Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qaysi qarz shartnomalarini hisobga qoʻyish kerak, jarimalar boʻladimi? Soliq qoʻmitasi sizning savollaringizga javob berdi Soliq qarzini qarzdordan undirish: suiiste’mol qilish xavfi QQS toʻlashda kod adashtirib yuborildi: xatoni tez tuzatsa boʻladimi?
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
07.07.17

IIO qoʻriqlash xizmati arzonlashadi

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 yildagi 421-son “Ichki ishlar organlari qoʻriqlash xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

07.07.17

Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi nima bilan shugʻullanadi

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2017 yildagi 415-son “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi

07.07.17 NHH loyihalari
07.07.17

Gaz ta’minoti Qonun bilan tartibga solinadi

Gaz ta’minoti toʻgʻrisidagi Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi

07.07.17

Banklar valyutani bozor kursida sotish huquqini qoʻlga kiritdi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan birjadan tashqari valyuta bozorida ayrim operatsiyalar boʻyicha xorijiy valyutaning bozor kursi joriy qilindi

07.07.17

Qarzlar boʻyicha xarajatlar roʻyxatiga tuzatish kiritildi

Moliya vazirining 20.06.2017 yildagi 83-son “Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (24-sonli BHMS) “Qarzlar boʻyicha xarajatlar hisobi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi

06.07.17

Sovuq suv uchun tariflar oshiriladi

Toshkent shahar “Suvsoz” davlat unitar korxonasi 21 iyuldan vodoprovod va shahar kanalizatsiyasidan foydalanganlik uchun tariflar oshirilishini ma’lum qildi

06.07.17

Hujjatlar xorijda yoʻqotilganda shaxsini tasdiqlash 7 kun muddatda amalga oshiriladi

Xalqaro press-klubda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining toʻgʻridan-toʻgʻri muloqoti boʻlib oʻtdi. Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xorijdagi yurtdoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi

06.07.17

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi bilan Jamoatchilik kengashi shugʻullanadi

Prezidentning 30.06.2017 yildagi PQ-3105-son “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida Oʻzbekistonning eng yangi tarixi boʻyicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

06.07.17 NHH loyihalari
06.07.17

Gazni hisobga olish priborlari 48 oyda 1 marta qiyoslashdan oʻtkaziladi

QHTBT portalida “Gazni hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi joylashtirilgan

06.07.17

2018 yildan bitiruvchilar boʻyicha JShDS kamayadi

Prezidentning 5.07.2017 yildagi PF-5106-son “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi

05.07.17

Kollej, litsey yoki maktab – ota-onalar va bitiruvchilarning xohishiga koʻra

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, shu yili 9-sinf bitiruvchilari oʻqishni oʻz xohishlariga koʻra har qanday oʻquv muassasasida davom ettirishlari mumkin

05.07.17

Notariuslar uchun ustamalar miqdori cheklanmagan

Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligining “Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2168-2, 2017 yil 3 iyul) qabul qilindi

05.07.17

IIO xodimi qanday imtiyozli ipoteka oladi?

Vazirlar mahkamasining 29.06.2017 yildagi 444-son “Ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

05.07.17

Nikohni er-xotinning oʻzaro roziligi bilan FHDYoda bekor qilish

Ushbu sharhda – FHDYo organlari orqali nikohni bekor qilish tartibi haqida

04.07.17

Advokatlar yangi shakl boʻyicha hisobot beradi

Adliya vazirining “Advokatlik tuzilmalarining statistik ma’lumotlar shakllariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi

04.07.17

UJKX sohasi nazoratchilari va inspektorlariga daromadlar va jarimalarga nisbatan foizlarda mukofot toʻlanadi

Vazirlar Mahkamasining 22.06.2017 yildagi 409-son qarori bilan Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

04.07.17

Kimlarning xizmat safari Prezident bilan kelishiladi

Prezidentning 16.06.2017 yildagi PF-5086-son farmoni bilan xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi maxsus kelishuvni talab etadigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga ( 2142-son PQga 1-3-ilovalar) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi

04.07.17

Terrorchilik harakatlari oqibatida zarar koʻrganlar ijtimoiy reabilitatsiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining 23.06 2017 yildagi 414-son «Terrorchilik harakati oqibatida zarar koʻrgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi

03.07.17

TMZ qiymatini aniqlash standarti tasdiqlandi

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mulkni baholash milliy standarti (14-son MBMS) “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash"ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi (roʻyxat raqami 2890, 2017 yil 29 iyun)

03.07.17

Oʻzini oʻzi oʻldirishga undaganlik uchun 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi

13.06.2017 yildagi OʻRQ-436-son Qonun bilan oʻzini oʻzi oʻldirishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi va oʻzini oʻzi oʻldirishiga suiqasd qilish darajasiga yetkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi va uning ushbu qismi 14.06.2017 yildan kuchga kirdi

03.07.17

Soliq maslahatchilari malaka oshirganligi haqida Moliya vazirligini qanday xabardor qiladi

Moliya vazirining “Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343-2, 2017 yil 22 iyun) qabul qilindi

03.07.17

Bir yilda ikki marta qonunni buzdingizmi – soliq maslahatchisi sertifikatidan mahrum boʻlasiz

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini berish, uning amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1750-2, 2017 yil 22 iyun) qabul qilindi

03.07.17

«Turonbank» ATB ulushini xorijiy investorlarga sotmaydi

Prezidentning 16.06.2017 yildagi PQ–3064-son qarori bilan Prezidentning 28.04.2015 yildagi PQ–2340-son «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga oʻzgartirish kiritildi

03.07.17

Uyni vositachisiz sotish usullari — baholash

Ushbu sharhda uyni vositachisiz sotish usullari haqida soʻz yuritiladi

30.06.17 NHH loyihalari
30.06.17

Formali kiyim-boshni qonunga xilof ravishda kiyib yurganlik uchun ma’muriy jazo qoʻllanadi

«Formali kiyimlarni tasdiqlash, tayyorlash va kiyib yurish mexanizmi tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga koʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi boʻyicha izohlar

30.06.17

II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi Toshkentda 6–8 sentyabrda oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 16.06.2017 yildagi 384-son «II Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

30.06.17

Termizda Islom Karimov nomidagi TDTU filiali ochiladi

Prezident 29.06.2017 yildagi «Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi

30.06.17

Davlat mulkining qaysi ob’yektlari hokimiyatlar qaroriga koʻra xususiylashtiriladi?

Prezidentning 16.06.2017 yildagi PQ–3067-son «Davlat mulki ob’yektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.