Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fiskal tavakkalchiliklar byudjetnomaga kiritiladi

28.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

24.12.2018 yildagi  OʻRQ-508-son Qonun bilan Byudjet kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Koʻplab tuzatishlar orasida quyidagi yangiliklarga e’tiboringizni jalb etamiz:

 

birinchidan, byudjet tizimi byudjetlari хarajatlari tasnifining tuzilmasiga dasturiy tasnif kiritildi. U davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablagʻlar yoʻnalishini aks ettiruvchi хarajatlarni guruhlashdan iboratdir.

 

Ushbu dastak amaldagi vazifa jihatidan, tashkiliy, iqtisodiy va hududiy tasniflar, shuningdek byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarining manbalari va darajalari tasnifi bilan bir qatorda qoʻllaniladi;

 

ikkinchidan, byudjetnomaning mazmuniga birmuncha tuzatish kiritildi. Endi u quyidagilarni ham oʻz ichiga oladi:

  • mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning oʻrta muddatli davr uchun asosiy yoʻnalishlari va prognoz yildan keyin keluvchi ikki yilga oid byudjet moʻljallari (bu yerga qarang);  
  • fiskal tavakkalchiliklar, ya’ni byudjet jarayoni ishtirokchilari uchun byudjet tizimi byudjetlari mablagʻlarini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yoʻqotishlarni baholash;
  • «Fuqarolar uchun byudjet» aхborot nashri, u haqda ilgari yozgan edik (2018 yilgi nashr bilan tanishib chiqish ham mumkin).

 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining, soliq va byudjet siyosati asosiy yoʻnalishlarining loyihalari, shuningdek ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan «Fuqarolar uchun byudjet» parallel ravishda e’lon qilinadi.

 

Kodeksga ayrim boshqa oʻzgartishlar ham kiritildi. Ularning aksariyati muvofiqlashtirish tusiga ega. Xususan, bu davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar (bu yerga qarang), oʻsimlik yogʻi uchun aksiz soligʻi bekor qilinishi (bu yerga qarang), shuningdek benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq aksiz soligʻiga almashtirilishi bilan bogʻliq (bu yerga qarang) va h.k.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_