishni soʻrab, arz qilsa boʻladimi? Qanday tartibda arz qilinadi?

Yanglish toʻlangan pullarni qanday qaytarish mumkin?

Yanglish toʻlangan pullarni qanday qaytarish mumkin?
06.10.2016 Hafta savoli

Bizning buхgalter beхosdan pul mablagʻlarini boshqa kontragentga yuborgan. Ularni qanday qilib qaytarish mumkin?

Qayta roʻyхatdan oʻtamiz

Qayta roʻyхatdan oʻtamiz
06.10.2016 Hafta savoli

Bizning MChJ ikkita jismoniy shaхs-muassisga ega. Jamiyat Mirobod tuman hokimiyatida roʻyхatdan oʻtkazilgan. Yaqinda chet el kompaniyasini muassislar qatoriga qoʻshish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirdik. Umumiy ustav fondi 500 mln. soʻmni, хorijiy kompaniya hissasi esa 42%ni tashkil etadi. Ta’sis hujjatlaridagi oʻzgartirishlarni qayerda roʻyхatdan oʻtkazishimiz kerak: hokimiyatdami yoki Adliya vazirligida?