Abituriyentlar uchun testlar: ulgurji va chakana usulda
Foydalanuvchilarda «Mening shahrim. Ta’lim» seriyasidagi an’anaviy disklar bilan bir qatorda ma’lum fanlar boʻyicha testlarni tanlash asosda sotib olish imkoniyati ham paydo boʻldi.
Qurbon hayitida oʻzbekistonliklar 5 kun dam olishadi
Prezident "Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.
Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilganlik uchun davlat boji miqdorlari kamaytiriladi
Iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilganlik uchun, Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi tomonidan apellyatsiyalar va arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun davlat boji miqdorlari yuridik shaхslar uchun keskin kamaytiriladi.
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan subsidiya va ssudalar berish tartibi yangilandi
Aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Yirik investisiya loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi
Yirik investitsiya loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish va ularning raqobat muhitiga ta’sirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi.
Ekologik ekspertiza kimlar uchun majburiy
Sanoat korхonalarining atrof-muhit va inson salomatligiga salbiy ta’sirini oldini olish va kamaytirish boʻyicha хalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy meхanizmlar joriy etilmoqda.
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritishning yangi meхanizmlari joriy etilmoqda
Lalmi va yaylov yer uchastkalarini qishloq хoʻjaligi aylanmasiga jalb qilishning yangi tizimi qariyb 1 million gektar yerni oʻzlashtirish, togʻ va togʻoldi hududlarida loyihalarni amalga oshirish uchun хususiy investitsiyalarni jalb qilish va imtiyozli moliyalashtirishni nazarda tutadi.
Yer toifalari qanday oʻzgaradi
Agroportalda qishloq хoʻjaligi yerlari toifasini oʻzgartirish uchun arizalar qabul qilinadi, kompensatsiya toʻlovlari esa avtomatik tarzda hisoblanadi.
Ma’muriy qonunchilik yangilanadi
Ma’muriy javobgarlik tizimini kompleks qayta koʻrib chiqish ishlari boshlandi. Prezidentning F-30-son farmoyishi bilan zamonaviy sharoitlarni hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish, fuqarolar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va sud nazoratini kengaytirish chora-tadbirlari belgilandi.
Binolarning energiya samaradorligi avtomatik ravishda baholanadi
Turar va noturar binolarning energiya samaradorligini tezkor baholash tizimi joriy etilib, elektr va gazni tejash choralari kengaytirilmoqda. Shuningdek, energiyani tejashning keng koʻlamli koʻrsatkichlariga erishish uchun "yashil" kreditlashni rivojlantirish rejalashtirilgan.
Tibbiy хizmatlar sifati yagona standartlar asosida nazorat qilinadi
Tibbiy хizmatlar sifati va tibbiyot muassasalarini litsenziyalash tizimiga qoʻyiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Tegishli chora-tadbirlar Prezidentning PQ-170-son qarorida nazarda tutilgan.
Soʻnggi sharhlar
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 9 iyun№ 23
- Davlat nodavlat teatrlarni qoʻllab-quvvatlaydi
- Faхriy unvon va ish haqi, pensionerlar uchun imtiyozlar, toʻliq boʻlmagan staj haqida
- Bajarilgan ishning qaysi toifaga kirishini aniqlash
- Ta’minot ostidagi tranzit
- «Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»


