Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallar va toshlarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishlariga ruxsat beriladi
Xususan, Vazirlar Mahkamasining 10.01.2019 yildagi 16-son qarorida bu haqda soʻz borgan
Barcha javoblarni DSQ xodimlaridan olasiz
Davlat soliq qoʻmitasi qabul qilingan soʻnggi hujjatlar yuzasidan tushuntirish berish maqsadida seminar oʻtkazadi
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tashkil etildi
Iqtisodiyot vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi etib qayta tashkil etildi. Bu Prezidentning 11.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmonida nazarda tutilgan
Urbanizatsiya agentligi va Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi
Ikkala muassasa Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatadi
Moliya vazirligi va DSQ QQS boʻyicha hisobga olishning ayrim jihatlarini tushuntirdi
QQSga oʻtish masalasi u bilan birinchi bor toʻqnash kelayotgan soliq toʻlovchilarda koʻplab savollarni tugʻdirmoqda. Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash va byudjetga toʻlashdagi ayrim masalalarni tushuntiruvchi xatni oʻzining hududiy boshqarmalariga yubordi
Tilanchilik qilganlik uchun jazolaydilar
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Jinoyat kodeksiga «Tilanchilik qilish» yangi moddalari kiritildi
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinmoqda
Prezidentning 10.01.2019 yildagi PF-5621-son Farmoni chiqqandan keyin KSZ ishtirokchisi boʻlishga qaror qilgan tashkilotlar endilikda bu imtiyoz va preferensiyalarga ega boʻla olmaydilar. Lekin faoliyat koʻrsatayotgan ishtirokchilar barcha imtiyozlarni 2020 yilning 1 yanvariga qadar saqlab qoladilar
Sudlarda davlat bojini toʻlashda kimlar imtiyozlardan mahrum etildi
Soliq kodeksiga sudlarda davlat bojini toʻlash bilan bogʻliq tuzatishlar kiritildi (9.01.2019 yildagi OʻRQ–513-son Qonunga qarang)
Advokat litsenziyasini olish uchun muomalaga layoqatliligingizni tasdiqlang
Advokat maqomini olishga talabgor shaxslar uchun malaka imtihoni boʻyicha yangi tartib belgilandi (roʻyxat raqami 1921-3, 9.01.2019 y.)
Topshirish kerakmi yoki yoʻqmi – mana masala qayerda
2019 yil I choragi uchun Foyda soligʻi boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani DSIga taqdim etish bilan bogʻliq vaziyat bu hafta eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biri boʻldi. Soliqchilar uni topshirmagan yoki «nol» bilan toʻldirgan soliq toʻlovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash-qoʻllamasliklari haqida soliq maslahatchisi Gulnora Ergasheva tushuntirish beradi
Soliq islohotlari: hali davom etmoqda
Bu 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining «Yoʻl xaritasi»da belgilangan
Jizzax viloyatida davlat tomonidan boshqarishning samarali modeli sinaladi
Jizzax viloyatida 2019 yil 1 martdan boshlab hududni kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish boʻyicha “Ilgʻor hudud” sinov loyiha boshlanadi
18 yoshgacha pasport olmaganlik uchun jarima toʻlanmaydi
MJTKdagi ma’muriy javobgarlikka tortiladigan eng kichik yosh koʻrib chiqildi
Yuristlar maslahatlaridan foydalanish imkoniyati oshadi
Milliy huquqiy internet portali, bepul yuridik maslahatlar bilan Advice.uz axborot tizimi yaratiladi
Ishga – propiskasiz
Ish beruvchi propiskasi boʻlmagan shaxsni ishga qabul qilganligi uchun javobgar boʻlmaydigan tuzatishlar kiritildi.
«Energetiklar»ni voyaga yetmaganlarga sotish taqiqlandi, reklamasi – cheklandi
Tegishli tuzatishlar Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga, «Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida» va «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritildi hamda ular uch oydan keyin kuchga kiradi
Chakana savdo korxonasi 2018 yil IV choragi uchun YaST hisob-kitobini qanday toʻldiradi
Kichik korxonalar buxgalterlari 2019 yildan boshlab toʻlanadigan umumbelgilangan soliqlarni hisob-kitob qilishga kirishdilar. Biroq 2018 yil uchun YaST boʻyicha hisobotni xam topshirish kerak. Chakana savdo korxonasi YaST boʻyicha hisob-kitobni qanday amalga oshiradi – «Norma» MChJ eksperti shu haqda maslahat beradi
2019 yilda soliq solishdagi oʻzgartirishlarga oid seminar oʻtkaziladi
Mirobod tuman DSI 2019 yil 11 yanvar kuni soat 14.00 da 2019 yilda soliq solishdagi oʻzgartirishlar yuzasidan bepul seminar oʻtkazadi
Yer usti va yer osti suvlarining nisbati ma’lum boʻldi
«Suvsoz» DUKning xabarida 2019 yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash maqsadida yer usti va yer osti suvlarining foizli nisbati koʻrsatilgan
Notarial xizmatlar yangi tartibda koʻrsatiladi
Adliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 3113, 4.01.2019 y.) bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnomaning yangi tahriri tasdiqlandi
Sehrli aso yoki Soliq solishning yangi tizimiga oʻtishdagi qiyinchiliklar qanday yengib oʻtiladi
«Norma» professional rivojlanish markazida soliq solishdagi yangiliklarga bagʻishlangan seminar va oʻquv kurslarining bir turkumi ish boshladi
Investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha ishlar 4 bosqichga boʻlinadi
Mamlakatimiz Prezidenti raisligida 2019 yil 8 yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha yangi bosqichma-bosqich tizim joriy etilishi muhokama qilindi
2021 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish yoʻnalishlari belgilandi
Prezidentning 8.01.2019 yildagi PF-5614-son Farmoni bilan 2019-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yoʻnalishlarining “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi
Sudyalar yangicha tayyorlanadi
Prezidentning 6.01.2019 yildagi “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4096-son qarori e’lon qilindi
Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlaridan QQS qanday ajratib chiqariladi
Yuridik shaxs umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga va (yoki) QQSni ixtiyoriy toʻlashga oʻtganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) qoldiqlari boʻyicha QQS summasini hisobga olish huquqiga ega boʻladi. Bu soliq toʻlovchiga byudjetga toʻlanishi lozim boʻlgan QQS summasini kamaytirish imkonini beradi. Buni qanday amalga oshirish toʻgʻrisida «Norma» ekspertlari maslahat beradilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha joriy toʻlovlar toʻgʻrisidagi ma’lumotnoma qanday tuziladi
Kim yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq toʻlovchi hisoblanishi va Ma’lumotnomani qanday tayyorlash haqida – “Norma” ekspertlari maslahatlarida
Kommunal xizmatlar tizimi qachon avtomatlashtiriladi
Iste’molchining unifikatsiyalangan shaxsiy hisobraqamini joriy qilgan Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini yaratish keyinga qoldirildi
Irina Shamsulina: «bir.uz umumbelgilangan tizimga oʻtishda yordam berdi»
bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimidan foydalanuvchilar uning yordamida soliq solishning umumbelgilangan tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrdilar. Ular orasida namanganlik buxgalter Irina Shamsulina ham bor. Undan bir nechta savolimizga javob berishini soʻradik
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


