Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
17.10.17

Muddatli harbiy xizmat oʻtayotganlar oliygohlarga kirishga tayyorlanadi

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 812-son «Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy saviyasi va bilimlarini muntazam oshirib borish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

17.10.17

Shisha idishlar ishlab chiqarish uch karra koʻpaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 816-son qarori bilan ichki bozorni toʻldirish hamda respublikamizning eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida shisha idishlar va boshqa idishlarni oʻrash mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritildi

16.10.17

Bojxonadan «yashil» yoki «qizil» yoʻlak orqali oʻtish mumkin boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 11.10.2017 yildagi 814-qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

16.10.17

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi propiska toʻgʻrisida iltimosnoma kiritish huquqini qoʻlga kiritdi

Vazirlar Mahkamasining 11.10.2017 yildagi 813-son qarori bilan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari Roʻyxati toʻldirildi

16.10.17

Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga 50 mln dollar kelib tushadi

Prezidentning 13.10.2017 yildagi PQ–3322-son «Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisi»gi qarori qabul qilindi

16.10.17

Fortifikatsiya qilingan un realizatsiyasidan olingan mablagʻlar nimaga sarflanadi?

Un tortish korxonalarining fortifikatsiya qilingan un realizatsiyasidan olgan mablagʻlarining bir qismini jamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1522-1, 2017 yil 10 oktyabr) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi

16.10.17

Oʻzbekiston ISESCO a’zosi boʻldi

Vazirlar Mahkamasining 12.10.2017 yildagi 821-son “Ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (AYSESKO) bilan hamkorlik toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

16.10.17

Bozorlar va yirik savdo ob’yektlarida jamoat tartibi saqlanadi

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2017 yildagi 808-son qarori bilan Ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati boʻlinmalari tomonidan fuqarolar gavjum boʻladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi xizmatlarni shartnomaviy-huquqiy asosda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

13.10.17

Aerostat uchuvchilariga guvohnomalar zarur

Davavianazorat boshligʻining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1349-9, 2017 yil 10 oktyabr) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya qoidalariga (OʻzR AQ-61) qoʻshimchalar kiritildi

13.10.17

Turistik yigʻim – EKIHning 10 foizi

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2017 yildagi 810-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turistik (mehmonxona) yigʻimni undirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

13.10.17

Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

13.10.17

Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida tovarlar qanday rasmiylashtiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “Oʻzbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi toʻgʻrisidagi nizom e’lon qilindi (roʻyxat raqami 2934, 2017 yil 10 oktyabr)

13.10.17

Oʻz yer uchastkalarida ekin ekmagan yer egalariga yer soligʻi oshiriladi

Prezidentning 10.10.2017 yildagi «Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

13.10.17

Xorijiy valyutadagi talablar soʻmga qayta hisoblandi

Prezidentning 29.09.2017 yildagi PF–5197-son «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida»gi Farmoni e’lon qilindi

12.10.17

Mikrokredit tashkilotlarining ustav fondlari – 2 mlrd soʻmdan kam emas

Markaziy bank Boshqaruvining «Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi qarori (roʻyxat raqami 2093-8, 2017 yil 10 oktyabr) e’lon qilindi

12.10.17

Oʻz ixtiyori bilan qurol qayerga topshiriladi?

Ichki ishlar vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 2932, 2017 yil 28 sentyabr) bilan Muomalada boʻlgan roʻyxatga olinmagan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, portlovchi modda va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlari ixtiyoriga topshirish qoidalari tasdiqlandi

12.10.17

Harbiy kafedraga kim qanday qabul qilinadi?

Vazirlar Mahkamasining 9.10.2017 yildagi 809-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariniig harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

12.10.17

Liftlarning texnik holati har yili tekshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 6.10.2017 yildagi 801-son qarori bilan Liftlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi

12.10.17

Zargarlarga litsenziyalar «yagona darcha»da beriladi

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 777-son qarori bilan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarishni litsenziyalash toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

12.10.17

Nurota tumanining “Chashma” majmuasi rekonstruksiya kilinadi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 oktyabrdagi 807-son Qarori bilan Navoiy viloyati Nurota tumanining “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasini rekonstruksiya kilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi

11.10.17 NHH loyihalari
11.10.17

Tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish boʻyicha 10 qadam

QHTBT portalida Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash va tashqi savdo faoliyatini liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

11.10.17

«Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni ta’sis etildi

Prezidentning ««Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishonini ta’sis etish toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi

11.10.17

Poytaxtning Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi paydo boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 806-son qarori bilan Toshkent shahrining Uchtepa tumanida kichik sanoat zonasi barpo etiladi

11.10.17

«Mahalla posboni» rahbarlari IIO kadrlar zaxirasiga kiritiladi

Vazirlar Mahkamasining 7.10.2017 yildagi 805-son qarori bilan Fuqarolar yigʻinining «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi

10.10.17

Qanday shartlarda meliorativ texnika lizingga beriladi

Prezidentning 6.10.2017 yildagi PQ–3313-son «Oʻzmeliomashlizing» davlat unitar korxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

10.10.17

Kichik biznesga kaolinni boyitish va dastlabki qayta ishlashga ruxsat berildi

Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 785-son qarori bilan Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlar tasnifiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi

10.10.17

Mamlakatni rivojlantirish yangi konsepsiya boʻyicha baholanadi

2017 yil 8 avgustdagi PQ–3182-son Prezident Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 746-son Qarori bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar tasdiqlandi

10.10.17

Bir profilli fermer xoʻjaliklarining foydalanilmayotgan tomorqa yerlari olib qoʻyiladi

Prezidentning 9.10.2017 yildagi PF-5199-son “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.