Tovarlar nomenklaturasi: «kolbasa» yoki «kolbasa»?
Onlayn-kassalarga oʻtganimiz sababli tovarlar nomenklaturasi bilan ishlashga boʻlgan munosabat oʻzgarmoqda. Birgina tovar turlicha qayd etilgan. Onlayn-kassalarga endi oʻtayotganlar qanday yoʻl tutishlari kerak?
Soliq tizimini raqamli rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2020 yildagi “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 359-son qarori qabul qilindi.
Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi
Bu Prezidentning 8.06.2020 yildagi qarorida belgilangan. U geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashadi.
Qanday axborot soliq siri hisoblanadi
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibi tasdiqlandi.
Oʻzini oʻzi band qilganlar, YaTT va oilaviy korxonalarga – koʻproq imtiyozlar, ishlash soddalashtiriladi
Prezident tomonidan 8 iyun kuni biznes va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish boʻyicha qaror imzolandi.
Utilizatsiya yigʻimi stavkalari tasdiqlandi
Normativ baza fevralda kuchga kirgan, biroq u faqat 2020 yil 1 avgustdan undirila boshlanadi.
Agar debitorlik qarzi majburiyatlarni bajarishga xalaqit bersa, nima qilish kerak
Kontragent shartnoma boʻyicha mahsulotni yetkazib berish muddatlarini buzmoqda, korxona esa oʻz navbatida boshqa shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajara olmayapti. Murakkab holatdan qanday qilib chiqish mumkinligi - “Norma” eksperti sharhida.
Fuqarolarni va sudlarda arizalarni qabul qilish qoidalari oʻzgartirildi
Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi qaroriga muvofiq mamlakatimiz sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha toʻxtatilgan edi. Hozir hududning qaysi toifaga kirishiga qarab qoidalar oʻzgardi.
«Chiroyli» avtoraqamlar: tanlash imkoni oshiriladi, stavka pasaytiriladi
Tegishli oʻzgartirishlar Vazirlar Mahkamasining 4.06.2020 yildagi 350-son qarorida nazarda tutilgan.
2020 yilda oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish tartibi belgilandi
Mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga hujjatlar qanday qabul qilinishi, kirish imtihonlari qanday tartibda oʻtkazilishi ma’lum boʻldi.
Bojxona rasmiylashtiruvi soddalashtiriladi va jadallashtiriladi, kontrabandaga qarshi kurash –kuchaytiriladi
2020-2023 yillarda bojxona ma’muriyatchiligini isloh qilish va bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Jamoat transporti 8 iyundan qisman ishga tushiriladi
Birinchi bosqichda «sariq» va «yashil» hududlarda shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruxsat berildi. «Damas» rusumli avto, mikroavtobuslar va metropoliten hozircha ishga tushirilmaydi.
Qanday qilib XKni MChJga aylantirish mumkin
JShDS boʻyicha imtiyozni yoʻqotgach, koʻp xususiy korxonalar mulkdorlari oʻz biznesining tashkiliy-huquqiy shaklini maqbullashtirishni oʻylab qoldilar. XKni MChJga qayta tuzishning bosqichma-bosqich yoʻriqnomasi - “Norma” eksperti sharhida.
Alkogolsiz ichimliklarga yangi talablar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi 345-son qarori bilan Alkogolsiz ichimliklarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament va uni joriy etish sxemasi tasdiqlandi.
1 avgustdan import qilinadigan avtomobillarga aksiz soligʻi bekor qilinadi
Prezident tomonidan 2020 yil 3 iyunda PQ-4739-son tegishli qaror imzolandi.
Malaka toifasi qanday beriladi
Xizmat boʻyicha koʻtarilish yoki mehnatga haq toʻlash miqdori koʻpincha xodimning malakasi, u attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtganligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻladi. Xizmatchilar lavozimlari boʻyicha malaka toifalari qanday beriladii va buni qanday toʻgʻri rasmiylashtirish mumkin?
Koʻp bolali oilalar, nogironlar, audit – deputatlar qanday qarorga keldilar
Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
“Sariq” va “yashil” hududlarda qator ruxsat etilgan faoliyat kengaytirildi
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Oʻyinchoq sotib olayotganda sertifikatni talab qiling
Oʻyinchoqlarni sotishdan oldin ularga gigiyenik sertifikat yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasi olinishi shart. Oʻyinchoqlar xavfsizlik jihatidan tekshiruvdan oʻtkazilmasa, u bola sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin.
Bosh buxgalter FHSh boʻyicha. Bu holda u nima uchun javob beradi
Jismoniy shaxs ikkita kichkina korxonada – har birida 0,5 stavkadan bosh buxgalter boʻlib ishlaydi. Bunda FHSh boʻyicha yana bitta firmaga bosh buxgalter boʻlib ishga joylashishi mumkinmi? Aslida bosh buxgalter FHSh boʻyicha ishlay oladimi?
Notariusning qoʻshimcha xizmatlari qanchaga tushadi
Adliya vaziri notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlarini tasdiqladi.
Suvdan foydalanuvchilar uchun sugʻorish mavsumida limitlar belgilanadi
Vazirlar Mahkamasining 1.06.2020 yildagi «2020 yil yozgi mavsumida ekin maydonlarini suv bilan ishonchli ta’minlash va suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 344-son qarori qabul qilindi.
Xalqaro reyting va indekslar: davlat organlari rahbarlariga KPI belgilandi
2 iyun kuni Prezident tomonidan Oʻzbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash, davlat organlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisidagi Farmon imzolandi.
Issiq suv oʻchirilmaydi, biroq batareyalar kuzatuvda boʻlishi lozim
2020 yilda manbalardan issiqlik tarmoqlarini sinovdan oʻtkazish grafigi tasdiqlandi.
YHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaxslar uchun yoʻl-yoʻriqlar
Agar yuridik shaxsga tegishli avtomobil YHQ buzilishi bilan “kameraga tushgan” boʻlsa, jarima tashkilotga keladi. Mazkur koʻngilsiz vaziyatda nima qilish lozim?
Qoʻshib yuborish, qoʻshib olishga va aksiyalarni, ulushlarni olishga doir bitimlarga oldindan rozilik berish osonlashdi
Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.
Nodavlat tibbiyot tashkilotlariga – bojxona imtiyozlari
Prezidentning 30.05.2020 yildagi «Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan tez tibbiy yordam xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida»gi PQ-4737-son qarori qabul qilindi.
Avtotransportning vazni va gabaritlari nazorat qilinadi
Choralar avtomobil yoʻllarini saqlash, avtomobil yoʻllarining ta’mirlararo muddatlargacha buzilishining oldini olishga qaratilgan.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


