Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
24.04.18

Harbiylarning qasamyod matni tasdiqlandi va pensiya yoshi oshirildi

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida» va «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartishlar kiritildi

23.04.18

Ilgʻor texnologiyalar markazi tashkil etildi

Markazning tashkil etilishi Prezidentning 19.04.2018 yildagi PQ–3674-son qarorida nazarda tutilgan

23.04.18

Yoshlar ittifoqi kontrakt asosida oʻquvchi talabalarga qanday yordam koʻrsatadi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qkabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi

23.04.18

Turin politexnika universiteti 400 bakalavr va 25 magistrantni qabul qiladi

Vazirlar Mahkamasining 18.04.2018 yildagi 295-son qarori bilan 2018/2019 oʻquv yiliga Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga qabul kvotasi tasdiqlandi

23.04.18

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portali ishga tushirildi

Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan «Mening fikrim» portali ishga tushirildi. Endi fuqarolar oʻzlarini oʻylantirayotgan mavzular boʻyicha oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin

23.04.18

Vakillik organlari ishida nima oʻzgardi

«Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida»gi va «Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati a’zosini chaqirib olish toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar kiritildi

23.04.18

Pasportlar ID-kartalarga, avtoraqamlar – xalqaro rusumdagisiga almashtirilishi rejalashtirilmoqda

Prezidentning 18.04.2018 yildagi «Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3673-son qarori qabul qilindi

23.04.18

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga kadastr hujjatlari beriladi

Prezidentning 20.04.2018 yildagi “Fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

23.04.18

Ushlab turish va uy qamogʻi vaqti hisobga olinadi, gumon qilinuvchilarga – uy qamogʻi va garov

18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeks va Jinoyat kodeksiga ana shunday oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

23.04.18

Nasldor chorvachilik uchun koʻproq yer beriladi

Yer kodeksi va «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritildi

23.04.18

Oʻrmon fondini muhofaza qilish, koʻpaytirish va ulardan foydalanish tartibiga tuzatish kiritildi

«Oʻrmon toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda tasdiqlandi (16.04.2018 yildagi OʻRQ–475-son). Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilingan

23.04.18

Biznes uchun yer uchastkalari – elektron auksion orqali

Prezidentning 20.04.2018 yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini doimiy foydalanishga berish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi

20.04.18

Konfessiyalar ishlari boʻyicha kengash kengaytirildi

Prezident 16.04.2018 yildagi PQ–3668-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarn toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi

20.04.18

Muhtoj xotin-qizlarga imtiyozli shartlarda uy-joy beriladi

Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-son qarori bilan arzon uy-joylarni berish tartibi tasdiqlandi

20.04.18

Jinoyat protsessi: Internetda videoaloqa, majlislar yozuvi va hukmlarni e’lon qilish

Ushbu masalalar yuzasidan oʻzgartirishlar 18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritildi

20.04.18

Yangi soliq imtiyozlari aprel va iyul oylaridan amal qila boshlaydi

18.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–476-son Qonun (52-moddasi) bilan Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

20.04.18

Jamoa shartnomalari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun - jarima

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik haqida nimalarni bilish kerak? Ushbu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi

20.04.18

Dorilarga nojoʻya reaksiyalar haqida Sogʻliqni saqlash vazirligiga xabarnoma yuboriladi

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 3000, 16.04.2018 yil) bilan Dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan holatlar toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

20.04.18

Aviatsiya xavfsizligini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

MJTKning 116 va 117-moddalariga tuzatish kiritildi, shuningdek aviatsiya xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida yangi modda kiritildi

19.04.18

Davlat organlari OAV soʻroviga 7 kun ichida javob berishlari kerak

18.04.2018 yildagi OʻRQ-476-son Qonun bilan “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida” va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi

19.04.18

Yer osti boyliklaridan foydalanish sohasida jarimalar 10 va undan koʻp marta oshirildi

18.04.2018 yildagi OʻRQ–476-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi

19.04.18

Qonun hujjatlarining qaysi yangi normalari ishlamayapti

Qonunchilikdagi yangiliklarni biznesni yuritish amaliyotida qoʻllamaslik holatlari mavjud. Garchi ishbilarmonlar hamjamiyati har bir yangilikdan xabardor boʻlsada, davlat organlari ularning ayrimlarini qoʻllay olishmaydi. Nima uchun bunday boʻlishini koʻrib chiqamiz

18.04.18

Issiq suv va isitish 10% qimmatlashadi

Toshkentda 1 maydan boshlab markaziy isitish va issiq suv uchun tariflar oshiriladi, deb norma.uz portaliga xabar berishdi «Toshissiqquvvati» IChB vakillari

18.04.18

1 iyulda eski namunadagi pasportlarni almashtirish muddati tugaydi

Ichki ishlar vazirligi eski namunadagi pasportlarni biometrik pasportlarga almashtirish muddati 2018 yilning 1 iyuliga qadar etib belgilanganini eslatib oʻtadi

18.04.18

YaST toʻlovchilari yer soligʻini qanday toʻlaydilar

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (16.04.2018 yilda 3001-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarining yer soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.04.18

Oʻqidingmi – 5 yil xizmat qil yoki xarajatlarni qopla

Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligining qarori (16.04.2018 yilda 2998-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ichki ishlar organlarida majburiy xizmatni oʻtash haqidagi shartnomalarni tuzish hamda shartnoma shartlari bajarilmaganda xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

18.04.18

Qishloq va suv xoʻjaligini boshqarish tizimida – oʻzgarishlar

Prezidentning 17.04.2018 yildagi «Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.