Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi
Prezident 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisida parlamentga navbatdagi Murojaatnomasini bayon etdi
Aksiz soligʻi boʻyicha oʻzgarishlar: chegirma bekor qilindi, yangi aksiz joriy etildi, indeksatsiya qilindi
Soliq kodeksiga, shuningdek 2019 yilgi aksiz soligʻi stavkalariga oʻzgartirishlar kiritildi. Bu 24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun va Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarori bilan nazarda tutilgan
3 yillik stajga ega notarius yordamchilari stajirovkadan ozod qilindi
Ushbu sharhda – stajirovka muddatini qisqartirish, ish tajribasiga talablarni oshirish, har chorakda referat va notarius lavozimini olish uchun boshqa yangiliklar haqida
Koʻchmas mulk qancha koʻp boʻlsa, soliq shuncha yuqori boʻladi
MV va DSQ 2019 yil 1 mayga qadar ikkinchi va undan keyingi ob’yektlar, shuningdek dala hovlilari uchun jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishi shart
Ortiqcha toʻlangan pensiyalarning barcha qoldiqlari hisobdan chiqariladi
Bu Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020–2021 yillarga byudjet moʻljallari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan
Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqani ilgarigidek ish beruvchi toʻlaydi
2010 yilda belgilangan ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni ish beruvchilar hisobidan toʻlash tartibi 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi
Paxta maydonlarida tomchilatib sugʻorishni joriy etish ragʻbatlantiriladi
Tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, tomchilatib sugʻorish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar davlat tomonidan qoʻshimcha ravishda qoʻllab-quvvatlanadi
2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb e’lon qilindi
Ayni daqiqalarda Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnoma bilan soʻzga chiqdi
Gulzira Rzayeva: «director.uz yordamida tadbirkorlikka oʻqitayapmiz»
Qoraqalpogʻiston davlat universitetida direktor.uz tizimi sertifikatlarini taqdim etish odat tusiga kirib qoldi. Bu boʻlajak ishbilarmonlarni tadbirkorlik ishi asoslarini oʻrganishga jalb etishda yordam bermoqda
Abror Fattoyev: «knigi.uz internet-doʻkoni nashrlari bilan buxgalter barcha kasbga oid vazifalarni uddalay oladi»
knigi.uz internet-doʻkonidan doimiy foydalanuvchilar doirasi shakllanib bormoqda. Buxoro tumani Quyi kobdin qishlogʻidan Abror Fattoyev ikkinchi buyurtmani ham rasmiylashtirdi. Bu haqda muxbirimizga bergan intervyusida batafsil soʻzlab berdi
Fiskal tavakkalchiliklar byudjetnomaga kiritiladi
24.12.2018 yildagi OʻRQ–508-son Qonun bilan Byudjet kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Auditor sertifikati kimga imtihonsiz beriladi
Malaka sertifikatini berishning yangi tartibi moliya vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlandi va 2019 yil 23 martdan kuchga kiradi
Oʻzbekiston Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini ratifikatsiya qildi
26.12.2018 yildagi OʻRQ–510-son tegishli Qonun e’lon qilindi
Aprel oyining birinchi yakshanbasi – geologlar kuni
Prezident tomonidan 26.12.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi OʻRQ-509-son Qonun imzolandi
Tabiiy pardozbop toshlarni qazib oluvchilarga – soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 26.12.2018 yildagi «Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4078-son qarori imzolandi
Xususiy qoʻriqlash firmalari ishlashiga yana ruxsat beriladi
2019 yilda Oʻzbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi» tasdiqlandi
Soliq imtiyozlarini beruvchi organlar roʻyxati kengaytirildi
2019 yil 1 yanvardan Vazirlar Mahkamasiga soliq va boshqa majburiy toʻlov boʻyicha imtiyozlar berish, hatto ularni toʻlashdan toʻliq ozod etish huquqi berildi
QQS–2019: toʻlovchilar doirasi kengayadi, hisob-kitobning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi, uzoq muddatli aktivlar hisobga olinadi
2019 yildan boshlab QQS toʻlovchilar doirasi kengayadi. Ayrim toifadagilar uchun QQSni hisob-kitob qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Uzoq muddatli aktivlar boʻyicha QQSni hisobga olish mumkin boʻladi
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish kuchaytiriladi
Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 25 dekabr kuni 3 ta qonun loyihasi koʻrib chiqildi. Kun tartibida parlament soʻrovi ham boʻldi
Soddalashtirilgan QQS – «oʻrta» biznes uchun yangi soliq
Soliq kodeksi 40-1-bob bilan toʻldirildi, bu bilan qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning yangi, soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda
Xronometraj koʻzdan kechirish: mavsumiylik hisobga olinadi, qoʻshimcha hisoblangan soliqlar sud orqali undiriladi
Naqd pul tushumidan tashqari, soliq organlari barcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini va hatto ishlab chiqarish hajmlarini aniqlaydilar. Nazorat qilishning eng koʻp muddati 3 ish kunidan 7 ish kuniga qadar uzaytirildi
Raqamlar: muhandis-olimlar qancha maosh oladi
ITMning ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga aksiz soligʻi
2019 yil 1 yanvardan benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq oʻrniga oxirgi iste’molchiga benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilayotganda undiriladigan aksiz soligʻi joriy etiladi
Mavzuli ekspress-oʻrganishlar muddati yetti kungacha uzaytirildi
Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq oʻrganishlar soliq nazorati shakllari roʻyxatiga kiritildi
YaIT va fuqarolarning sugʻurta badallari – 2019 yilda qanday yangiliklar kiritiladi
2019 yildan boshlab fuqarolarning sugʻurta badallari bekor qilinadi. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar YaIT toʻlaydilar
Pasportlashtirish oʻrniga - soliq toʻlovchida koʻzdan kechirish hamda soʻrov oʻtkazish
Soliqlarni hisoblash uchun asos boʻladigan soliq toʻlovchilarni koʻzdan kechirish dalolatnomalarini tuzish nazarda tutilgan edi. Parlamentdagi munozaralardan keyin yengilroq variant qabul qilindi
Foyda soligʻini toʻlash osonlashadi
Foyda soligʻi boʻyicha asosan soliq stavkalariga, shuningdek chegiriladigan va chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga oʻzgartirishlar kiritildi
YaST – 2019: yillik aylanmaga qarab toʻlanadi, bazaviy stavka pasaytiriladi
Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasida YaST oʻrniga aylanmadan (yalpi tushumdan) soliq joriy etilishi nazarda tutilgan edi. Biroq soliqning mavjud nomini saqlab qolishga qaror qilindi, ya’ni aylanmadan (yalpi tushumdan) soliq ilgarigidek – yagona soliq toʻlovi deb nomlanadi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


