Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
14.06.19

Shahrisabzda poytaxt OTMning ikkita filiali ochiladi

Bular Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti boʻlinmalari boʻladi

13.06.19

Xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan bojxonachilarga qanday kompensatsiya toʻlanadi

Bojxona organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek, halok boʻlgan xodimlari oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash tartibi tasdiqlandi

13.06.19

6 ta shahar va 1 ta shaharcha – respublika boʻysunuvida

Prezident 4.06.2019 yildagi “Respublika boʻysunuvidagi shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5738-son Farmonni imzoladi

13.06.19

Yangi yerlarni oʻzlashtirish va sugʻorish qiymati oshirildi

Bu Davergeodezkadastrqoʻm, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligining qoʻshma qarorida nazarda tutilgan

13.06.19

Biznesmenlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovatsion loyihalarni amalga oshirishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 11.06.2019 yildagi “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilgʻor axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 487-son qarori qabul qilindi.

13.06.19

Shahar telefonlariga ulash jarayoni jadallashtirildi

Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmogʻida telefon aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga tuzatishlar kiritildi

13.06.19

Ta’lim muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi oʻzgaradi

Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi tartibi tasdiqlandi.

13.06.19

Mamlakatimiz OTM reytingi qanday aniqlanadi va tuziladi

Tartib Vazirlar Mahkamasining 7.06.2019 yildagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan va bir nechta bosqichdan iborat.

13.06.19

5 ta OTM hujjatni soddalashtirilgan tartibda qabul qiladi

Bular TDYuU, Qoraqalpoq, Guliston, Fargʻona va Samarqand davlat universitetlari.

12.06.19

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlariga til boʻyicha imtihon qanchaga tushadi

Chet tili boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish qiymatining cheklangan darajasini belgilash tarifi tasdiqlandi

12.06.19

Imtiyoz egalari bepul dori vositalarining yangi turlari bilan ta’minlanadi

Ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta’minlash uchun moʻljallangan dori vositalarining roʻyxati kengaytirildi

12.06.19

Urugʻlik kartoshka va import qilingan guruch QQSdan ozod etildi

Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari roʻyxatiga tegishli qoʻshimchalar kiritildi

12.06.19

Mehnat normalarini buzganlik uchun sud jarimaga tortadi

11 iyun kuni Qonunchilik palatasida sud-huquq sohasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

12.06.19

Alkogol va tamakining noqonuniy aylanmasi uchun jarimalarning yarmi – Jamgʻarmaga

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizom qabul qilindi

12.06.19

Toshkent va Toshkent viloyatida propiskaga qoʻyish tartibi soddalashtirilishi kerak

«Yuksalish» umummilliy harakati propiska tartibini soddalashtirish yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari va oʻz takliflarini taqdim etdi.

12.06.19

Urugʻlik kartoshka xarid qilish uchun – imtiyozli kreditlar

Ichki bozorni kartoshka bilan ta’minlash uchun fermerlarga yillik 10% stavkada kreditlar beriladi, ular boʻyicha hisoblanadigan foiz summasining yarmi qoplanadi, temir yoʻlda yuk tashish va sertifikatlashtirish uchun chegirmalar berildi.

12.06.19

Alkogol ishlab chiqaruvchilar spirtni qanday oladi

Iste’mol etil spirtini alkogol va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi

12.06.19

OTMga hujjatlar qanday topshiriladi

Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti javobni oʻz ichiga olgan

12.06.19

Bolalarni maktabga qabul qilishning yangi qoidalari joriy etilmoqda

Bolalarni davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

11.06.19 NHH loyihalari
11.06.19

TV va radiodagi reklama koʻpayishi mumkin

QHTBT portalida yangi tahrirdagi «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi joylashtirilgan.

11.06.19

186 ta axborot-kutubxona markazlari ochiladi, Kutubxonachilar kuni nishonlanadi

Ushbu va boshqa chora-tadbirlar Prezidentning 2019 yil 7 iyundagi qarorida nazarda tutilgan.

11.06.19

Eksport-import shartnomalari boʻyicha qarzdorlik qanday kamaytiriladi

Vazirlar Mahkamasining 6.06.2019 yildagi 464-son qarori bilan tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha toʻlov intizomini mustahkamlashga oid tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi

11.06.19

Kam uchraydigan kasalliklarda qanday dorilar yordam beradi

Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari yangi roʻyxati tasdiqlandi

11.06.19

“Business city”: ob’yekt qurilishiga qanday investitsiya kiritiladi

“Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari hududida joylashtirish uchun investorlarning eng yaxshi investitsiya takliflarini tanlash va ularga yer uchastkalarini berish tartibi tasdiqlandi.

11.06.19

Ovchilikka oid 10 ta qonunosti hujjatlarining normalari bitta qonunda jamlanadi

7 iyun kuni Oliy Majlisda oʻtkazilgan davra suhbatida «Ovchilik va ov xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

11.06.19

«Delta city» kompleksi uchun yangi maydoncha tanlanadi

LBMA «Toshkent shahrida «Delta city» koʻp funksiyali kompleksini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish boʻyicha yangi mas’ul organ etib belgilandi.

10.06.19

Kongress-koʻrgazma tadbirlarini oʻtkazish bilan «InterForum» DUK shugʻullanadi

Bunday tadbirlarni turli darajalarda tashkil etish va oʻtkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi tasdiqlandi

10.06.19

Biznesni tugatish osonlashadi

2020 yil 1 yanvardan amal qiladigan qator chora-tadbirlar shunga qaratilgan

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.